Islomga qarshi kushganligi uchun Saudiya shahzodasiga medal berildi

468
0

Islomga qarshi kushganligi uchun Saudiya shahzodasiga medal berildi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning yangi rahbari Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad Naifga terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda koʻrsatgan xizmati uchun medal berdi.

“Mepanews” aborot agentligining xabariga koʻra, terrorizmga (Islomga) qarshi kurash sohasida mukammal razvedka xizmati hamda dunyo tinchligi va xavfsizligini taʼminlash borasida cheksiz hissa qoʻshganligi sababli MRB rahbari shahzoda Naifni “Jorj Tenet” medali bilan mukofotlagan.

Medalni olgandan soʻng Saudiya axborot agentligiga intervьyu bergan Shaxzoda Naif Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan AQSh oʻrtasida ziddiyatlar paydo qilishga boʻlgan urinishlar hargiz muvaffaqiyat qozona olmasligini taʼkidladi.

57 yoshli shahzoda Muhammad 2012 yildan buyon Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligini boshqarib keladi. U razvedka ishlarida oʻz tajribasi bilan tanilgan. Gʻarbning nazarida ekstremizmga (siyosiy Islomga) qarshi kurashdagi saʼy-harakatlari bilan shuhrat qozongan va bu borada hurmatga sazovor boʻlgan valiahd shaxzoda 2003-2007 yillarda mamlakatda chet elliklar va yuqori martabali xavfsizlik xodimlariga nisbatan amaliyotlar oʻtkazgan edi.

Mayk Pompeo bilan valiahd Naif oʻrtasidagi bu uchrashuv Donald Tramp AQSh Prezidenti lovozimini egallagandan buyon ikki mamlakat oʻrtasidagi birinchi yaqinlashuv sifatida baholanmoqda.

Saudiya Tashqi ishlar vaziri Adil Jubayr muzokaralar ajablanarli yoki gʻayrioddiy emasligini bildirar ekan, “Qoʻshma Shtatlar va Saudiya Arabistoni oʻrtasida keng koʻlamli aloqalar mavjud”, deya qayd etdi.

Jubayr AQSh bilan Saudiya oʻrtasida terrorga qarshi kurash, xavfsizlik, yoʻl xavfsizligi va yana koʻplab boshqa masalalar boʻyicha hamkorlikda faoliyat olib borilayotganligini ham qoʻshimcha qildi.

Turkiston:

Islomiy yurt yetakchilar musulmonlarni kufr boshqaruv sistemasi bilan boshqarishadi. Ular Islomni niqob qilib olishib, kufr siyosatini musulmonlardan himoya qilishadi. Ilgari bunday harakatlar kufr bilan yashirin aloqa oʻrnatish va oʻzlarini islomiy shaxsiya qilib koʻrsatish asosida olib borilar edi. Endi qarang, Ular dunyoda Islom va musulmonlarning eng ashaddiy dushmani boʻlgan AQShning MRB tashkilotining roziligiga erishganligi bilan faxrlanishyapti! Bu kufr sistemasining yangi strotegiyasi nimani anglatadi?

Kufr olami Islom mafkurasiga qarshi kurashda magʻlubiyatga uchradi. Endi kufr sistemasi kurash maydoniga oʻzi chiqib kelyapti. Islom niqobi ostida ish olib borgan barcha gumashtalari ham oʻz kufrlarini oshkor qila boshladi. Xalqaro siyosat islomiy yurt yetakchilariga musulmonlardan himoyalanishlari uchun hamda kufr asosidagi boshqaruv sistemasini himoya qilishlari uchun yangi bir qalbaki robita yasab berishga urinyapti. Uni “moʻʼtadil islom” deb atab olishdi.

Bu robita kufr boshqaruv sistemasini Islomdan himoya qilish asosida yaratildi. Ular oʻylab topgan “moʻʼtadillik” robitasi yuqoridagi xoin shaxzoda singari gumashtalarni tish tirnogʻigacha Islomga qarshi boʻlgan va millionlagan musulmonlarni qatliomm qilgan hamda yana millionlagan musulmonni yurtlaridan badargʻa qilgan kufr yetakchilari bilan hamtavoq boʻlishga imkon yaratib berar emish. Shunaqangi robitani Islom deb atashyapti!!!! Buni inkor qilib, “yoʻq bu Islom emas, garchi baʼzi bir jihatlarida Islomiy koʻrinishga ega boʻlsa ham, bu haqiqiy islomiy mafkura emas”, deb tushungan musulmonlarni “rodikallar, terrorist va ekstremistlar” deb uqtirishyapti.

Alloh bizlarni yuqoridagi shaxzodaning holatiga tushib qolishdan asrasin. U badbaxt Allohni qoʻyib, kufrni rozi qilish maqsadida hayot kechiryapti. Eng jirkanchli joyi shundaki, bu shaxzoda oʻz kufrini oshkor qilib, shu holatidan faxrlanyapti!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.