Rossiya Atambayevning soʻzlariga javob qaytardi

855
0

Rossiya Atambayevning soʻzlariga javob qaytardi

Maʼlumki, Almazbek Atambayev 1 dekabr kuni boʻlib oʻtgan yil yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumanida Rossiya harbiy bazasi toʻgʻrisida savolga javob berar ekan baza Qirgʻiziston hududidan kelishuv muddati yakuniga yetgach “chiqib ketishi kerak” ekanligini maʼlum qilgan edi.

“Albatta, bu kimgadir yoqmasligi mumkin. Biroq Rossiya prezidenti barchasini toʻgʻri tushundi. Meni Atambayev amerika bazasini chiqarib yubordi, ammo Rossiyanikini qoldirdi, deb koʻp tanqid qilishmoqda. Ammo Rossiya bilan kelishuv imzolangan. 2016 yilda amaldagi muddat yakunlanadi, shundan soʻng baza yana 49 yilga qolishi va 25 yilga choʻzdirilishi kerak edi. Lekin biz faqatgina 15 yil qoldirdik”,- degan edi Atambayev.

Kutilganidek, rus hukumati Almazbek Atambayevning bu bayonotiga tezda javob qaytarib, agar baza chiqariladigan boʻlsa, Qirgʻiziston terrorizm bilan yolgʻiz kurashishiga toʻgʻri kelishini eslatib qoʻyishdi.

“Agarda Atambayevga bazaning keragi boʻlmasa, demak u (Atambayev) terrorizm bilan yolgʻiz kurashishga tayyor ekanda, toliblar yaqin yerda yurishipti. Biroq shoshilib yechim chiqarmay turaylik, ehtimol oxirida ular fikrlarini oʻzgartirishlar”,- dedi xalqaro ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Vladimir Jabarov.

Jabarovning bu bayonoti koʻproq eslatishdan koʻra ogohlantirshga oʻxshab, agar Atambayev Rossiya chizib bergan chiziqdan chetga chiqadigan boʻlsa, mamlakatni Rossiya tomonidan uyushtirilishi mumkin boʻlgan qoʻporuvchilik amaliyotlari qamrab olishini uqtirib qoʻymoqchi boʻldi. Maʼlumki, Rossiyani bunday “qoʻporuvchilik amaliyotlarni” uyushtirishda ulkan tajribasi bor.

Bundan tashqari, Atambayev olib borayotgan siyosat Rossiyani qanoatlantirmay qoʻygan koʻrinadi. Qirgʻiziston hukumati kundan-kunga zaiflashib boryapti. Muxolifat esa aksincha kuchayib, hatto atambayevchi partiya hisoblangan QSDP safida ham boʻlinishlar paydo boʻlmoqda. Putinga esa uchinchi rangli inqilobni keragi yoʻq.

Shu sababli ham Atambayev matbuot anjumanida “Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikkinchi muddatga qolishni soʻragani”ni aytgan boʻlsada, aslida Putin undan tinchgina va ortiqcha shov-shuvlarsiz ketishni talab qilgan boʻlishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.