AQSh elchixonasi Tojikistonda teraktlar yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

516
0

AQSh elchixonasi Tojikistonda teraktlar yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

AQShning Tojikistondagi elchixonasi qoʻshma shtatlar oʻz fuqarolarini mazkur respublikada terrorchilik hujumlari ehtimolidan ogohlantirdi.

“AQShning Dushanbedagi elchixonasi terrorchilar guruhi odamlar gavjum joylarda yoki Afgʻoniston bilan chegara uchastkalarida hujum uyushtirish mumkinligi haqida axborot oldi. Bu Tojikiston hududida terrorchilik hujumi boʻlishi haqidagi soʻnggi maʼlumotdir”,- deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona AQSh fuqarolariga gavjum joylardan chetda boʻlish, jamoat transportiga chiqmaslikni hamda lager va Togʻli Badaxshon viloyatiga sayohatga bormaslikni tavsiya qilgan.

Ilgariroq Afgʻonistonning shimoliy tumanlari politsiyasi boshligʻi tarafidan Tolibon “jangari”lari Tojikiston va Oʻzbekiston hududiga sezdirmasdan kirib olishlari uchun Qunduz viloyatiga hujumni kuchaytirishgani bildirilgan edi.

Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining chegara xizmati boʻyicha boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, shu yilning yanvaridan sentyabrь oyigacha Afgʻoniston bilan chegara hududida 22ta toʻqnashuv sodir boʻlgan va bu toʻqnashuvlarda 12 nafar afgʻonistonlik giyohvand moddalar tashuvchilar yoʻq qilinib, 15 nafari qoʻlga olingan..

buot xizmati yo boshqa davlat xavfsizlik xizmatlari shunga oʻxshagan bir maʼlumotni tarqatsa bormi…, hatto asosli va faktlar bilan boʻlgan taqdirda ham, ularni yoʻq qilib yuboradi.

Turkiston:

Bu ham AQShning matbuot orqali olib boradigan siyosiy nayranglaridan biridir.

Qirgʻizistonda oʻtgan sentyabr oyida, “Oktyabrda yirik qoʻporuv amaliyotlar amalga oshiriladi” deb matbuot hujumi uyushtirgan edi. Oʻshanda ham, goʻyoki mamlakatdagi AQSh fuqorolarini ogohlantirayotgandek boʻlib, aslida butun Qirgʻiziston fuqorolariga vahimali xabarlarni eʼlon qilish orqali xalqni parokanda holatga keltirishga harakat qilgan edi.

Tojikiston ham xuddi Qirgʻiziston singari, AQShning noqonuniy agitatsiya va propoganda ishlariga qarshi hech qanday chora koʻra olmaydi. Aksincha, davlat rahbarlari ham AQShning bu asossiz maʼlumotlariga tayanib, musulmonlarga qarshi olib borayotgan repressiv harakatlarini yanada kuchaytirishadi. Hatto ular AQShga qarata “Bu maʼlumotlaringga biror bir asoslaring bormi, nega bu maʼlumotlarni avval bizning maxsus xavfsizlik xizmatlar bilan muhokama qilib, soʻng bamaslahat ish koʻrmayapsizlar” deb ayta olishmaydi ham.

AQShda biror shaxs yoki mat

Tojikiston xavfsizlik xizmati va tojik hukumati bu vahimali xabarlar ortida kim turganini va ular aytishayotgan qoʻporuv amaliyotlarini oʻzlari tayyorlab borishayotganini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular bu yetakchi davlatlarni rozi qilish yoʻllarini qidirishadi. Shu yoʻlni topib, ularning manfaatlarini himoya qilib berishsa, AQSh ogohlantirayotgan qoʻporuv amaliyotlari toʻxtab turishi yoki biroz ortga surilib turilishi mumkin boʻladi. Bu yirik davlatlarni kichik va holsiz davlatlarga nisbatan odatiy muomilasi boʻlib, dunyo qonun qoidalarining hammasi, ular uchun bizni ustimizda zoʻrovonlik va xalqaro qonunni uzurpatsiya qilish asosiga qurilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.