Frantsiya hamon Afrikani qulga aylantirish niyatida

493
0

Frantsiya hamon Afrikani qulga aylantirish niyatida

2017 yil 14-15 yanvarda Mali poytaxti Bomakoda Afrika-frantsuz sammiti boʻlib oʻtdi. Unda 35 Afrika davlati boshliqlari va mustamlakachi Frantsiya prezidenti Fransua Olland qatnashdi. U yigirma yettinchi sammitdir. Frantsiya tinkasi qurigan, talon-taroj qilinayotgan boy qitʼa Afrika ustidan oʻz hukmronligini taʼkidlash uchun bu sammitni zoʻr berib oʻtkazib turadi. Bu toʻgʻrida Frantsiyaning Afrikadagi jirkanch basharasini va bu qitʼani qul qilish darajasigacha yetgan doimiy talon-taroj qilishini eslatib oʻtish zarur.

Koʻpchilik odamlar, balki hatto siyosiy ish bilan ahamiyat berib shugʻullanuvchilar ham bilmaydigan narsa shuki, Frantsiya oʻzining mustamlaka qilishiga boʻysunib kelgan davlatlarni 1961 yildagi “mustaqillik” kelishuvidan beri oʻziga ulkan mablagʻlarni toʻlashga majburlab kelmoqda. Ular quyidagi oʻn toʻrt davlatdir: Benin, Burkina-Faso, Gvineya-Bisau, Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Mali, Niger, Senegal, Togo, Kamerun, Markaziy Afrika respublikasi, Chad, Kongo respublikasi, Ekvatorial Gvineya va Gabon. Chunki ana shu kelishuv bu davlatlarning chet el valyutasidan iborat ehtiyot zahirasining 85 %ini frantsuz moliya nazorati vaziri nazorati ostida frantsuz markaziy bankiga omonat qoʻyish majburiyatini yuklaydi. Amerikaning “Blomberg” agentligi tarqatgan xabarga koʻra bu mablagʻlardan Frantsiya har yili foyda koʻradigan kirimlar yiliga 500 milliard frankka yetadi…

Frantsiya Afrikada oʻzi mustamlaka qilgan mamlakatlarga yuzaki mustaqillik berar ekan bir nufuz tarmogʻi boʻlishini taʼminlab qoʻyganligi hech kimga sir emas. Frantsiya shu tarmoq orqali oʻzining eski mustamlakalari ustidan oʻz hukmronligini yoyib kelmoqda. Bu tarmoq muhandisi sobiq frantsuz prezidenti Sharl de Gollning shaxsiy maslahatchisi Jak Fokardir. U Yelisey saroyida “Afrika xoʻjayini” degan laqab olgan. Bu tarmoqning vazifalaridan biri Frantsiyaga butunlay malaylik bilan tanilgan shaxslarning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam berish va bu hukmronlikka monelik va qarshilik qiladigan har qanday kishini jismonan yoʻq qilishdir…

Oʻtgan ellik yil mobaynida 26 Afrika davlatida 67 harbiy toʻntarish yuz berganini bilishimizning oʻzi kifoyadir. Bu toʻntarishlardan 61 %i frantsuz tilida soʻzlashuvchi Afrika davlatlarida roʻy berdi. Tashqi va ichki maʼlumotlar bu toʻntarishlar ortida Frantsiya u yoki bu shaklda turganini tasdiqlab turibdi… Bu toʻntarishlarning eng mashhuri Fil suyagi Qirgʻogʻida roʻy bergan toʻntarish boʻlsa kerak. Oʻshanda bu mamlakat prezidenti Loran Gbagbo Frantsiyaning bu mamlakatni zulukdek soʻrishiga barham berishga uringan edi. Bu xavfni sezgan Frantsiya darhol oʻzining tanklari, samolyotlari va maxsus kuchlari bilan aralashdi… Togo prezidenti Olimpio frantsuz frankidan voz kechishga uringan va oʻz pul birligini chiqargan paytda esa Frantsiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan maxsus askarlar guruhi bu saylangan prezidentni oʻldirdi…

Bunday taqdir Malining saylangan prezidenti boshiga ham tushdi. Chunki u ham frantsuz valyutasidan xalos boʻlishga qaror qilgan edi. Shuning uchun u ajnabiy frantsuz diviziyasi kichik zobitlaridan biri boʻlgan Muso Traore boshchilik qilgan toʻntarish qurboni boʻldi…

Boyliklarni tashib olib chiqib ketish va ularga xoʻjayinlik qilishga kelsak bu ish yanada dahshatlidir. U mustamlakachining, aniqrogʻi Frantsiya mustamlakachiligining jirkanch basharasini aniq koʻrsatib turibdi. Bunga misol qilib Frantsiya Markaziy Afrikada nima qilganini keltirish mumkin. Parij Markaziy Afrikada uran qazib olishni 2032 yilgacha muzlatib qoʻyishini eʼlon qilgan edi. Ana shundan keyin bu mamlakatning sobiq prezidenti Fransua Bozize bu maʼdanni qazib olish uchun boshqa ajnabiy shirkatlardan yordam olishini bildirdi. Natijada unga qarshi toʻntarish yuz berdi…

Frantsiyaning shu bugungacha davom etib kelayotgan jinoyatkorona jirkanch mustamlakachilik basharasi mana shudir… Afrika boyliklarini talab-tashib ketish, undagi davlatlar boshliqlari joniga suiqasd qilish, ularga qarshi toʻntarish yasash va ichki urushlarni keltirib chiqarish hisobiga farovonlikdan bahramand boʻlayotgan Frantsiyaning asl basharasi mana shu…

Bu haqiqatni sobiq frantsuz prezidenti Fransua Mitteranning oʻzi ham tan olgan edi. u 1957 yilda: “Afrika qitʼasisiz frantsuz davlatining yigirma birinchi asrda hech qanday tarixi boʻlmaydi” degan edi.

Jak Shirak ham bu maʼnoni yarim asrdan keyin, 2008 yilda taʼkidlab quyidagilarni aytdi: “Afrika qitʼasisiz Frantsiya uchinchi dunyo davlatlari safiga tushib qoladi. Shuning uchun banklarimizdagi mablagʻlarning eng katta qismi qora qitʼani soʻrib yotganimizdan kelayotganini ochiq aytib tan olishimiz kerak”.

Albatta u irqchi demokratik nizomning bir qismi boʻlgan jirkanch mustamlakachilikdir… Bu nizom oʻzining jinoyatchi ekaniga qayta-qayta guvoh boʻlmoqda. Ommaviy axborot va siyosiy shov-shuvni qoʻzgʻagan bir yangi kitobda Fransua Ollandga nisbat berilgan narsalar biz uchun dalil sifatida kifoyadir. Unda Olland shunday deydi: “Men haqiqatdan ham Frantsiyaning oliy manfaati uchun toʻrtta suiqasdni amalga oshirishga ruxsat berdim”.

Olamdagi barcha sharafli kishilar Afrikaning ozod boʻlishini hamon kutishmoqda. Bu talon-taroj qilingan va ezilgan gigantning ozod boʻlib undagi boyliklar oʻz ahliga va butun olamga toʻlib-toshib oqishini kutishmoqda… Zero u Alloh Taolo hisobsiz boyliklarni ato etgan va geografik jihatdan oʻziga tortuvchi, boy bir qitaʼdir…

Bu ozodlik esa faqat liberal demokratik kapitalizm mabdasidan boshqa oʻz mabdasi bilan yuksaluvchi bir xalqaro kuch tomonidan boʻladi… U Islom davlati, Alloh izni bilan yaqinda kirib keluvchi Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik kuchidir. Xalifalik insoniyat tarixidagi eng katta oʻgʻirlik va qul qilish sharmandaligini amaliy tarzda fosh qilib tashlaydi va mustamlakachi kishanlarini parcha-parcha qilib tashlaydi… Oʻsha kunda Afrika yangi porloq siyosiy tavallud bilan shodlikka toʻladi…781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.