Eron prezidenti rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keladi

832
0

Eron prezidenti rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keladi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 22 dekabr, payshanba kuni rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keladi.

Eron prezidenti bunga qadar Armaniston va Qozogʻistonda boʻldi.

Eronning Qirgʻizistondagi elchixonasiga koʻra, Ruhoniy prezident Almazbek Atambayev bilan uchrashadi. Tomonlar oʻzaro hamkorlik istiqbollarini muhokama etadi va mintaqaviy hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Bu Eron prezidenti Ruhoniyning Qirgʻizistonga uyushtirayotgan ikkinchi safari boʻlib, bundan oldin u 2013 yilning sentyabr oyida Bishkek shahrida oʻtkazilgan ShHTning sammitida ishtirok etish uchun kelgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.