Prezident Atambayev Hindistonga uchib ketdi

467
0

Prezident Atambayev Hindistonga uchib ketdi

Prezident apparatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev 18 dekabr kuni ish safari bilan Hindistonga joʻnab ketdi. Ish safari doirasida Atambayev Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji, vitse-prezident Muhammad Hamid Ansori, bosh vazir Narenda Modi bilan uchrashadi va qirgʻiz-hind biznes forumida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Atambayevning safar davomida bir qator ikkitomonlama hujjutlarga qoʻl qoʻyiladi.

Hindistondan qaytib kelganidan soʻng Almazbek Atambayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning navbatdan norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Shu bilan birga Atambayev yanvar oyining boshida Xitoyga ham safar qilishi belgilangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.