Halablik iffatli qizning maktubi

537
0

Halablik iffatli qizning maktubi

Halablik iffatli muslimalardan biri Islom ummatining ulamolariga hamda Islom oʻlkalarining yetakchilariga maktub yoʻlladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan va Ummatning yetakchilariga, turli sharʼiy guruhlarga, ummatning aqidaviy gʻamlari bilan dardlanayotganligini daʼvo qilayotgan kishilarga qaratilgan maktubda halablik muslima qiz shunday yozadi:

“Men yaqinda dushman bosib olishi kutilayotgan Halab shahrining qizlaridan biriman. Bu yerda oʻzlarini vatan jangchilari deb ataydigan vahshiylardan bizlarni himoya qiladigan qurol-yaroq ham, erkaklar ham qolmadi. Sizlardan hech narsa istamayman, hatto duo ham istamayman. Hanuz gapirishga toqatim yetar ekan, oʻylaymanki, mening duoyim sizlarning gap-soʻzlaringizdan afzalroqdir. Sizdan yagona istagim shuki, men oʻlganimdan soʻng oʻzlaringizni Allohning oʻrniga qoʻyib, men boradigan joy haqida fatvo chiqarishga urinmang.

Men birozdan soʻng oʻz jonimga qasd qilaman! Sizning men haqimda “jahannamga ketdi” deyishingizning men uchun zarracha eʼtibori yoʻq. Men oʻz jonimga qasd qilaman! Chunki men endi otamning uyida ortiq qola olmayman. Otam ortida qoldirib ketayotganlar haqida qaygʻurib vafot etgan edi.

Men boshqa narsa uchun emas, faqat bir necha razil-pastkashlar tanamdan lazzat olmasligi uchun oʻz jonimga qasd qilaman. Ular shu vaqtgacha Halabning nomini ham tilga olishga jurʼat qila olishmas edi.

Men oʻz jonimga qasd qilaman! Chunki Halabda qiyomat qoim boshlandi. Bundan koʻra yomonroq jahannam boʻlmasa kerak deb oʻylayman.

Men oʻz jonimga qasd qilaman! Shuni bilamanki, siz mening jahannamga ravona boʻlganligim haqida fatvo chiqarishni boshlaysiz. Sizlarni birlashtirgan yagona narsa bir qizning oʻz joniga qasd qilishidir. U sizning onangiz emas, qizingiz ham emas, ayolingiz ham emas, siz uchun unchalik muhim boʻlmagan bir qiz xolos.

Soʻzimning oxirida shuni aytmoqchimanki, siz chiqargan fatvo men uchun xuddi hayotim kabi zarracha qadr-qiymati yoʻq. Siz bu fatvongizni oʻzingiz va oilangiz uchun saqlab qoʻying.

Men oʻz jonimga qasd qilaman! Siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, bilingki men bularning barchasiga qaramay, pokiza holda hayotdan koʻz yumgan boʻlaman.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.