Baysalov: “Terroristlar”ning ota-onalari ham jazolanishi kerak
“Biz keskin chora-tadbirlarimiz bilan oʻz kelajagimizni saqlab qolishimiz kerak, “ekstremist va terrorist” deb topilgan fuqorolarimizning ota-onalari javobgarlikka tortilib jazolanishi kerak” dedi Qirgʻiziston ijtimoiy tarmoq vazirining sobiq oʻrin bosari Edil Baysalov.
Turkiston:
Edil Baysalovga Gʻarbning Qirgʻizistondagi omadsiz loihasi deb baho bersak haqiqatga yaqin boʻladi. U Qirgʻiziston siyosatida, oʻziga gʻarbparast kuchlar tomonidan yaratib berilayotgan barcha imkoniyatlarni qoʻldan boy berdi. Toʻgʻrirogʻi, uning siyosiy va insoniy mavqei undan umid qilingan darajada emas ekani isbotlandi.Baysalov yirik siyosat olamining odami emas. Buni u, 4 yanvar kuni “Azattыk” radiosiga bergan intervьyusida hamda 7 yanvar kuni “Tushunuk” telekoʻrsatuvi orqali, diniy arbob Oʻzbek hoji Chotonov bilan olib borgan bahs jarayonida yana bir bor isbotladi.
Baysalov Gʻarb dunyoqarashini va uning strotegik maqsadlarini Qirgʻiziston jamoiy muhitiga olib kirishga harakat olib boryapti. Eʼtibor berish muhim boʻlgan nuqta shuki, Gʻarb sistemasi Baysalovni vosita qilib, oʻzlarining ilmoniy eʼtiqodlariga zid tushunchalarni bizga tiqishtira boshladi. Yaʼni, bolasi uchun ota-onalarini va yaqinlarini javobgarlikka tortish masalasi, diniy mahbuslarga nisbatan jazo choralarni bir necha marotaba kuchaytirish kabi. Baysalov Qirgʻizistonda Islom va musulmonlarga qarshi nafrat va ulardan xavfsiraydigan vahimali muhit paydo qilishga harakat boshladi.
Vaziyatning xavfli va ahamiyatli joyi, Baysalovning pozitsiyasi uning Islom va musulmonlarga nisbatan oʻzining shaxsiy munosabati emasligidadir. Balki bu AQSh boshchiligidagi Gʻarb sistemasining mamlakatimizga nisbatan yangi strotegik loihasidir. Buni Turkiya tarafidan “reynadagi ommaviy qirgʻin amaliyotini Qirgʻiziston yoki Oʻzbekiston fuqorolaridan biri amalga oshirdi” deb eʼlon qilinishi, Turklarning Qirgʻiz fuqorosi boʻlgan Yahyo Mashrapovni samolyotdan tushirib tergov qilib qoʻyib yuborganidan keyin uni qotil deb eʼlon qilib yuborishi, buning ortidan Baysalovning yuqoridagi revolyutsion chiqishlari misolida koʻrish mumkin. Bularning hammasi Qirgʻizistonga qarshi Gʻarb sistemasining navbatdagi strotegik yangi zanjirsimon siyosiy loihasiga oʻxshab boryapti.
Bu loihaning xavfli tomoni shundaki, Gʻarb sistemasi ilgarigi idiologik hujumini endilikda harbiy va oʻta keskin munosabatlar bilan almashtirib bormoqda. Ular Qirgʻiziston hukumatiga avtoritarizm rejimini kuchaytirib berishni vaʼda qilib, evaziga hukumatni musulmonlarga qarshi yanada keskin munosabatlarga undamoqchi boʻlishyapti. Bu muomala loihasi Hofiz Asadga, soʻng uning oʻgʻli Bashar Asadga, Saddam Husayn va boshqa islomiy oʻlka yetakchilariga qarata yoʻnaltirilgan edi.
Yaʼni AQSh biror mintaqada keskinlik paydo qilishni ixtiyor qilsa, albatta bu keskinlikka qarshi quvvat paydo qilishni koʻzlayotgan boʻladi. Yaʼni u, shu mintaqada ikkiyuzlamachi siyosatini olib borib, har ikki frontga nisbatan teng ish koʻrib boraveradi. Suriya misolida koʻrganimizdek. Bir tomondan hukumatni musulmonlarga qarshi yoʻnaltirib borayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan mazlum boʻlib borayotganlar tomonni qurol yaroq va boshqa sharoitlar yaratib berish bilan qarshilik harakatlari sifatida shakillantirib boradi. Suriya, Ukraina, Horvatiya, Iroq, Misr, Afgʻoniston va hokazo davlatlar bunga misol boʻla oladi.
Nima uchun AQSh Qirgʻizistonga qarshi mafkuraviy kurashni oʻzgartirib boryapti?
Bu ham xalqaro siyosatga aloqador. Yaʼni Rossiyaning xarqaro siyosatdagi vazni tubanlashib borayotganiga bogʻliqdir. AQSh Rossiyaga Asad rejimini himoya qilib berish vazifasini yukladi. Demak AQSh Rossiyadan xavotirda emas. Rossiya AQSh uchun olamiy yetakchilikni talashayotgan yoki talashishi mumkin boʻlgan yirik “derjava” ham emas. Lekin shunga qaramay, AQSh Rossiyaning Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi manfaatlarini biroz cheklab qoʻymoqchiga oʻxshaydi. Yaʼni AQSh Qirgʻizistondagi tinch muhitni, yana “IShID” vahimasi bilan biroz notinchlikka qarab layqalashtirishni maqsad qilyapti. Bu iflos rejalari amalga oshib, Qirgʻiz hukumati ular yoʻnaltirgan tomonga qarab yura boshlasa, mamlakatda notinchlik yoki shunga oʻxshagan holat yuzaga keladi. AQShning maqsadi ham shu, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oʻzaro maslahatlashib, Xitoy va Rossiya boshchiligida yurgizishga harakat qilishayotgan “ipak yoʻli” loihasining oldiga toʻsiq qoʻyish. Yaʼni bu – avvaldan AQShning “bojxona ittifoqi” tashkilotiga qarshi taklif qilgan alternativ loihasi edi. Lekin “bojxona ittifoqi” deyarli inqirozga uchradi.
Demak, AQSh Gʻarb sistemasi vositasida Rossiyaga qarshi olib borayotgan eng kuchli quroli boʻlgan mafkuraviy asoslardan voz kechishiga sabab, Rossiyani AQShga qarshi raqobat qilishga yaramay qolganida ekan. Gʻarb, kufr sistemasi oʻzining haqiqiy basharasini Baysalov vositasida ocha boshladi. AQShning olamiy sistemasi rossiyaparast kuchlarni ham pisand qilmayapti. Uning maqsadi Oʻrta Osiyoni Rossiya vositasida boshqarib borish edi. Lekin Shomdagi urushlarning bu qadar choʻzilib ketishi olamiy kufr sistemasini tashvishga solib qoʻyapti. Shuning uchun AQSh prezidentlikka Trampni olib keldi. Demak AQSh Tramp timsolida ish olib boradi. Yaʼni yuzsizlarcha harakat boshlaydi. Suriyaga qarab qolgan olamiy matbuot sistemasini chalgʻitib, yaʼni boshqa mintaqalarga burib yuborish uchun yana bir necha mamlakatlarga urush urugʻi sepila boshlanyapti. Shulardan biri Qirgʻiziston!!!
Qirgʻiziston hukumati Baysalovni xoin sifatida mamlakatdan chiqarib yuborsa, Gʻarbning iflos loihasidan tasirlangan boshqa siyosatchilar uchun dars boʻlar edi. Chunki AQShning oʻzi bosh boʻlib xalqaro sistemasining asoslaridan voz kechib borayotgan bir paytda, Qirgʻiziston oʻz xavfsizligi uchun Gʻarb sistemasini uloqtirib yuborishi ham mumkin. Oʻzbek hojining gaplari juda toʻgʻri, tashqi kuchlar bizning yurtimizda qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirishlari mumkin. Baysalov singari intrigachi populist siyosatchilar tashqi kuchlarning shu qoʻporuv ishlariga zamin tayorlab berishyapti. Baysalovchilarning missiyasi “bu amaliyotlarni musulmonlar amalga oshirdi” deb bizni ishontira oladigan muhitni tayorlab berish. Shuning uchun ularning bu iflos loihalarini toʻxtatishning yagona yoʻli, hali amalga oshirishlaridan ilgari ularning bu buzuq niyatlarini fosh qilib, unga ishonadigan qalbaki Baysalovchilardan jamiyatimizni tozalab olishimiz kerak. Shunda ularning qoʻporuv amaliyotdan kutishayotgan boʻhton qilish asosiga qurilgan gʻarazli harakatlari maqsadsiz boʻlib qoladi. Ular oʻzlari loihalashtirib borayotgan dahshatli amaliyotlarini, qachonki biz fuqorolarni ishontira olganliklariga qanoat hosil qilishsagina amalda ijro eta boshlashadi. Shuning uchun ularni toʻxtatib qolishning yagona yoʻli haqiqatni anglab yetish, Oʻzbek hoji singari jurʼat qilib, siyosiy islomiy ong bilan vaziyatga toʻgʻri baho bera olishdir. Chunki kufr olamda olib borayotgan barcha qoʻporuv amaliyotlari, faqat musulmonlarni yoki xalqni “shu ishlarda Islom va musulmonlar aybdor” deb ishontirib olish uchungina olib boriladi. Haqiqiy maqsadlari esa, undan keyin namoyon boʻladi.