Men ushbu daʼvatning bir boʻlagi ekanimdan faxrlanaman

806
0

Men ushbu daʼvatning bir boʻlagi ekanimdan faxrlanaman

Rossiya xavfsizlik xizmatlari axborot vositalari nazarini jalb qilmagan holda, Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biriga “hokimiyatni kuch bilan olishga urinish” ayblovini qoʻydi. Moskva shahar sudi 1986 yil tugʻilgan tojikistonlik Munirjon Boboyev ismli yigitni 9 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu – toʻrt nafar yigitga ayni ish boʻyicha ayblov qoʻyilishi ortidan boʻldi.

Ayni ayblov boʻyicha hukm oʻqilgan Imonov, Rahmonxoʻjayev, Qurbonov, Ismoilovlarga dalillar yoʻq boʻlishiga qaramay, ochiq soxta ayblov qoʻyilganligi uchun ularning ismlari “Memorial” inson huquqlarini himoya qilish markazidagi siyosiy mahbuslar roʻyxatida qayd etildi. Biroq bularning birortasi xavfsizlik xizmatlarini tashvishlantirgani yoʻq, aksincha, oʻz xizmatlari roʻyxatiga yana bir mahkum – Munirxon Boboyevni ham qoʻshishdi.

Shuni aytish lozimki, ushbu musulmon birodarlarning rejimni agʻdarishga boʻlgan urinishiga yigitlar toʻplangan joydagi yozib olingan ayrim soʻzlashuvlarni va videotasvirlarni, shuningdek, 2012 yil avgust oyida “Salyut” mehmonxonasida oʻtkazilgan islomiy konferentsiya videolavhasini dalil sifatida keltirildi.

Ayni ayblovga dalil sifatida keltirilgan ushbu materiallardan ayblanganlarning suhbat vaqtlari, Islom, uning tarixi va tatbiq etilishi toʻgʻrisida qanday suhbatlashganlari, ammo konstitutsion tuzumni agʻdarish toʻgʻrisida bir ogʻiz ham soʻz aytmaganlari ochiq koʻrinib turibdi. Yaʼni bu videodagi yozuvlar Ummat muammolari va uni hal etish yoʻllari haqida mubohasa qilinganiga dalolat qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini quvgʻin qilish boshdanoq yolgʻonga asoslangan. Chunki oliy sud 2003 yili qonunga xilof ravishda Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritdi.

Bundan tashqari, Munirxonni yana bir ayblov kutmoqda va bu 205.5 moddaning birinchi qismi, yaʼni “terrorchi tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish” ayblovi boʻlib, unga umrbod jazo beriladi. Shunday qilib, Munirxonni ayni “jinoyat”ning oʻzi bilan ikki marta hukm qilishmoqchi. Bunday zulm Munirxonga zarracha taʼsir qilmadi. U Islom asosiga qurilgan pozitsiyasini oʻzgartirgani yoʻq. Buni sudda soʻnggi soʻz berilgan payt aytgan uning quyidagi soʻzlari tasdiqlab turibdi:

“Bismillahir Rohmanir Rohim. Rahmon va Rohimning sherigi yoʻq va barchamiz hisob kuni Uning huzuriga borajakmiz. Men Munirxon ibn Abdulloh Islom aqidasiga asoslangan Hizb ut-Tahrir fikrlari va eʼtiqodlarini qabul qilgan bir musulmonman. Men ushbu daʼvatning bir boʻlagiga aylanganimdan faxrlanaman. Alloh menga shu fursatni berganidan juda xursand holda shuni ayta olamanki, menga qoʻyilgan ayblovlar yolgʻon, men rejimni agʻdarishga yoki Rossiyadek ortodoksalь bir davlatda hokimiyatni olishga urinish kabi ayni ayblovlarni soxta, deb hisoblayman!!! Bunga ishonadigan birorta inson bor deb bilmayman. Menda aybsizligimni isbotlovchi guvohlarim yoʻq. Vaholanki, aslida, guvohlarni menga shu ayblovlarni qoʻyganlar keltirishlari kerak. Biroq menga Allohning Oʻzi guvoh va U guvohlikka yetarlidir. Men Uning Oʻzidan yordam soʻrayman, U tez ijobat qiluvchi, yaqinda oʻrtamizda hukm qilajak zot”.781

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot boʻlimi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.