Atambayev nomaʼlum muddatga mehnat taʼtiliga chiqdi

825
0

Atambayev nomaʼlum muddatga mehnat taʼtiliga chiqdi

Prezident maʼmuriyatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev 5 dekabr kuni mehnat taʼtiliga chiqdi.

“Interfaks”ning yozishicha, maʼmuriyat prezident qancha muddat taʼtilda boʻlishiga oydinlik kiritmagan.

Atambayev 1 dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mamlakatni 2040-yilga qadar taraqqiy ettiruvchi yangi strategiya ustida ishlash uchun yaqin vaqt ichida taʼtil olishini maʼlum qilgan edi.

Maʼlumki, Qirgʻiziston prezidentining bundan oldingi taʼtili sentyabr oyida, koʻkrak qismida paydo boʻlgan ogʻriq sabab boʻlib oʻtgan edi.

Turkiston:

Qirgʻiziston siyosiy inqiroz ostonasida turgan bunday paytda prezident oʻz tarafdorlarini jang maydonida qoldirib tashlab chiqib ketibdi. Qirgʻiz elitasi va siyosatchilarining bir necha boʻlakka boʻlinib, bir birlariga dushman boʻlishlarining asosiy nuqtasi referendum edi. Uning qay darajada oʻtishi yetakchi guruhning taqdiriy masalasi boʻlib turibdi.

Prezidentning shu vaqtda taʼtil olishi umidsizlik va xavf xatarning sezilarli darajada ekaniga dalolat qiladi. Uning ortidagi guruh esa, unchalik quvvatga va obroʻy eʼtiborga ega emas. Demak, ular bosh qoʻmondonlariga boʻlgan oxirgi umidlaridan ham voz kecha boshlashadi. Bu holat siyosiy boʻshliqni kengaytirib boraveradi. Siyosatchilar qoʻllaridagi saltanatga ishona olmay qolishdi. Hammasi yangi kelayotgan yetakchi guruhni izlamoqda. Topganlari hozircha maxfiy boʻlsa ham, ular bilan hamkorlik qilish yoʻllarini izlay boshlashdi.

Yetakchi guruhning jinoyatlari ichida qolib ketgan bir toifa siyosatchilar esa, borarga joyi yoʻq. Ular oxirigacha turishga harakat qilishadi. Lekin ularning koʻp qismi qochish yoʻlaklarini qidira boshladi. Maxfiy ravishda albatta.

Bulardan tashqari, Madumarov singari (oʻlimtikxoʻr) siyosatchilardan iborat yana bir guruh bor. Bular ham, oʻzlariga oʻxshash toifalarini qidirib topib, siyosiy boʻshliqni toʻldirishga harakatini kuchaytirishyapti. Ular millatchi va shimolda tan olinmaganligi sababli janubparast kuchlar yigʻindisi boʻlib, populistik chiqishlar qila boshlashdi. Maqsadlaridan biri, vaziyatning ketuviga qarab Qirgʻizistonni ikkiga boʻlib yuborishni rejalashtirishi mumkin boʻlgan tashqi kuchlarga oʻzlarini taklif qilish yoki jamiyatda shu fikrni paydo qilish orqali ichki siyosiy guruhlarni xavfga solib, oʻzlari bilan hisoblashishga majbur qilishdir. (Oʻz vaqtida Mels Mirzaakmatov xuddi shu yoʻnalish bilan Oʻsh shahrini manapoliya qilib, hukumatni bir qancha yillar oʻzi bilan hisoblashishga majbur qilgan edi.)

Haqiqiy muxolif kuchlar ham bir necha yoʻnalishlar boʻylab ish olib borishga harakat qilishyapti. Ular ham hozircha AQSh yoki Rossiya tarafidan aniq bir taklifni imzolashga jurʼat qilishgani yoʻq. Lekin kutishyapti. Jiyanbekov, Baysalov singari bir qatorlari siyosatchilar oʻzlarini AQShparast ekanliklarini yashirishayotgani yoʻq. Lekin ularning taʼsir quvvatlari hozircha unchalik kuchli emas. Chunki ular Gʻarbparast kuchlarning hokimiyatga faqat rangli inqilob yoʻli bilan kela olishlari mumkin ekanini anglab yetishyapti.

Rossiya Atambayevni toʻpalonsiz hokimiyatni konstruktiv muxolif kuchlarga oʻtkazib berishini talab qilyapti. Chunki ruslarga Atambayevning shaxsini keragi yoʻq. Ularga Qirgʻizistondagi barcha tarmoqlarda turgan manfaatlarining xavfsizligi kerak. Rangli inqilob esa, uning deyarli barcha manfaatlariga xavf soladi. Avvalambor strotegik jihatidan.

Lekin, Atambayev kechiktirib yubordi. U vaziyatni oʻzim oʻnglay olaman deb, Ruslarni ham kechiktirdi. Hozirgi holatda tinchgina biror rusparast yetakchiga hokimiyatni oʻtkazib berish deyarli mumkin emas. Faqat muxolif quvvatlarning biriga oʻtkazib bera oladi. Shuning uchun ruslar endi muxolif kuchlar bilan til biriktirish harakatlarini kuchaytirishadi. Madumarov va deyarli boshqa barcha siyosatchilar ham xuddi shuni, yaʼni oʻzlarini bozorga solish orqali, xalqaro eʼtiborga ega boʻlgan uchinchi kuchlardan boʻlgan xaridor kutishyapti. Mana shu holatni siyosiy inqiroz holati deyiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.