Oʻzbekiston: Abdulla Aripov nomzodi bosh vazirlikka koʻrsatildi

872
0

Oʻzbekiston: Abdulla Aripov nomzodi bosh vazirlikka koʻrsatildi

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi 12 dekabrь kuni boʻlib oʻtgan majlisda prezidentga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Majlisda Abdulla Aripovning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun masʼuliyatni toʻla zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha boʻlgan barcha boʻgʻinlardagi ijro organlarini boshqarishda yetarli tajriba va salohiyatga ega boʻlgan fidoyi inson ekani taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, 55 yoshli Abdulla Aripov 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning oʻzida 2005−2009 yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

2012 yil kuzida Bosh prokuratura unga qarshi “Oʻzdunrobita” (MTS-Oʻzbekiston) ehtiyoji uchun qoʻshimcha retranslyatorlar oʻrnatishga noqonuniy ruxsat bergan deya jinoyat ishi ochgandi. Tergov nima bilan tugagani nomaʼlum. Aripov 2012 yil 22 avgust kuni axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari kompleksi rahbari lavozimidan boʻshatilgan, uning nomi esa hukumat saytidan yoʻq qilingan. Biroq 12 dekabrga oʻtar tunda Feysbukda paydo boʻlgan Aripovning sahifasidagi tarjimai holda aytilishicha, u 2012 yil avgustidan boshlab bosh vazir oʻrinbosari, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari kompleksi rahbari lavozimida ishlagan

Islom Karimov oʻlganidan ikki hafta oʻtib Mirziyoyev Aripovni yana hukumatga qaytarib, ilgari egallab kelgan lavozimiga qayta tiklagan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.