Qirgʻiziston davlat boshqaruv sistemasi izdan chiqib boryapti
Qirgʻiz davlatchiligi xavf ostida qolmoqda. Qirgʻizistonda davlat boshqaruv sistemasi izdan chiqib borayapti. Buning nishonalari nimalarda namoyon boʻlmoqda?
Davlatchilik deb – boshqaruv sistemasi, tizimi va qonun qoidalari majmuasiga aytiladi. Boshqaruv sistemasi esa, biror mabdaga asoslangan boʻlishi lozim. Xuddi shu mabdaning oʻzi uning boshqaruviga asos boʻladi. Masalan, Qirgʻiziston demokratiyaga asoslangan kapitalistik mabda asosida hukm yuritadi. Boshqaruv tizimi ham, asosiy va juzʼiy qonunlari ham mana shu mabdadan balqib chiqadi.
Oxirgi yillarda Qirgʻiziston hukumati musulmonlarga qarshi (terroristik, ekstremistik atamalari ostida) kurashni kuchaytirib boryapti. Ular, Qirgʻiziston fuqorolari boʻlgan musulmonlar tomonidan yozilayotgan arizalarga eʼtibor bermaslik uslubini oʻylab topishdi. Barcha hukumat tarmoqlari buyruq va tazyiq orqali “arizalarga eʼtiborsizlik uslubi”ga amal qilishga majbur qilinmoqda. Buning evaziga ularga imtiyozlar va keng imkoniyatlar berilyapti, shuningdek ularni “yuqori” himoya qilib va qoʻllab-quvvatlab turibdi. Undan ham yuqoriroqda turgan xalqaro siyosat va xalqaro tashkilotlar esa, Qirgʻiz hukumatining bu gʻayriqonuniy uyushgan harakatlariga homiylik qilib, sukut saqlash va kerak boʻlsa yordam koʻrsatish orqali u bilan hamkorlik qilib kelishyapti. Natijada Qirgʻiz hukumati musulmonlarga alohida repressiv va adolatsiz muomala qilish mexanizmini yaratib oldi.
Qirgʻizistonning bir nechta qamoqxonalari va zonalarida oʻnlagan musulmonlar norozilik aktsiyasi sifatida ocharchilik eʼlon qilishdi. Bu aktsiya joriy yilning boshidan shu kungacha davom etib kelyapti. Davlat strukturalari va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ularga nisbatan eʼtiborsizlik siyosatini qoʻllayotganligiga guvoh boʻlmoqdamiz. Ular tomonidan yozilgan yuzlagan arizalar javobsiz qoldirilyapti. Tashqaridan mahkumlarning yaqinlari yozayotgan norozilik arizalariga ham hech kim eʼtibor bermayapti. Bu kabi davlat strukturasidagi buzuq sistema hatto Sovetlar ittifoqi davrida ham kuzatilgan emas. Bu esa, “davlat mexanizmining inqirozi” deb eʼtibor qilinadigan holatdir. Yaʼni, bu – boshqaruv tizimlari davlat tomonidan toʻliq nazorat ostiga olinmaganligiga va kuch struktura tarmoqlari bir guruhning manfaati uchun ish olib borayotganiga dalolat qiladi. Bu nafaqat davlatning, balki davlat boshqaruv sistemasining buzulishidir. Tajribasiz davlat yetakchilari buni anglab yetishlari uchun quyida bu holatning oqibatlarini tushuntirib oʻtamiz.
16 yanvar kuni Bishkek aeroportining yaqinida joylashgan Dacha-suu qishlogʻi ustiga Turkiya aviakompaniyasiga tegishli Boing 747 rusumli samolyot qulab tushdi. Bu fojea oqibatida bir necha oʻnlagan fuqorolarimiz halok boʻldi, ularning turar joylari vayron boʻlib, mol mulklari yonib ketdi. Shuningdek bu fojeali holat, samalyotdagi juda katta koʻlamdagi noqonuniy mulklar Qirgʻizistonga olib kirib kelinayotgani haqidagi shov-shuvlarga sabab boʻldi. Qirgʻizistonda saltanat va katta quvvat egasi deb eʼtibor qilinadigan “jogoru kenesh” yaʼni parlament bu ishni taftish qilish uchun komissiya tashkil qildi. Komissiyaga Qirgʻizistonda eng katta siyosatchi va tajribali deputat deb tanilgan Omurbek Takebayev yetakchi qilib tayinlandi. Lekin bu komissiya ham, shu paytgacha mazkur ishga tegishli yoki noqonuniy mollarga tegishli aniq maʼlumotlarni qoʻlga kirita olmadi.
Xullas, Qirgʻiz elitasining bevosita ishtiroki yoki sukuti orqali musulmonlarga qarshi paydo qilingan buzuq boshqaruv mexanizmi bugungi kunga kelib, mafiyalashgan jinoiy uyushmalarni paydo qildi. Endi bu jinoiy korruptsiyalashgan mexanizm nafaqat musulmonlarga, balki butun Qirgʻiziston manfaatlariga rahna solib, javobgarlikdan qutilib qolishda esa, Qirgʻiz davlatchilik tizimidan oʻta unumli foydalana oladigan jinoiy toʻdaga aylanib qoldi. Bu mafiyalashgan tizim, mana endi butun kuch quvvatini namoyon qiladi. Komissiyalarga qarshi saltanatni ishga solib, har tomondan bosimlar oʻtkazadi. Qoʻl ostidagi barcha matbuot vositalarini ishga soladi. Xalqning arizalarini eʼtiborsiz qoldiradi.
Qirgʻiz davlatchiligi hokimiyatni eplay olmayapti. U yana ilgari tarixda koʻp marotaba sodir etgan xatolarini takrorlash ostonasida turip qoldi. Chunki davlatchilik qonun ustivorligi va millati, dini va irqidan qatʼiy nazar qonun oldida barcha fuqorolarning haq-huquqlarini birdek himoya qilish mexanizmini saqlab turish bilan kafolatlanadi. Yaʼni davlat oʻzining boshqaruv mexanizmini biror millat yoki din vakillarini kamsitish, haq-huquqini paymol qilish yoki tabaqachilikka yoʻl ochish ustiga qurmaydi. Ammo hozirgi paytda Qirgʻizistonda bir ishning oqibatida oʻnlagan insonlar halok boʻlsa, uni hali tekshirmay turib, “islomiy terroristlar amalga oshirdi”, deyiladi. Xuddi oʻsha kabi boshqa ish tufayli yana oʻnlagan odam halok boʻlsa, bir qator faktlar bu ishni uyushgan jinoyatchilar bilan oshirganiga ishora qilib turishiga qaramay, davlatning oʻzi bosh boʻlib, bu ishni yashirishga harakat qilinadi. Vaziyat keskinlashib borgan sari, bu jinoyatni yopib yuborish uchun yana “musulmonlarning uyidan disk chiqibdi, varaqa chiqibdi, kitob topilibdi”, deb qamoqqa olishni boshlashadi. Matbuot orqali kitob oʻqigan musulmonlarga qarshi jiddiyroq kurash olib borishga chaqiruvlar kuchaytiriladi.
Musulmonlarga qarshi butun kufr olami zulmni kuchaytirgan bir paytda, Qirgʻiziston ham ularga ergashdi. Qirgʻiz hukumati musulmonlarga zulm qila boshladi. Kufr olami uning harakatlariga sukut qilgani uchun, u musulmonlarga qarshi boʻhton va tuhmat toshlarini ota boshladi. Qirgʻiz yetakchi guruhi ham olamiy tajribaga suyanib, musulmonlarni agressiv qilib koʻrsatish orqali davlatda avtoritar rejim oʻrnatib olmoqchi boʻldi. Natijada hokimiyatni, ummatga tajovuz qiladigan, millatchi, kapitalist, korruptsiyachi kimsalar egallab olishdi. Ular ummat mulkini oʻzlashtirish yoʻlida va noqonuniy jinoiy ishlar olib borishda hokimiyatni qurol qilib olishgan. Ularning kasofatlari tufayli millionlagan fuqarolarimiz oʻz yurtini va oilasini tashlab hamda farzandlarining tarbiyasini bir chetga surib, chet ellarda qora xizmatchi boʻlib ishlashga majbur boʻlyapti.
Samolyotda yuk tashigan manapolist kapitalistlarning kasofatlari nimada?
Bular raqobatdoshlarini sindirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirishadi. Yaʼni bir sohada ish boshlashsa, hukumat tomonidan oʻsha sohaga qonuniy talablar kuchaytiriladi, bojxona soliqlari va boshqa bir qancha soliqlar oshiriladi hamda tushunarsiz qandaydir talablar kiritila boshlaydi… Masalan kompьyuter sohasini biror korruptsioner yoki kapitalist manapoliya qilmoqchi boʻlsa, qolgan barcha oddiy fuqorolar yoki kichik savdogarlar kompьyuter olib kirishiga taʼqiqlar qoʻyiladi. Baʼzida, chetdan kirib kelinayotgan kompьyuterlarga toʻlanadigan soliqlar miqdori oshirib yuboriladi. Yana boshqa holatda esa, korruptsiya yoʻli bilan, yuqoridagi samolyotdagi afyora singari, kompьyuterlar bojxona toʻlovlarini aylanib oʻtadida, arzon narxlar bilan bozorga kirib keladi. Oqibatda qonuniy yoʻl bilan kirib kelgan barcha kompьyuterlarning savdosi kasodga uchraydi va mayda savdogarlar barcha sarmoyalaridan mahrum boʻlib, ishchilar karvoniga qoʻshilishadi. Manapolistlar esa, Qirgʻizistondan korruptsiya yoʻli bilan topgan barcha mablagʻlarini chet davlatlarga olib chiqib ketishadi. Davlat moliyaviy krizis holatida, oxiri bora-bora halokatga yuz tutadi.
Demak, barcha muammo davlat yetakchilarining korruptsiyalashganida ekan. “Muammo Islom va musulmonlar tomonidan kelayapti” degan soxta vahimalar esa, korruptsiyaga botgan savdo va boshqa tarmoqdagi jinoyatlarni toʻsish uchun ishlatishayotgan bir aldov ekan. Biz, Qirgʻiziston fuqorolari, mamlakat amaldorlaridan oʻz haq-huquqlarimizga boʻlayotgan har qanday tajovuz yoki beparvoliklarga qarshi kurashni toʻxtatmasligimiz kerak. Davlat rahbarlari quloqlarigacha korruptsiyaga botib, kapitalistlar manfaatining xizmatkorlariga aylanib qolishdi. Bu – kapitalistik tuzumning tabiiy jarayoni boʻlib, har qanday demokratik davlat tabiiy ravishda kapitalistlarga suyanib qoladi. Shuning uchun bu sistemaga oid krizis ekanligini unutmasligimiz kerak. Yaʼni bizning kurashimiz hokimiyatni boshqa biriga almashtirish uchun emas, kapitalistik buzuq sistemasini uloqtirib tashlash asosida olib borilishi kerak.
Abdurazzoq