Suriyada muxolif guruhlar yana birlashdi
Oʻtgan hafta Ostona uchrashuviga Suriya muxolifati nomidan olti guruh ishtirok etib, inqilob dushmanlari bilan muzokaralar olib borgan edi. Oradan bir hafta oʻtar-oʻtmas Suriyada bir nechta guruhlar dushmanga qarshi birlashayotgani haqida xabarlar kela boshladi. Xabarda aytilishicha, yigirmadan ortiq guruhlar ketma-ket “Tahrir ash-Sham” nomi ostida birlashganliklarini eʼlon qilishgan.
“Birlikni yuzaga keltirish va inqilobning yutuqlarini himoya qilish uchun maydondagi barcha guruhlarni mazkur tuzulmaga qoʻshilishga chaqiramiz. Ushbu loyiha inqilob kuchini bir joyga jamlovchi yadroni tashkil qilish, jinoyatchi rejimni qulatish orqali koʻzlangan maqsadga yetish va Shom ahli Allohning shariati asosida aziz va mukarram hayot kechirishi uchun amalga oshirilmoqda”, deyiladi jumladan Tahrir ash-Sham tarafidan berilgan bayonotda.
Turkiston:
Avval ham bu kabi guruhlar oʻrtasida bir necha bor birlashuvlar boʻlib oʻtgan edi. Ammo muvaffaqiyatga erishish uchun faqatgina birlashishning oʻzi kifoya qilmaydi, bundan boshqa shartlar ham bajarilishi shart. Avvalambor muxolif guruhlar shuni bilib qoʻyishlari lozimki, ular oʻz kuchlarini bitta qoʻmondon ostida birlashtirgandan soʻng boshqa davlatlar tarafidan oʻzlariga taklif qilanayotgan mablagʻlarni qabul qilishdan bosh tortishlari lozim. Chunki siyosiy maqsadda berilgan har qanday mablagʻlar ularni oʻsha davlatga qaram qilib qoʻyadi. Natijada bu davlatlar ogʻzini yogʻlab qoʻygan guruhlarni istagan paytda jangdan toʻsishi yoki boshqa frontga jalb qilishi yoxud muzokara stoliga oʻtirgʻizishi mumkin boʻlib qoladi. Shuning uchun muxolif guruhlar qaysi davlatning yordamini qabul qilgan boʻlsa, oʻsha davlatning loyihasiga koʻra harakat olib borayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Bunga misollar juda koʻp. Saudiyaning bosimi bilan Jayshul Islom va Ahrorush Shomdagilar Riyoz shahrida togʻut rejim bilan muzokaralar oʻtkazishni qabul qilishdi. Halabning qulashida esa, juda koʻp jangchilar Turkiyaning bosimi bilan “Furot Qalqoni” amaliyoti doirasida turk kuchlariga yordam koʻrsatish uchun Halabdagi jang frontlarini tashlab ketdi. Ostona uchrashuvidan avval Turkiyaning talabiga binoan Jayshul Mujohidin, Faylaqush Shom, Jabhatush Shomiya otryadlari Rossiya delegatsiyasi bilan Anqarada muzokaralar oʻtkazdi. Ostonada bir necha muxolif guruhlarning vakillari bosqinchilar bilan bir stol atrofida muzokralar olib borishdi va hokazo.
Maʼlumki Saudiya ham, Turkiya ham AQShning malayidir. Ular muxolif guruhlarni turli yordamlar bilan tuzoqqa ilintirgandan soʻng AQShning loyihalari sari yetaklab ketmoqda.
Ammo bu borada Paygʻambarimiz s.a.v.ning siyratiga qaraydigan boʻlsak, Quraysh kofirlari Rosululloh s.a.v.ga daʼvatini toʻxtatishi yoki hech boʻlmasa ularni bezovta qilayotgan ishlardan tiyilishi evaziga boylik taklif qilishganda Rosululloh s.a.v. buni soʻzsiz rad etdilar, gapni aylantirmay keskin javob berdilar va ularga sotilmadilar. Bayrogʻining shaklini kofirlar belgilab berishiga rozi boʻlmadilar. Boshqaruv nizomi Quraysh kengashi xohlaganidek boʻlishidan bosh tortdilar… Rosululloh s.a.v. ulardan dirham va dinorga qul qilib qoʻyadigan boylikni qabul qilishdan bosh tortdilar.