Hoji Sabriy Oruriy Allohning huzuriga rehlat qildilar
مِنْ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً
“Moʻminlar orasida Allohga bergan oʻz ahdu paymonlariga sodiq turgan kishilar bor, ulardan ayrimlari oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʻldi), ayrimlari esa intizordir, (ular ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq” [Ahzob 23]
Hizb ut-Tahrir-Iordaniya viloyati Alloh Subhanahu va Taoloning qazosiga imon keltirib, taslim boʻlgan holda, butun musulmonlarga, xususan, Iordan ahliga shuni chuqur qaygʻu ila xabar qiladiki, Hizbning ilk sara zotlaridan biri boʻlgan hamda Alloh Subhanahu va Rosuli s.a.v. rozi boʻladigan kuchli pozitsiyani egallab kelgan xolis sabrli aʼzolaridan biri Sabriy Muhammadabdulloh Rifoiy (Abu Muhammad Oruriy) vafot etdilar.
Oruriy rohimahulloh Haq Taborak va Taolo huzuriga 2017 yil 3 fevral juma kuni 95 yoshlarida rihlat qildilar. Butun umrlarini Alloh Subhanahu va Taologa itoat qilib oʻtkazdilar, Hizb ut-Tahrir 1953 yil tashkil topgandan beri uning safida haq va ezgulik daʼvatini yetkazib yashadilar. Paygʻambarlik minhojiga asoslangan roshid Xalifalik barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun tinimsiz faoliyat qildilar va bu yoʻlda, yoʻliqqan taʼqiblar, hibsu qamoqlar va qattiq qiynoqlarga sabr qildilar. Hatto Iordaniya va Suriyadagi jinoyatkor xavfsizlik xizmati qoʻllagan qiynoqlar paytida baʼzida shahid boʻlishlariga ham bir bahya qoldi. Rohimahulloh Hizb safida 16 marta qamoqqa tushdilar va bularning barchasida faqat Alloh Subhanuhu va Taoloning Oʻzidan ajr kutdilar, nusratiga chuqur ishonib, haq ustida sobit turdilar, charchoq nimaligini bilmay, ahdlaridan aslo qaytmay ochiq hujumkor tarzda haqni yetkazdilar. Alloh Subhanahu va Taoloning Oʻz Ummatiga nusrat va gʻoliblik haqidagi vaʼdasiga bagʻoyat chuqur ishondilar va bu xushxabarni odamlarga xuddi oʻz koʻzlari bilan koʻrib turgandek yetkazdilar.
Rohimahullohning holatlari xuddi ushbu Oyati Karima kabi edi:
قُلْ إِنَّ صَلاَتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَاي وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
“Ayting: albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olam Robbi boʻlmish Alloh uchundir” [Anʼom 162]
Allohdan soʻraymizki, yoʻqotgan shayximizni, butun Ummatning yoʻqotgan shayxini Oʻz rahmatiga burkab, huzuriga guzal holatda qabul qilsin, jannatning Firdavsi Aʼlosidan joy berib, anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh qilsin, ularga hamroh boʻlish qanday ham baxtdir. Shuningdek, bizga, shayximiz oilasiga Alloh Subhanahu va Taolodan sabri jamil, goʻzal tasalli berishini ham soʻrab qolamiz.