Yevropa Ittifoqi taʼlim dasturini rivojlantirish uchun 10 million yevro ajratdi

850
0

Yevropa Ittifoqi taʼlim dasturini rivojlantirish uchun 10 million yevro ajratdi

Qirgʻiziston moliya vazirirligi matbuot kotibi Gulmira Tugolbayevaning xabar qilishicha, Yevropa Ittifoqi ajratgan mablagʻ taʼlim sifatini yaxshilash, maktablarga oʻquv qurollari va uskunalar sotib olishga sarflanadi. Xabarga koʻra, mablagʻ taʼlim va fan vazirligiga grant sifatida taqdim qilingan.

Turkiston:

Maʼlumki mustamlakachi davlatlar oʻzlaricha nomlab olgan “uchunchi olam davlatlariga” ajratadigan mablagʻlar asosan qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, obodonlashtirish, suv taʼminotini yaxshilash va taʼlim sohalariga sarflash uchungina qarz berishadi. Mustamlakachi davlatlar hech qachon rivojlanib kelayotgan yoki uchunchi olam davlatlariga ogʻir sanoat, harbiy sanoat yoki mashinasozlikni rivojlantirish uchun mablagʻ ajiratmaydi. Chunki bu sohalar ulkan daromad keltiruvchi manba boʻlib, bu sohaga sarflangan har qancha mablagʻ hech qancha vaqt oʻtmay oʻzini oqlaydi va sarflanginadn koʻra bir necha bor koʻproq foyda keltiradi. Yetakchi davlatlar uchun esa oʻz taʼsiri ostidagi davlatlar harbiy yoki ogʻir sanoatiga ega boʻlishidan hech qanday manfaat yoʻq. Qolaversa shu davlatlar manfaatiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ham mustamlaka ostidagi davlatlarda ogʻir sanoatni rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tuzilgan xalqaro qonun va meʼyorlar bilan bu davlatlarni nazorat qilib keladi.

Yetakchi davlatlar tomonidan qarzga pul ajiratiladigan qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va boshqa sohalarga esa qancha mablagʻ sarflanishidan qatʼiy nazar oʻzini oqlamaydi. Aksincha davlatlarni faqat qarz botqogʻiga botirish uchungina xizmat qiladi. Mustamlakachi davlatlar ajratadigan qarz yoki grantlardan eng xatarlisi taʼlim sohasiga ajratilgan mablagʻdir. Chunki, bu davlatlar taʼlim sohasiga qarz ajratar ekan, qarz olayotgan davlatdan taʼlim dasturini qanday tuzish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga qaysi fandan qanday saboq berish yoʻl-yoʻriqlarini ham tuzib beradi. Hatto bu sohaning ikr-chikirigacha kirishib, oʻquvchilar qanday kiyinishi kerakligigacha aralashadi.

Iqtisodiy zaif, davlat byudjeti tashqaridan olinadigan qarzga suyanib qolgan davlatning esa bu narsa qiziqtirmaydi. Buning natijasida esa barcha ishlarini sof moddiy manfaat ustiga barpo etadigan va beradigan taʼlimida ham shu jihatni ustun qoʻyadigan Gʻarb saqofati kasofatidan ota va farzand, aka va uka oʻrtasidagi mehr oqibat koʻtarilib ketadi. Yetimxonalar va qariyalar uyi esa yaqinlari voz kechgan bolalar va qariyalar bilan toʻlib ketadi. Bularning barchasi faqatgina shu dunyoda yaxshi yashab qolish tushunchasi asosida shakillashtirilgan taʼlim dasturining natijasidir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.