Tramp shtabi Obamadan Rossiyaning kiberxujumlari yuzasidan isbot talab qildi
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama endilikda mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari vaqtida Rossiya tomonidan kiberxujumlar amalga oshirilgani yuzasidan dalil keltirishiga yoki bu “tomosha”ni yakunlashiga toʻgʻri keladi. Bu haqdagi fikrni AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning oʻtish vaqtidagi shtabi rahbariyati aʼzolari – Rayns Pribes va Kellienn Konuey bildirishdi.
Pribes ayni vaqtda AQSh Respublikachilar partiyasi Milliy qoʻmitasi raisi hisoblanib, 20 yanvarda boʻlib oʻtadigan Trampning qasamyod marosimidan soʻng u Oq uy devoni rahbari lavozimini egallaydi. Trampning saylov shtabiga rahbarlik qilgan Konuey esa maslahatchi lavozimiga kirishgan.
Pribes va Konuey AQSh hukumatidan ketayotgan demokratik partiya vakillarini goʻyoki Rossiya saylovlar vaqtida kiberxujumlarni amalga oshirgan deya saylovning qonuniy oʻtganini shubha ostida qoldirishga urunishda ayblashmoqda. Ushbu maqsadda demokratlar nazoratidagi hukumat kiberxujumlar mavzusini koʻtarayotgani, bu oʻyinlarning faol tashkilotchilari amalda saylov natijalarini noqonuniyga chiqarishga urunayotgani haqida Fox News telekanaliga Pribes maʼlum qilgan.
U shuningdek, Trampning kiberxujumlar mavzusida matbuotda bir-biriga zid boʻlgan koʻplab maqolalarga ishonmasligini taʼkidlagan. “Bularni barchasini AQSh razvedka xizmatidan eshitsak yaxshi boʻlar edi. Agar razvedka xizmatlarida mazkur mavzudagi yakuniy yagona fikr boʻlsa, ular bu haqda doklad tayyorlashlari yoki telekamera qarshisida turib oʻz pozitsiyalarini bildirishlariga toʻgʻri keladi”, – deya qoʻshimcha qilgan Pribes.
Trampning fikricha, amerikaning razvedka organlari kiberxujumlar yuzasidan fikrlarida kim, nima, qayerda va bularning barchasi qanday sodir boʻlgani haqida ochiq va oshkora ayta olmagan. Shuning uchun maxsus xizmatlar ushbu masala yuzasidan qachon bir fikrga kelgandagina Trampdan bu haqdagi fikrini bilish mumkin boʻlar ekan.