بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Sizlarga yordam berishini aytayotganlar yolgʻon gapiryapti
Oʻz ahlini aldamaydigan yetakchi esa rost soʻzlamoqda… Qay biriga ergashasizlar?
Rossiya-Eron-Turkiya oʻrtasidagi uch tomonlama uchrashuvda “Moskva bayonoti” chiqarildi. Bayonot uchala davlat kelishgan bandlarni oʻz ichiga oladi. Undagi asosiy bandlar quyidagilardan iborat: Suriyadagi ustuvor masala rejimni agʻdarish emas, “terrorizm”ga qarshi kurash; oʻzlari Suriya krizisining yechimi deb hisoblagan ishlar qatoridan harbiy yechimni chiqarib tashlash; muxolafat bilan rejim oʻrtasidagi kelishuvga erishish uchun yangi muzokaralarni boshlash.
Bu uchrashuv Halab shahridagi sharqiy rayonlar aholisini va qoʻzgʻolonchilarini koʻchirish amaliyoti bilan bir vaqtda boʻldi. Ushbu amaliyotdan oldin ham muxolafat yetakchilari bilan Rossiya oʻrtasida Anqarada uchrashuvlar boʻlib oʻtgan edi. Bu esa uchrashuvlar boshlanganidayoq Halabni “topshirish” ishiga kirishilganiga dalolat qiladi. Hozir Anqara bilan muxolafat guruhlari oʻrtasida uchrashuvlar boʻlayotgani, ularda mazkur uch tomonlama uchrashuvdagi kelishuvlarni tartiblashtirib olinayotgani haqida gap-soʻzlar sizib chiqmoqda. Bu esa ichkarida qorishish boʻlayotganiga oid xabarlar toʻgʻri ekanidan darak beradi. Yaʼni bu xabarlardan ochiq koʻrinib turibdiki, guruhlarni ikkiga-moʻʼtadil va ekstremistga boʻlish amaliyoti ketmoqda. Siyosiy yechimga va fuqarolik davlatida gavdalanuvchi Gʻarb loyihasiga rozi boʻlgan guruh moʻʼtadil guruhga, rozi boʻlmaganlari esa ekstremist guruhga ajraladi.
Darhaqiqat, Halabni “topshirish”dan Gʻarbning yangi bir bosqichni boshlayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. Mana, Turkiyani oling. U Shomdagi musulmonlar qotillari safida turishi bilan asl basharasini fosh qildi. Ilgari yashirin boʻlgan narsa, endi bu bosqichda ochiq boʻlib qoldi. Gʻarb ayni bosqichni siyosiy yechimni amalga oshirish va buni Shom ahliga – ular bombardimon, vayronagarchilik, qirgʻin va qochqinga aylantirish kabi shuncha azob-uqubatlarni boshdan kechirganidan soʻng – zoʻrlab oʻtkazish bosqichi, deya baholamoqda. Gʻarb shuningdek bu bosqichni Shom qoʻzgʻoloni qulashining boshlanishi hamda Shom togʻuti va rejimiga bevosita tugʻilayotgan xavfni oldini olish bosqichi, deb oʻylamoqda. Biroq, bular kofirlarning oʻylari, xolos, qudratli va hikmatli Allohning izni ila, bu oʻylari oʻzlarini halok qiladi.
Siz Shom ahlining vazifangiz, Halabni “topshirish”ni qoʻzgʻolon nihoyasiga aylantirmaslikdir. Aksincha, siz buni haqiqatdan yangi bir bosqichga, lekin Alloh dushmanlari istagandek emas, Alloh Subhanahu va Taolo istagandek bosqichga aylantiring. Bu bosqichda biz kofir Gʻarb nufuzini yurtlarimizdan va qoʻzgʻolonimizdan chiqarib tashlab, qarorimizni oʻz qoʻlimizga olamiz. Bu bosqichda oʻzlarini qoʻllab-quvvatlovchimiz, deya daʼvo qilgan, ammo eng birinchilardan boʻlib yordamsiz qoldirgan davlatlarga boʻlgan qaramlik musibatlariga yakun yasaymiz. Bu bosqichni aniq maʼlum loyiha boʻlmish buyuk Islom loyihasini qabul qilish bosqichiga aylantiramiz, bu loyiha bilan jinoyatkor rejimni agʻdarib, oʻrniga Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etamiz.
Ey Islom diyori markazi boʻlmish Shomdagi musulmonlar!
Anqarada boshqarilayotgan bu uchrashuvlar, ulardan kelib chiqayotgan Halabni “topshirish” natijasi, ularda rejalashtirilayotgan “terrorizm”ga qarshi kurash va muzokaralarning boshlanishi, bularning barchasi shunga dalolat qilmoqdaki, qoʻzgʻolonni sotiladigan va sotadigan guruhlar qoʻzgʻoloniga emas, qayta Ummat qoʻzgʻoloniga aylantirish vaqti keldi. Xolis kishilarning oʻz rollariga ega boʻlish va oʻz soʻzlarini aytish payti keldi. Shom ahlining qoʻzgʻolon oʻz harakati davomida xolis ongli siyosiy yetakchilikni, yaʼni qoʻlida “la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh” aqidasidan balqib chiqqan tiniq siyosiy loyihasi bor yetakchilikni yoʻqotganini anglab yetishi vaqti keldi. Shubhasiz, bu sifatlar toʻla Hizb ut-Tahrirda mujassam. U siz Shom ahliga Alloh Subhanahuning Kitobi va Rosuli Aning Sunnatlaridan istinbot qilgan roshid Xalifalik loyihasini taqdim qilmoqda. Darhaqiqat, Hizb qoʻzgʻolon davomida oʻzining siyosiy ongini va yetaklashga qodirligini isbotladi, siyosat yoʻlaklarida toʻqilayotgan fitnalardan ogoh etishda peshqadam boʻldi. U ushbu muborak qoʻzgʻolon boshlangandan buyon siyosiy mablagʻ xavfi nima ekanini bayon qilib keldi. Shom qoʻzgʻoloniga doʻst ekanini daʼvo qiluvchi davlatlar juda xavfli rol oʻynashlaridan ogoh etishdan bir kun ham toʻxtamadi. Haqni baralla aytib, dushmanlar taklif etgan barcha kengqamrovli sulhlardan iborat barcha sulhlarga rozi boʻlmadi hamda muxolafat bilan rejim oʻrtasidagi har bir muzokarani rad etib keldi. Oʻz masalamizni dushmanlarimizga topshirish siyosiy jihatdan oʻz joniga qasd qilish ekanini bayon qildi. Mana shulardan soʻng xolis guruhlar va faollar oʻz yetakchiliklarini Hizb ut-Tahrirga bersalar toʻgʻri boʻlgan boʻlardi. Chunki bu narsa pokiza qonlar toʻkilishini oldini olish va Alloh yoʻlidan boshqa narsa yoʻlida behuda toʻkilmasligi uchun hamda qoʻzgʻolonni omonlik sohiliga eltib, uni qutqarib qolish uchun kerakdir. Alloh Azza va Jalla bunday dedi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ * وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ
“Ey moʻminlar, Alloh va Uning paygʻambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʻplanursizlar” [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrir Suriya viloyati
26 robiul-avval 1438h
25 dekabr 2016m