Nazarboyev: “IShID”ning Suriya va Iroqdan “siqib chiqarilishi” Markaziy Osiyoga xavf soladi

499
0

Nazarboyev: “IShID”ning Suriya va Iroqdan “siqib chiqarilishi” Markaziy Osiyoga xavf soladi

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev “IShID” jangarilarining Suriya va Iroqdan faol ravishda siqib chiqarilishi ortidan Markaziy Osiyo davlatlari tinchligini yoʻqotishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda tengrinews.kz nashri xabar bermoqda.

“Agar hozir butun koalitsiya Iroq va Suriyada faol ishlasa, “IShID” siqib chiqarilsa, qayerga siqib chiqariladi? Afgʻoniston tomonga. Unda bular mintaqamizning janubiy sarhadlariga kelishi mumkin. Afgʻoniston bilan Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston chegaradosh. Agar jangarilar janubdan qoʻshnilarimizga bosim oʻtkazsa, unda bizda ham tinch boʻlmaydi”,- dedi Nazarboyev Bloomberg axborot agentligiga bergan intervьyusida.

Nazarboyev terrorchilik muammosi nafaqat Qozogʻiston, balki butun sayyora uchun dolzarbligini aytdi.

“Keling tushunchalarni aniqlashtirib olamiz. Qurʼonda musulmonlar kimnidir oʻldirishi kerak degan bittayam harf yoʻq: u yerda bir odamni oʻldirish butun insoniyatni oʻldirishga barobar deyilgan. Turli millat va toifadagi terrorchilar ularda qayerdandir paydo boʻlgan pullarga barchani oʻz safiga jalb qilgan. Nafaqat sobiq ittifoq, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ozarboyjondan, balki Yevropadan ham IShIDda odamlar jang qilmoqda, Amerika va Angliyadan jang qilmoqda”,- deb qoʻshimcha qildi Qozogʻiston prezidenti.

Nazarboyev “Islom va terrorchilik, qoʻporuvchilik – bu turli narsalar” ekanini taʼkidlab oʻtdi.

“Butun dunyoda buni adashtirishadi, biroq 1,5 mlrd musulmonni bunga bogʻlash yaramaydi. Birinchidan, noxolis va notoʻgʻri, bu madaniyatlarni nasroniylar-musulmonlar chizigʻida toʻqnashtirishga olib borishdir. Bu haqda emas, balki musulmonlarning oʻzi kurashayotgan terrorchilar haqida gapirish kerak”,- deb taʼkidlab oʻtdi Nazarboyev.

Nazarboyevning aytishicha, terrorchilik xavfi bilan “birlashgan holdagina kurashish mumkin”.

Turkiston:

Nafaqat Nazarbayev, balki butun Oʻrta Osiyodagi davlat rahbarlari shu vahimani koʻtarishyapti. Yaʼni, Shomdagi mujohid guruhlar siquvga olinsa, ular (mujohidlar) oʻz yurtlariga qaytib kelishga majbur boʻlishadi. Chunki, bu fuqorolar rasman qaralganda jinoyatchilar emas. Ular Turkiyaga ish qidirish, sayohat yoki boshqa sabab bilan safar qilishgan. Rasman Suriyaga borgan taqdirda ham, bu qonun bilan taʼqiqlangan emas. Demak, Nazarbayev hukumati qonunga asoslanib, bu mujohid deb gumon qilishayotgan fuqorolarini yurtga kiritmay qoʻyishi mumkin emas. Shuning uchun Nazarbayev mujohid deb gumon qilingan shaxslarga nisbatan jamoatchilikni qarshi qoʻymoqchi boʻlayapti. Buning uchun hatto Quronni tafsir qilib yuboray depti.

Aslida unday emas. Biz, 80 yillar oxirlarida Afgʻonistondan hatto ruhan nosogʻlom boʻlib qaytgan 100 minglagan fuqorolarimiz bilan birga yashab, ularni yana osoyishta hayotga qaytara olganmiz. Vaholangki Afgʻoniston urushida ularga giyohvand moddalar beraverib, ularni jamiyatimiz uchun xavfli shaxslarga aylantirib yuborishgan edi. Afgʻonchilar deb, ularga hozirgi kungacha xuddi qahramonlardek maxsus maoshlar berib turiladi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, ular minglagan begunoh musulmonlarni oʻldirib yuborishgan ekan.

Suriyaga ketib qolgan fuqorolarimiz esa, unchalik koʻp emas. Ularning koʻp qismini ayollar va yosh bolalar tashkil qiladi. Biz ularning fikr va pozitsiyalarini yoqlamagan taqdirimizda ham, ularning tuygʻularini hurmat qilishimiz kerak. Chunki ularning bir qismi eʼtiqodan, “Musulmonlarga yordam berishim vojib”, deb joʻnab ketdi. Yana bir qismi, “Islomiy diyorga hijrat qilayapman”, deb oʻyladi. Lekin ularning har biri oʻz yurtida islomiy halovat topa olmaganidan joʻnab ketdi. Demak muammoning markazi yurtlarimizdagi islomiy muhitga va uni ushlab kelayotgan musulmonlarga boʻlgan taʼziyqning oʻta kuchayib ketayotganiga borib taqaladi.

Kufr olami Turkiyaga bosim oʻtkazib, bir paytlar Suriya uchun keng yoʻlak (korridor) ochib berdi. Keyinroq oʻziga qulay vaziyatni poylab turib, aksincha bu yoʻlakka qarshi kurasha boshladi. Endi esa, Shomdagi mujohidlarni har tomonidan oʻrab olib, “Xohlasam, yana korridor ochib Mujohidlarni oʻz yurtlariga qaytarib yuborishim mumkin, xohlasam qirib yuboraman”, deb, Qozogʻistonni qoʻrqityapti.

Endi, Nazarbayev kabilar yana navbatdagi xatolarini amalga oshirish payiga turishibdi. Ular yana islomiy muhitni taʼziyqqa olib, musulmonlarni siquvga olish ishlarini kuchaytirishmoqchi. Shuning uchun bu prezidantlar IShIDni bahona qilib, boshlamoqchi boʻlayotgan taʼziyqlariga Qurʼondan yolgʻon dalillar keltirishyapti. Haqiqiy quvvat egasi boʻlgan 1.5 milliard musulmonga tilyogʻlamachilik qilib, ularning ichidan ajratib olishgan bir guruh musulmonlarni roʻykach qilish bilan oʻzlari uchun noqulay boʻlgan musulmonlarni jamiyatdan chetlatishmoqchi. Bular kufrning advokatlari boʻlib qolishdi. Yaʼni, kufrning barcha xatolari uchun faqat musulmonlarni aybdor qilishadi. Aybdor qilishga kufr qonunlari yetishmagan paytda, hatto sharʼiy nususlardan ham foydalanishmoqchi boʻlishyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.