Jazoirdagi xalq harakati barchaga namunadir

566
0

Jazoirdagi xalq harakati barchaga namunadir

Shu kunlarda Jazoir xalqning norozilik harakatlariga hamda namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari oʻrtasida kelib chiqqan toʻqnashuvlarga guvoh boʻlmoqda. Toʻqnashuvlar oqibatida oʻnlab inson jarohat oldi. Namoyish asosan, Bejaya, Sidi Aysh, Bumerdes… va boshqa shaharlarda boʻlmoqda. Namoyishlar hukumatning yangi byudjetga binoan qabul qilgan qarorlari sababli kelib chiqdi. Qarorlarda esa maoshlarni muzlatib turish, Qoʻshimcha Qiymat Soligʻini oshirish aytilgan va oʻz navbatida, Qoʻshimcha Qiymat Soligʻini oshirish narx-navolarning – ayniqsa, asosiy ehtiyoj mollari narxining – oshib ketishiga olib kelgan. Hukumat qabul qilgan bu chora-tadbirlar nafaqat uning, balki butun davlatning bankrotligiga dalolat qiladi. Chunki bu hukumat, yurtning shuncha boylikka toʻlaligiga qaramay, xalqni boshqarishga ojizlik qildi. Bu esa uni xalqaro qarz, degan narsaga qayta-qayta murojaat qilishga majbur qildi. Bu dahshatli oqibatlari hech kimga sir boʻlmagan bir mustamlakachilik uslubidir. Masalan, odatda qarz olayotgan davlatlarga xalq ehtiyojlariga zid, shafqatsiz koʻrsatma va shartlar belgilanadi. Shu orqali ular mustamlakachi davlatlarga garovga aylanib qoladi. Buning ustiga, Jazoir shundoq ham siyosiy karaxtlik va turgʻunlik holatida qolgan. Sababi, “Buteflikadan keyin” yurtni “boshqarishga eng loyiq shaxs kim” boʻladi, degan narsa ustida kurash ketmoqda.

Butun yurt yuqori lavozimdagilar orasidagi, ayniqsa, xavfsizlik va armiya orasidagi ishdan olingan toʻdaning ehtimolli reaktsiyasidan xavotirlanib yashamoqda. Chunki bu toʻda – general Tavfiq kabi – nopok va shafqatsiz kimsalardan tarkib topgan.

Bularning barchasida davlat prezidentining majoziy emas, haqiqiy maʼnodagi karaxtligi ham bor. Chunki u konstitutsiya asosida juda keng salohiyatga ega boʻla turib, hozirda oʻziga yaqin kimsalar – asosan akasi Said Buteflika – boshqaruvi ostida mixlanib hibsda qolgan. Bu kimsalar prezident Buteflikaning kasalligi orqali vaqtdan yutib qolishga urinib, hokimiyat tizginini osongina oʻz qoʻllariga oʻtqazib olish uchun oʻz dushman va raqiblarini hukumatdan yoʻqotishga urinishyapti.

Bu Jazoirdek buyuk oʻlkaga noloyiq ayanchli va sharmandali holdir. Zero, AQSh har qancha qimmatga tushmasin, yurtni egallashga qattiq urinmoqda. Vaholanki, bu borada uning uslublari koʻp, masalan, mazhabparastlik, “terrorizm”, inqilob… kabi fitnalari bizga maʼlum va tajribamizdan oʻtgan.

Bularning hammasi sodir boʻlish arafasida turibdi. Chunki yurtdagi xalq haqli ravishda gʻazabga toʻlgan… Shuningdek, toʻqsoninchi yillardagi inqilob ortidan oʻzini repressiya ostidagi mazlum, deb his qilayotgan katta sondagi islomiy oqim ham mavjud…

Barcha xavf shundaki, ayni xalq harakatlari yoʻq qilinishi yoki jilovlab olib, yoʻnalishini oʻzgartirib yuborilishi yoxud oddiy nafasni rostlash harakatiga aylantirilishi va bu bilan krizis oʻz oʻrnida oʻzgarishsiz aylanaverishi… kutilmoqda.

Shuning uchun ushbu harakatlar Ummatning Islomiy loyihasi, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish loyihasi boʻyicha harakat qilmogʻi lozim. Jazoirga qattiq makr qilmoqchi boʻlib turgan ajnabiy davlatlarning bu harakatlarga burun suqishlariga ham, nufuzli kuchlarning aralashuviga ham yoʻl qoʻymaslik kerak. Zotan, yurtdagi bu nufuzli kuchlar jamoatchilikni chalgʻitadilar hamda odamlarning qurbonliklari oʻzlari bilan muxolif qanotlar oʻrtasidagi shunchaki toʻlov boʻlishini istaydilar.

Ideal yechim xolis niyatli zotlarning harakatga kelishlaridan va kech boʻlmasdan turib, Jazoirni yomon taqdirdan asrab qolishlaridan iborat. Bu taqdir yurtni xuddi Iroq, Yaman, Liviya, Shom, bugun navbatda turgan Turkiya kabi vayron etishdan iborat boʻlishi mumkin, bundan Allohning Oʻzi saqlasin.

Nahotki, hodisalarni quvib oʻtish va Jazoirni asrab qolish har qanday soxta oʻlchovlarga nisbatan eng toʻgʻri ish boʻlmasa?! Axir, bunday nozik tarixiy bir bosqichda bu bilan nafaqat oʻzimizni, balki butun Ummatni qutqaramizku?! Ummat esa bunga loyiq va u oʻzining geografiyasi bilan qudratlidir, bu borada unga gʻanimlariyu dushmanlari hasad qiladi. U oʻzining jangu kurashlari bilan qudratlidir va bunda unga teng keladigani yoʻq. Shuningdek, Ummat oʻzining ulugʻligi, izzati va buyukligi bilan qudratlidir va bu borada hamma shunday boʻlishni orzu qiladi. Ayniqsa, Ummat oʻzining Islomi bilan qudratlidir va bu bilan u faxrlanadi.

Ishqilib, bu safar Jazoir hukmdorlari odamlarni bostirishmasa, zulm qilishmasa, yana “terrorizm”, degan jirkanch oʻyinni boshlamasin! Oʻshanda oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillari hukmdorlar oʻynagan bu nopok oʻyin minglab insonning nobud boʻlishiga, yana oʻshanchasining nomaʼlum yoʻqolishiga, jarohatlanishiga olib kelgan… Albatta, buni sodir etganlar hamma narsani biluvchi-Alim va har ishdan xabardon-Xobir Allohning oldida birma-bir soʻralajaklar.

Ey nufuz egalari, ey haqiqiy buyuk janglardan arzimas oʻtkinchi janglarga chalgʻigan rahbarlar, ibratlaning va jurʼat qiling. Ushbu haqiqiy buyuk jang Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati orqali Islom Ummatini qutqarishdir. 781

Ustoz Rizo Bilhoj

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi aʼzosi

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.