Yana bir “terrorizm”ni moliyalovchi qoʻlga olindi
MXDQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bishkek shahrida xalqaro “terrorchilik” tashkilotini moliyalashtirish tashkilotchilaridan biri sifatida gumon qilingan 33 yoshli shaxs qoʻlgan olindi.
Xabarda aytilishicha, 2 fevral kuni qoʻlga olingan gumondor shaxs 2012 yili Misr va Suriyada diniy taʼlim olgan. Oʻsha vaqtlarda xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatib, ekstremistik tashkilotlarni qoʻllash maqsadida arab davlatlaridan birida tijorat ishlari bilan shugʻullana boshlagan.
Gumondor 2015 yili Qirgʻizistonga kelib radikal guruhlarni moliyalash maqsadida oʻz ishini davom ettirgan. Ayni vaqtda gumondor MXDQ tergov hibsxonasida saqlanyapti.
Soʻngi vaqtlarda Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) Qirgʻizistonda “terrorizm”ni moliyalashtirishni koʻzlagan fuqarolar qoʻlga olinayotgani haqida tez-tez xabar bermoqda.
Oʻtgan haftada ham MXDQ Qirgʻiziston hududida terrorchilikni moliyalashtirish maqsadida xorijiy valyutani tayyorlash, oʻtkazish va sotish bilan shugʻullangan uyushgan guruhni qoʻlga olingani, ularning yonidan 56 ming dollar miqdorida qalbaki banknotlar topilgani haqida xabar qilgan edi.
Turkiston:
“Oʻrmonga oʻt ketsa, hoʻlu quruq barobar yonadi” deganlaridek, Qirgʻizistonda siyosiy keskinliklar yana kuchaya boshladi. Bu siyosiy intrigalar ilmoniy siyosiy toʻdalar orasida yuz beryabdi. Yaʼni, ular bir birlari bilan hokimiyat tizginini talashishmoqda. Lekin bu kurash iflos va betayin uslublar bilan davom etmoqda. Ilgari Akayev va Bakiyevni quvib yuborishayotganida ham, bu kabi kurashning juda iflos va madaniyatsiz uslublariga guvoh boʻlgan edik. Hatto hozirgi kungacha ular bir birlarini tolon-taroj qilganlikda ayblab kelishadi.
Achinarlisi shuki, ular bu arzimas kreslolar uchun olib borishayotgan kurashlariga musulmonlarni ham aralashtirishga harakat qilishyapti. Yaʼni, Akayev ham Bakiyev ham, oxirgi vaqtlarida, Islom va musulmonlardan juda katta xavf kelayabdi, degan vahima bilan jamiyatni chalgʻitmoqchi boʻlishgan edi. Ular ham xuddi hozirgidek musulmonlarni oʻldirib, qamab, jamiyatni tozalashayotgandek qalbaki harakatlar yasashgan edi. Lekin ular kutgan ekstremistik xavf musulmonlardan emas, aynan oʻzlarining bir vaqtlardagi safdoshlari va bir elita vakillari boʻlgan demokratik partiya vakillari tomonidan uyushtirildi va amalga oshirildi. Oʻsha ekstremistik yoʻl bilan hokimiyatni qoʻlga olgan toʻdalar hozir yetakchilik qilib kelishyapti. Hatto oʻsha ekstremistlar prezidentni quvib yuborganlaridan keyin paydo boʻlgan siyosiy boʻshliq paytida ham islomiy jamoalar bosh koʻtarishmadi. Chunki, islomiy siyosiy jamoa yoki moddiy faoliyat olib borayotgan birorta jamoa oʻsha paytda ham Qirgʻiziston davlatini egallab olish maqsadida harakat olib borgan emas, hozir ham bu maqsadda harakat olib bormayabdi.
Segizbayev boshchiligidagi MXDQ xodimlari jamiyatni chalgʻitib, soxta vahimalar bilan jamoatchilik fikrini musulmonlar tomon burmoqchi boʻlyapti. Goʻyo tarix yana qaytalanayotgandek. Hozirgi hokimiyat vakillari xuddi avvalgi hokimiyat vakillari kabi ish yuritishmoqda. Mavjud hokimiyatning sobiq yetakchilar harakatlarini takrorlashi, ularning hozirgi qismatlarini ham boshdan kechirishlariga sabab boʻlishi mumkin!
Garchi bir necha musulmonlar tarafidan biror qoʻporuv harakati uyushtirilgan taqdirda ham, bu ish butun islomiy muhitga va boshqa musulmonlarga qarshi kurash boshlash huquqini bermaydi. Hatto biror hodisaga tayanib hujum boshlashga matbuotning ham haqqi yoʻq. Faqat jinoyatchining oʻzi, qilgan jinoyati uchun javob berishi kerak. Xuddi vazirlar, bosh vazirlar, prezidentlarlar, ularning atrofidagi jinoiy toʻdalari va oila azolari singari. Akayev va Bakiyevlarni jinoiy javobgarlikka tortish ortidan, Qirgʻizistonda prezidentlik lavozimi bekor qilinmadiku. Yoki oʻsha prezidentlarni jinoyatchiga aylantirgan olamiy ilmoniy boshqaruv sistemasini ham uloqtirib tashlamayapmizku. Yana oʻsha ilgarigi prezidentning atrofidagilar prezident boʻlishdi, vazirlar va boshqa amaldorlar ham eski elita vakillaridir. Boshqaruv sistemasi ham xuddi ilgarigi mafkura asosida davom etyapti!!
Soʻzimiz oxirida shunday deymiz: Kufr sistemasi asosidagi bu iflos kurashga musulmonlarni aralashtirmay, bir birlaring bilan olishaveringlar. Har bir jinoiy ishga islomiy tus berib, uni siyosiylashtirishga urinmaglar!