Moskva va Sankt-Peterburgni portlatmoqchi boʻlgan guruh qoʻlga olindi
“RIA Novosti” axborot agentligini xabar qilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida jamoat joylarida teraktlarni amalga oshirmoqchi boʻlgan xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini toʻxtatib qolishga muvaffaq boʻldi.
“12 noyabr kuni oʻtkazilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari natijasida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida 10 nafar terrorchilar qoʻlga olindi”,- deyiladi xabarda.
Nashrga koʻra, jinoiy guruh Markaziy Osiyo fuqarolaridan iborat boʻlib, operatsiya Tojikiston va Qirgʻiziston maxsus xizmatlari, shuningdek, Rossiya IIV bilan hamkorlikda olib borilgan.
Xabar qilinishicha, “terrorchilar avtomatik qurollar va kuchli taʼsirga ega mustaqil harakatga keluvchi portlovchi qurilmalardan foydalangan holda terakt uyushtirmoqchi boʻlishgan”.
Oʻtkazilgan operatsiya vaqtida terrorchilardan toʻrtta mustaqil harakatga keluvchi bomba, oʻt ochish qurollari, oʻq-dorilar va aloqa vositalari qoʻlga kiritilgan.
Qoʻlga olinganlarning koʻrsatma berishicha, ular Yaqin Sharqda “IShID” tashkilotining rahbarlari koʻrsatmasiga muvofiq ana shunday ishga qoʻl urishgan.
Turkiston:
Rossiya bu bilan Oʻrta Osiyodagi nufuzini yanada kuchaytirib olmoqchi. Ruslarda mafkuraviy quvvat yoʻq. Shuning uchun rus hukumati bizlarning hududga kuch organ xizmatlari vositasida kirib kelib, zaif hokimiyatimiz bilan hamkorlikda mamlakatlarimizning ichki ishlariga yanada koʻproq aralashishga erishmoqchi boʻlyapti.
Gʻarb sistemasi esa aksincha, ichki ishlarimizga aralashish uchun aynan demokratik qadriyatlardan iborat mafkura kuchidan foydalanib keladi.
Rossiya ishga kirishar ekan, avvalambor oʻzining ichki ishlariga biz tomondagi xavfsizlik xizmatlarini aralashtirish bilan boshlayapti. Yana u har tomondan toʻplangan, yaʼni bir necha Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yigʻilgan uyushgan jinoyatchilarni qoʻlga olganligini daʼvo qilmoqda. Bu bizning havfsizlik kuchlarimiz va mamlakat tizimi uchun yangi tuzoq boʻlib, Rossiya oʻzi uchun mintaqada xavfsizlik sistemasini yaratib olmoqchi. Yaʼni u, Markaziy Osiyo mamlakatlarining ichki siyosatini oʻz qoʻlida ushlab qolish uchun sunʼiy xavfsizlik xavotirlarini paydo qilish orqali ODKB yoki ShOS miqyosida xavfsizlik va hamkorlik ishlarini kuchaytirib olmoqchi. Balki yangi shartnomalar tuzib, tashkilot aʼzolari bir birlarining ichki ishlariga aralashishilariga imkon beradigan yangi hujjatlar imzolanishiga tayorgarlik koʻrilayotgandir. Ilgari ODKB aʼzolari tashqi dushmanlardan tahdid boʻlganida harbiy aralashishga kelishib olishgan edi.
Rossiya Oʻrta Osiyo mintaqasidagi taʼsir quvvatini saqlab qolishi uchun Qirgʻiziston oʻta xavfli strotegik ahamiyat kasb etadi. Chunki Qirgʻiziston toboro AQShning saqofiy mustamlakasiga aylanib borayapti. Bunga sabab, Gʻarb sistemasining bor kuchi bilan mamlakatda mafkuraviy taʼsirini kengaytirib borayotganidir. Oʻz navbatida Rossiya mintaqadagi saqofiy va siyosiy taʼsirini ham yoʻqotib bormoqda. Rus havfsizlik xizmati Qirgʻiz kuch organlari orqali vaziyatni oʻz manfaati tomon tortib olishga harakat qila boshlashga urinayotgan koʻrinadi.
Avvalroq Rassiya Qirgʻiz kuch tizimi vositasida bir qancha qoʻporuv amaliyotlari va terror harakatlari stsenariylari bilan davom etgan operatsiyalar uyushtirishgan edi. Lekin Qirgʻiz maxsus xizmatlarining tajribasizliklari va Qirgʻiziston fuqorolarining islomiy va siyosiy ong darajalari yuqorilab borayotgani sababli oʻnlagan insonlar oʻlimiga sabab boʻlgan bu amaliyotlar ular kutgan natijalarni bermadi.
Tarixdan bilamizki, Rossiya oʻzi uchun bunaqangi xavfli vaziyat paydo boʻla boshlagan paytda, mintaqalarda Andijon voqeʼasi yoki Oʻsh hodisasi singari fitna amallarini amalga oshirib yuborar edi. Hozir Markaziy Osiyo mitaqasida yana Rossiya mafkuraviy kurashda yengilib, bu yurtlardagi oʻzining saqofiy va siyosiy mustamlaka taʼsirini yoʻqotib boryapti…..