Atambayev hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi

487
0

Atambayev hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi

Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Almazbek Atambayev 11 noyabr kuni respublika vazirlar mahkamasini tayinlash haqidagi farmonini imzoladi.

Xabarda aytilishicha, prezident farmoni imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.

26 oktyabr kuni Atambayev hukumatni isteʼfoga chiqarish haqidagi farmonini imzolagandi. 3 noyabrь kuni esa Qirgʻiziston sotsial-demokratik partiyasi, “Bir boʻl” va “Qirgʻiziston” partiyalari yagona parlament koalitsiyasini tashkil etishga kelishdi. Yaqin bir necha kun ichida koalitsion kelishuvni imzolagan partiyalar yangi hukumat strukturasini shakllantiradi.

Qirgʻiziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, shuningdek, bosh vazir oʻrinbosarlari va vazirlarning deyarli barchasi oʻz lavozimini saqlab qoldi. Bosh vazir oʻrinbosari Gulьmira Kudayberdiyeva Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri etib tayinlandi, uning oʻrnini esa “Qirgʻiziston” partiyasi deputati Cholpon Sultanbekova egalladi. Qirgʻiziston ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev oʻrnini Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi aksilkorruptsion xizmatining sobiq rahbari Ulan Isroilov egalladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.