Bu hujumlarning buyurtmachilari mustamlakachi davlatlardir
Istanbuldagi “Reyna” tungi klubida yangi yil bayramini nishonlayotganlarga qarata uyushtirilgan va 39 kishining halok boʻlishi, 69 kishining jarohat olishiga sabab boʻlgan qurolli hujumga nisbatan har tarafdan tanqidlar yogʻila boshladi. Ushbu hujumni qattiq tanqid qilganlardan biri jahon ulamolar uyushmasining rahbari doktor Yusuf al-Qarzovidir.
“Istanbul Ortakoʻyda sodir etilgan terror hujumlarini qattiq qoralayman. Turkiyaning xavfsizligi butun islom dunyosining xavfsizligi demakdir. Turkiyani yoʻq qilish istagida boʻlgan kuchlar tinimsiz hujum uyushtirmoqda. Turk xalqi birlashib, ularga qarshi turmogʻi lozim”, deydi Yusuf al-Qarzovi oʻzining Twitter sahifasi orqali bildirgan tanqidida.
Turkiya diyonat ishlari vaziri Mehmet Koʻrmaz ham tungi klubga uyushtirilgan hujumni tanqid qilar ekan, bu hujum ibodat xonaga uyushtirilgan hujum bilan bir xil ekanligini taʼkidladi. “Bu bir vaxshiylikdir. Bozorlarda yoki ibodat qilinadigan yerlarda uyushtirilgan gʻayriinsoniy qirgʻin bilan oʻyin-kulgu va koʻngil ochar yerlarda uyushtirilgani qirgʻin oʻrtasida hech qanday farq yoʻq”, dedi Koʻrmaz.
Bu hodisadan qaygʻuga botganligini bildirgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa “Terrorizmga qarshi kurashib, barham bermas ekanmiz, virus kabi barchani mubtalo qiladi” deya izoh berdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdugʻon mazkur hodisa haqida bayonot berar ekan, Turkiya oʻz fuqarolarining xavfsizligini va tinchligini taʼminlash uchun har qanday ishni qilishga tayyor ekanligini alohida taʼkidladi. Prezidentga koʻra, yurt tinchligiga qaratilgan tahdidlar va hujumlarni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlashda Turkiyaning qarori qatʼiydir.
Hizb ut-Tahrir nafaqat Turkiyada, balki barcha islomiy diyorlarda sodir etilayotgan qonli hujumlar ortida AQSh va gʻarbdagi davlatlari turganligini avval boshdan takrorlab keladi. Hizb ut-Tahrirga koʻra, bunday terror hujumlarining haqiqiy buyurtmachilari, mustamlakachi kofir davlatlar ekaniga aslo shubha yoʻq.
“Shubhasiz, terroristik hujumlarning asl buyurtmachilari mustamlakachi kofir davlatlardir. Siz boʻlsangiz, oʻshalar bilan doʻst tutinib, ittifoqchilik qilyapsiz. Bas, ulardan hisob soʻramoq vaqti keldi. Bu ish armiya va siz hukmdorlar zimmangizda. Mudom mustamlakachilar bilan doʻst ekansiz, ayni muammolarni hargiz hal eta olmaysiz. Atrofga boqing, koʻrmayapsizmi, mustamlakachi AQSh sizni asta-sekin Eron bilan bogʻlab olyapti. Avvalda Iroqqa hukmron boʻldi, endi boʻlsa Suriyaga. Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan Demokratik Ittifoq partiyasini qoʻllab-quvvatlayotganlar, ularni sizning koʻz oʻngingizda qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlayotganlar aynan shu amerikalik mustamlakachilardir”, deyiladi Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi tarafidan chiqarilgan bayonotlarning birida.