Tojikistonda ommaviy ravishda fuqarolarning barmoq izlari olinmoqda

501
0

Tojikistonda ommaviy ravishda fuqarolarning barmoq izlari olinmoqda

“Tojikiston IIV tomonidan barmoq izlarini roʻyxatga olish jarayoni koʻngilli hisoblanadi. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzmaydi”, – degan Tojikiston parlamenti quyi palatasi mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi rahbari, yuridik fanlari doktori Joʻraxon Majidzoda “AP” nashriga bergan intervьyusida.

Uning ishonch bildirishicha, mazkur choralar huquq-tartibot idoralarining tergov boʻlimlariga, jinoyatlarni fosh etish, jumladan jasadlar shaxsini tanish, bedarak yoʻqolganlarni aniqlash, jinoyatlarga aloqador kishilarni topishda yordam beradi.

“AQSh vizasini olayotgan kishilarning ham barmoq izlari olinadi, ammo hech kim fuqarolar huquqi poymol qilinayotgani haqida soʻz yuritmaydi-ku, axir”, – deb taʼkidlagan deputat.

Uning fikricha, bugungi kunda dunyo xalqaro terrorizmning jiddiy qarshiligiga duch kelayotgan ekan, barmoq izlari olish amaliyoti aslida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini saqlashga qaratilgan.

Hozirda, ushbu amaliyot respublikaning Hisor, Roʻdakiy va Vahdat tumanlarida oʻtkazilmoqda. Bunda fuqarolar 4 somoniy toʻlashi kerak boʻladi, barmoq izi olingani haqida maʼlumotnoma olish uchun bir somoniyning bahridan oʻtish talab etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.