Turkiya Suriya masalasida Rossiya va Eronning pozitsiyasini qabul qildi

489
0

Turkiya Suriya masalasida Rossiya va Eronning pozitsiyasini qabul qildi

Rossiya poytaxti Moskvada Turkiya-Rossiya-Eron davlatlarining tashqi ishlar vazirlari tarafidan Suriya masalasi muhokama qilindi. Uch taraflama muhokamadan soʻng qoʻshma deklaratsiyani eʼlon qilindi. Shunday qilib, Turkiya ham Suriya masalasida Rossiya va Eron yurgan yoʻldan yuradigan boʻldi.

Suriya masalasiga burnini tiqqan davlatlar ochiqchasiga AQShning rejasi boʻyicha ish tutsalarda, ammo Turkiya doimo oʻzining bu holatini yashirishga urinib kelayotgan edi. Turk hukumati AQSh va koalitsiya kuchlari bilan har sohada hamkorlik qilishiga qaramay, shu vaqtgacha goʻyo oʻzini Suriya xalqi va inqilobchilar tarafdori qilib koʻrsatib keldi.

Biroq, Moskvada boʻlib oʻtgan soʻngi uchrashuvda Turkiya oʻzining shu vaqtgacha daʼvo qilib kelgan siyosatidan rasman voz kechdi. Suriya xalqining qotillari bilan kelishib, qoʻshma deklaratsiyaga imzo chekdi va Asad rejimining Suriya oʻtish davriga rahbarlik qilishiga rozilik bildirdi.

Eron respublikasi, Rossiya federatsiyasi va Turkiya jumhuriyati tashqi ishlar vazirlari 2016 yil 20 dekabr kuni Moskva shahrida uchrashib, quyidagi moddalar ustida kelishib oldilar.

1- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya arab respublikasining koʻp millatli, koʻp dinli, mazhabparast boʻlmagan demokratik va ilmoniy davlat tushunchasiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligi va birligiga nisbatan hurmatlarini yana bir bor izhor qiladilar.

2- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya muammosi uchun harbiy yechim yoʻqligiga qanoat hosil qildilar. Tomonlar qochqinlar boʻyicha BMT oliy komissiyasining 2254 sonli qaroriga muvofiq, bu masalani yechimida koʻrsatgan muhim rolni tan oladilar. Vazirlar “Xalqaro Suriyani qoʻllab-quvvatlash guruhi”ning qarorlarini ham hisobga oladilar. Ushbu hujjatda koʻrsatilgan moddalarni amalga oshirish yoʻlidagi toʻsiqlarni olib tashlash uchun xalqaro hamjamiyatning barcha aʼzolarini yaxshi niyat bilan hamkorlik qilishlarini talab qiladilar.

3- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari sharqiy Halabda tinch aholining ixtiyoriy ravishda evakuatsiya qilinishini va qurolli muxolifatning tartibli shaklda u yerdan chiqishlariga ruxsat berilishiga nisbatan mushtarak harakatlarni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Vazirlar ayniqsa, Fua, Kefreyy, Zebadani va Madayadan tinch aholining qisman evakuatsiya qilinishini ham maʼqullaydi. Tomonlar bu jarayonning uzluksiz va xavfsiz tarzda yakunlanishini taʼminlash uchun masʼuldirlar. Vazirlar evakuatsiyani amalga oshirishda yordam koʻrsatganligi uchun Qizil Xoch va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillariga tashakkur bildiradi.

4- Vazirlar otashkesim, toʻsiqsiz gumanitar yordam va tinch aholining mamlakat boʻylab erkin harakatini rivojlantirish muhimligi xususida kelishib oldilar.

5- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya hukumati bilan muxolifat oʻrtasida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan muzokaralar shartlarini yengillashtirishga va bunga kafil boʻlishga tayyor ekanligini bildirdilar. Buni amalga oshirish uchun boshqa mamlakatlarni vaziyatga taʼsir oʻtkazishga chaqirishdi.

6- Ushbu shartnoma BMT xavfsizlik kengashining 2254 sonli qaroriga muvofiq Suriyadagi siyosiy jarayonni davom ettirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadigan bir vosita boʻlishiga qattiq ishonmoqdalar.

7- Vazirlar Qozogʻiston prezidentining Ostonadagi uchrashuvlarga mezbonlik qilish haqidagi nozik taklifini belgilab oʻtishdi.

8- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari IShID va al-Nusraga qarshi mushtarak kurash olib borish va qurolli muxolif guruhlardan voz kechish borasida qarorlari qatʼiy ekanliklarini takrorlashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.