Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralar boshlandi
23-24 yanvar kunlari Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Suriya inqirozi boʻyicha Suriya hukumati va muxolifati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtadi. Muzokaralarda Rossiya, Eron, Turkiya, AQSh vakillari va BMT bosh kotibining Suriyadagi maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirok etmoqda.
Suriya muxolifati va inqilobiy kuchlari milliy koalitsiyasi rahbari oʻrinbosari Abdul Hakim Basharning “TASS” agentligi muxbiri bilan boʻlgan suhbatda maʼlum qilishicha, Suriya hukumati delegatsiyasi va muxolifat vakillari Ostonada bir davrada oʻtiradi va vositachi ishtirokida muzokaralarni boshlaydi.
“Ha, bu toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boʻladi”, – degan agentlik suhbatdoshi. Bunda muxolifat delegatsiyasi aʼzosi vositachi kim ekaniga oydinlik kiritmagan. Uning aytishicha, bu Rossiya, Turkiya yoki BMT boʻlishi ham mumkin.
Muxolifat delegatsiyasining yana bir vakili Usoma Abu Zaydning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Suriya muxolifati muzokaralarda sulhga eʼtibor qaratadi, hozircha, siyosiy yoʻl bilan inqirozga barham berish masalasini koʻrib chiqmaydi.
“Har qanday muzokaralarda, agar sulhga rioya qilinmas ekan, muammoni hal etish borasida gap ham boʻlishi mumkin emas. Oʻt ochishni toʻxtatish tartibi – muzokaralardagi muvaffaqiyatning bosh omilidir”,- dedi Usoma Abu Zayd.
Uning qayd etishicha, Suriya muxolifati Damashq yaqinidagi Barad vodiysida sulh masalasini kun tartibiga chiqaradi. Ularning fikricha, bu hududdagi sulhni Eron nazoratidagi “Hizbolloh” jangarilari buzmoqda.
Uning fikricha, “bu shunchaki sulh tartibini buzish emas, balki hududni egallab olishga urinishdir”.
“Biz bu maʼlumotni kafolat bergan mamlakatlarga taqdim etdik va taʼsir oʻtkazishni talab qildik”, – deb qoʻshimcha qilgan muxolifat vakili.
Turkiston:
Kufr va Islomni birlashtirib boʻlmaydi. Har qanday qorishtirishning oqibati kufr boʻlib chiqaveradi. Xuddi halol suvga najosat aralashtirilgandan keyingi suvning hukmi singari.
Olamiy kufr sistemasi bilan hamkorlik qilish uning boshqaruv mexanizmiga rozi boʻlishni anglatadi. Endi oʻzlarini hali ham islomiy tashkilot, deb hisoblab kelayotgan bu amirlar kufrdan “hizbullohni” tiyib berishini, Asadga bir ogʻiz nasahat qilib qoʻyishlarini, oʻziga biroz qurol aslaha berib turishlarini iltimos qilish bilan kun koʻrishadi. Chunki ular kufr sistemasi karvoniga qoʻshilishdi. Undan ham yomoni, millionga yaqin bu islomiy jangarilar bilan birga borgan oddiy xalq vakillarini qatli omm qilgan guruhlar bilan shartnoma tuzishga rozi boʻlishdi! Endi bu Islom emas!