Atambayev yangi konstitutsiyani tasdiqladi

445
0

Atambayev yangi konstitutsiyani tasdiqladi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev juma kuni yangilangan konstitutsiya rasmiy matnini eʼlon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Imzo chekish marosimi spiker va parlament fraktsiyalari yetakchilari, oliy sud raisi, shuningdek, markaziy saylov komissiyasi va konstitutsiya palatasi rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan.

Matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, prezident marosim davomida asosiy qonunga umumiy hisobda 40ta tuzatish kiritilganini taʼkidlab oʻtgan. “Unda shuningdek, avval davlat (qirgʻiz) va rasmiy (rus) tillarda bayon etilgan bir qator noaniqliklar bartaraf etildi”, – deyiladi xabarda. Farmon davlat OAVlarida eʼlon qilinganidan soʻng rasman kuchga kiradi.

Maʼlumki, konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi referendum oʻtgan yilning 11 dekabr kuni boʻlib oʻtgan edi. Konutitutsiyadagi oʻzgarishlar prezident vakolatini kamaytirish, parlament va bosh vazir huquqlarini kengaytirish, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish tizimi islohotini koʻzda tutadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.