Atambayev Bryusselga safar qiladi

464
0

Atambayev Bryusselga safar qiladi

Yevropa Ittifoqining Qirgʻizistondagi vakili, elchi Chezare de Montisning maʼlum qilishicha, prezident Almazbek Atambayev 16 fevralda Bryusselga rasmiy safar bilan borib, YeI tarkibidagi asosiy tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashadi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu tashrif Qirgʻiziston prezidentining soʻngi 3,5 yil davomida Belьgiya poytaxtiga uyushtirgan uchinchi safari boʻladi.

“Bunga qadar 2013 va 2015 yillardagi safar natijalari ikki tomonlama hamkorlik uchun juda muhim boʻlgan”, – dedi Chezare de Montis.

Tashrif chogʻida hamkorlikning yangi shartnomalari muhokama qilinadi. Oldingi hujjat 20 yil avval qabul qilingan edi.

Chezare de Montisning aytishicha, yangi shartnoma soʻnggi yillarda Qirgʻiziston ham, Yevropa Ittifoqi ham va butun dunyo duchor boʻlgan oʻzgarishlarga mos holda tuziladi.

“Almazbek Atambayev – ochiq hamkorlikning eng yaxshi namunasi. Prezident Yevroittifoqning doʻsti, Yevroittifoq prezidentning doʻsti”,- dedi elchi.

Turkiston:

Atambayevning YeIga qiladigan bu galgi safari Putinning Qirgʻizistonga tashrifi oldidan amalga oshirilishi kutilyapti. Bu esa Yevropa ittifoqi anjumaniga Atambayevning oxirgi ishtiroki boʻladi. U oxirgi najotni Yevropadan qidirmoqda. Yaʼni, u yilning oxirida belgilangan saylovga yetib olguniga qadar Qirgʻiz xalqining sarf xarajatlarini va byudjet kamomadlarini qoplash uchun Yevropadan moliyaviy koʻmak koʻrsatishlarini iltimos qiladi.

Putinning Qirgʻizistonga tashrifi oldidan Atambayev bir qarorga kelib olishi kerak. Yaʼni mamlakatda roʻy berayotgan siyosiy va iqtisodiy krizislardan chiqa oladimi, yoʻqmi? Bu Putin beradigan savollardan eng asosiysi boʻladi. YeIning yordam berishi yoki bermasligidan qatiy nazar bu savol albatta beriladi. Chunki Qirgʻizistonning shu kundagi siyosiy ahvoli faqat moliyaviy krizisgagina bogʻliq emas. Balki bu bir necha yillardan buyon yuz berib kelayotgan ichki siyosiy xatolar oqibatining va boshqaruv sistemasining notoʻgʻri asoslariga ham bogʻliqdir. Shuningdek bu krizislarda global xalqaro siyosiy vaziyatlarning kasofatidan kelib chiqqan tabiiy buzuq muhitning ham taʼsiri juda katta va muhim rol oʻynaydi.

Shuning uchun yangi keladigan yetakchi guruh ham vaziyatni oʻnglay olmaydi. Ular ham Atambayev komandasi singari koʻp muammolarda oʻzlaridan avvalgi yetakchilarni ayblab, bir necha yil xalqni aldab boshqarishadi. Keyin yana muammo ilgarigidek qaytarilaveradi. Xalq esa yana yangilaridan umid qilib aldanib boraveradi.

Putinning Qirgʻizistonga boʻlgan muomilasi oʻzgaradimi? Yaʼni Atambayevning yuqoridagi YeI boʻylab safari Putinning muomilasiga taʼsir qiladimi? Ha, albatta Putinning muomilasi salbiy tomonga oʻzgarishi kutilyapti. Buni YeI bilan Rossiya oʻrtasidagi oʻta keskin va deyarli urush holatiga borib qolgan vaziyatga qarab ham anglab olish qiyin emas. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, Qirgʻiz matbuoti ham, davlat rasmiylari ham, Putinning kelayotgani va undan Qirgʻiziston mamlakati va xalqi uchun biror manfaatli oʻzgarishlar kutilayotgani haqida deyarli maʼlumot berishmayapti.

Demak, Putin Qirgʻizistondagi siyosiy kuchlar muvozanatini tekshiradi. Siyosiy kuchlarning asosiy qismi Atambayevga yon bosmaydi. Uning qoʻlida quruq saltanat qoldi xolos. Bizning tahlilimizcha, Rossiya Qirgʻizistonning siyosiy elitasini hokimiyat tepasida saqlab qolish uchun yana qoʻzgʻalon yoʻli bilan hokimiyatni agʻdarmoqchi emas. Buning uchun, Qirgʻiz siyosiy doirasi ichidan oʻzaro kuchlar muvozanatini topib, ularni bir maqsad atrofida birlashtirish kerak boʻladi. Rossiya Qirgʻiz hokimiyatini tinch yoʻl bilan almashtirib, yana siyosiy doirani saqlab qolmoqchi. Bu Akayev yoki Bakiyevlarning almashtirilganidan deyarli farq qilmaydi, lekin yangicha uslubdagi koʻrinishi boʻladi. Faqat bu rejaga Atambayev rozi boʻlishi kerak boʻladi. Shunday uslub amalga oshirilsa, saylov muddatidan ilgari oʻtkaziladi va bu saylovda Atambayevchilar yutkazadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.