IIV oʻz adashishida davom etmoqda

809
0

IIV oʻz adashishida davom etmoqda

Poytaxt militsiyasining xabar qilishicha, Bishkek shahrida besh dona qoʻlbola portlovchi moslama ekstremist bilan qoʻlga olingan.

Xabarga koʻra, MXDQ va militsiya xodimlari 29 noyabr kuni tezkor-qidiruv amaliyoti doirasida Jalolobod viloyatida tugʻilgan 31 yoshli fuqaroning xonadonida tintuv oʻtkazishgan. Maʼlum qilinishicha, bu shaxs mamlakatda taqiqlangan diniy ekstremistik tashkilotning faol aʼzosi boʻlgan.

Tintuv chogʻida uning uyidan zarur qismlar bilan taʼminlangan, zarar yetkazuvchi jismlar bilan toʻldirilgan, detanatorsiz besh dona qoʻlbola portlovchi moslama topilgan. Shuningdek, elektron qurilma va diniy-ekstremistik tashkilotning kitoblari qoʻlga kiritilgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, qoʻlga olingan shaxsning onasi va akasi ekstremistik faoliyati uchun avvalroq qamoqqa olingan va jazo muddatini oʻtashmoqda.

Turkiston:

Soʻnggi vaqtlarda Qirgʻiziston kuch organlari islomiy jamoalarni, xususan Hizb ut-Tahrirni yomon otliq qilish, islomiy jamoalar bilan Ummat oʻrtasida boʻlinish paydo qilishga boʻlgan harakatlarini kuchaytirib borishmoqda. Oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida ochiqchasiga nayrang ishlatish, tuhmat va boʻhton qilish yoʻliga oʻtib olishdi.

Kuch organlari kuni kecha oʻtkazgan navbatdagi tintuv tadbirida ham qoʻlbola portlovchi moslamalar bilan birga ekstremistik mazmundagi kitoblar topilganini iddao qilib, topilgan narsalar orasiga Hizb ut-Tahrirnining kitobini tiqishtirib qoʻyishipti. Televidenya orqali koʻrsatilgan lavhada esa 2009 yilda chop qilingan “Al- Vaʼy” jurnalini katta planda namoyish qilindi.

Maʼlumki, oʻtgan haftada IIV Oʻsh shahrida tugʻilgan ayolni “IShID” safiga qoʻshilish maqsadida uchib ketayotgan vaqtda qoʻlga olingani, uning yonidan “IShID” tashkilotiga targʻib qiluvchi bir qancha materiallar va ramzlar topilgani, shuningdek, ayolnining oʻzi esa Hizb ut-Tahrir aʼzosi ekanligi haqida hech uyalmay xabar tarqatgan boʻlsa, undan oldinroq MXDQ Hizb ut-Tahrir oʻz uslubini oʻzgartirganini iddao qilib chiqqan edi. Ularning maqsadlari qadnay qilib boʻlsa ham, Hizbni qurolli harakatlar bilan bir safda qilib koʻrsatishdan iborat.

Hukumat Hizb ut-Tahrirga qarshi siyosiy kurash boshladi. Ammo bu kurashda oʻzining mabdaiy va fikriy jihatdan zaif ekanligini bilganligi sababli kurashni boʻhton va tuhmat asosiga qurmoqda. Ammo ularning olib borayotgan ishlari yopishmagan yamoq kabi boʻlib chiqmoqda. Ular hatto tuhmat va boʻhton qilishda ham oʻzlarini naqadar uquvsiz va nodon ekanliklarini namoyish qilishmoqda. OAV esa yomon otliq qilish kampaniyasiga qoʻshilish bilan ularning gunohlariga sherik boʻlishmoqda.

Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb boʻlib uning mabdasi Islomdir. Hizb oʻz fikrati boʻyicha Ummat bilan birga va u orqali Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni tiklab islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib bormoqda. Hizb oʻz gʻoyasiga yetish uchun Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tariqatini tutadi. U odamlarga fikriy yetakchilik qiladi va Ummat manfaatlarini Islom asosida tabanniy qiladi, hokimlarni oʻzgartirish uchun siyosiy va fikriy kurash olib boradi. Hizb ut-Tahrir 60 yildan beri islomiy olamning koʻplab davlatlarida faoliyat yurgizib kelmoqda. U faqat haq soʻzni aytadi, yolgʻonlarni rad etadi, boʻlmagʻur xomxayollarni ishonchli tarzda yoʻq qiladi. Hizb Allohga daʼvat qiladi, bunda moddiy kuch qoʻllashga oʻtmaydi. Shuning uchun Hizbning hech qanday qurolli qanoti yoʻq va buning aksini isbotlaydigan hech qanday hodisa ham yoʻq.

Inkor etib boʻlmas dalillar mavjud boʻlishiga qaramay rasmiy hukumat Rossiya koʻrsatmasi va yoʻl-yoʻrigʻi ostida Hizb ut-Tahrirga qarshi uni yomon otliq qilish kurashlarini davom ettirmoqda. Biz ularning bu harakatlariga javoban aytadigan soʻzimiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning:

“Uyalmasang xohlagan ishingni qilaver” – degan hadisi shariflaridir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.