Halab jangi: AQSh vayron qilish bilan erisholmagan narsasiga tahdid qilish bilan erisha olarmikin?!

692
0

Halab jangi: AQSh vayron qilish bilan erisholmagan narsasiga tahdid qilish bilan erisha olarmikin?!

Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil abu Roshtaning 2016 yil 20 oktyabrdagi savolga javobida kelganidek Putin, Merkel va Olland oʻrtasidagi uch tomonlama uchrashuvdan oldin Rossiyaning Halabni bombalashni vaqtincha toʻxtatishdan maqsadi oʻzi bilan Yevropa oʻrtasidagi taranglikni yumshatish hamda oʻzaro uchrashuv oʻtkazilishiga qulaylik yaratish boʻldi. Biroq uchrashuvdan oldin Rossiya pozitsiyasi va Amerikaga xizmat sifatida oʻynayotgan roli Yevropa bosimlari taʼsiriga tushib qolmadi. Shuningdek, Merkel va Olland Putinga taʼsir oʻtkazishga urinishganiga qaramay bu uchrashuvdan keyin Putinning pozitsiyasi ularning taʼsiriga tushmadi. Masalan, Oʻrta Sharq gazetasida bunday deyildi: “Berlindagi uchlik sammitida boʻlib oʻtgan ishlarni kuzatgan Yevropa manbalariga koʻra, Putin oʻz pozitsiyasida qatʼiy qolib aslo yon bermadi. “Keskin” oʻtgan bahs-munozaradan soʻng rus rahbari – faqat sof insoniy maqsad uchun – sulh mudatini uzaytirish masalasini koʻrib chiqishga rozi boʻldi, ammo “vaʼda bermadi”. Hatto Putin – Grozniy ham terrorchilar nazorati ostida boʻlganiga ishora qilib, Halabni Checheniston poytaxti Grozniyga oʻxshatishi bilan Olland va Merkelni hayratga soldi. U “Halabda ham Grozniyda qoʻllagan ishimizni qoʻllaymiz”, dedi, yaʼni bu bilan vaziyatni bartaraf etish uchun mutlaq kuch ishlatamiz, dedi. Bundan yevropalik ikkala masʼul Putinning Halab jangini bartaraf etishda qatʼiy ekanini tushundilar”. (Oʻrta Sharq 2016 yil 21 oktyabr).

Rossiyaning Halabga nisbatan pozitsiyasi Amerika pozitsiyasi bilan oynadagi aksdek bir xil. Zero, Amerika ham Halab shahrida jinoyatkor Asad rejimini oʻrnatishni istamoqda. Chunki Halab Suriyaning Damashqdan keyingi ikkinchi poytaxti hisoblanadi va u Suriyaning iqtisodiy poytaxti deya nomlanadi. Shuningdek, AQSh qoʻzgʻolonni cheklash, holdan toydirish, har tomondan oʻrab olib, soʻng unga barham berish uchun Suriyadagi yirik shaharlarga qonxoʻr rejim nufuzini oʻrnatmoqchi. Rossiyaning Suriyadagi amaliyotlari oqimidan uning AQSh bilan kelishib olgani koʻrinib turibdi. Kelishuv boʻyicha, Rossiya muayyan belgilangan vazifalar bilan shugʻullanadi va bu bilan AQSh talabini bajargan boʻladi, bu vazifalarning eng muhimi Halabdir…

Biroq Halab Putin takabburligini ham, uning ortida turgan AQSh takabburligini ham sindirdi va eng yirtqich turdagi bombardimonlar oldida sabot bilan turib berdi, shuncha qatli om, qamal va ochlikka qaramay, ularga tiz choʻkmadi, boʻysunmadi… Bombardimonlar, vayron etishlar shunday dahshatli darajaga yetdiki, Rossiyaga tanqidlar eshigi ochilib, urush jinoyatlarini, qatli om jinoyatlarini sodir etdi, degan ayblovlar ostida qoldi… Bu Rossiyani, ayniqsa, Amerika uni hodisalar peshtoqiga chiqarib qoʻygani uchun, boshi berk koʻchaga tiqib qoʻydi!

Amerikaning Rossiya qoʻli bilan Halabni oʻz nazorati ostiga olish uchun qoʻllayotgan uslubi Rossiyaning boshi berk koʻchaga kirib qolishi bilan oʻzgardi. Yaʼni bombardimon koʻlamini oshirishga, hayot kechirib boʻlmaydigan ahvolga olib kelish uchun shahar infrastrukturasini vayron etishga va soʻng sulh eʼlon qilib, Halab ahlining shahardan chiqib ketishlari uchun yoʻlaklarni ochib berishga toʻgʻri keldi. Chunki Amerika qatli om va vayronalar qilish bilan Halab ahli irodasini sindirmoqchi, soʻng qochishga yoʻlaklarni ochib berish bilan bu irodalarini sinab koʻrmoqchi. Ammo hozirgi lahzalarga qadar bunda omadi chopmadi, na qurolli guruhlarda omadi keldi, na Halab ahlida… Bu esa ayni mustamlakachi davlatlar gʻazabini battar oshirdi, gʻarazlarini battar kuchaytirdi. Shuning uchun istaklarni sindirish amaliyotida qanchalik omadlari chopmagani sari, Rossiya shunchalik bombardimonni kuchaytirmoqda!

Rossiyaning Yevropa uchlik uchrashuvi arafasida eʼlon qilgan sulhi ham ayni reja doirasida boʻldi. Masalan, Rossiya Federal xavfsizlik va mudofaa kengashi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Frants Klintsevich “insonparvarlik sulhidan maqsad, fuqarolarning jang maydonidan chiqib ketishlariga yoʻl ochib berish hamda qurolli jangarilarning shaharni tark etishlari uchun soʻnggi imkoniyatdir”, dedi. Soʻng “sulh muddati tugagach, shaharni jangarilardan tozalash amaliyoti boshlanadi, oʻshanda Rossiyaga shahar aholisini eʼtiborga olmadi, degan ayblovni qoʻyish qiyin boʻladi”, deya qoʻshimcha qildi. (Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi 2016 yil 23 oktyabr). Sulh eʼloniga qoʻshimcha, Rossiyada yagona sanalgan “Admiral Kuznetsov” uchoq tashuvchi kemasining Suriya qirgʻoqlari tomon yoʻl olgani haqidagi xabar tarqatildi. Britan axborot vositalarida, Oʻrta Yer dengizi sari yoʻl olgan “Admiral Kuznetsov” uchoq tashuvchi kemasi yetakchiligidagi bir guruh rus kreyserlari Shotlandiya qirgʻoqlariga yaqinlashib qolgani toʻgʻrisida xabar tarqatdi. Norvegiya televideniyesi Tinch okeanining Norvegiya janubiy sharqidagi xalqaro suvlarda 21 oktyabrga qadar mashq oʻtkazishi kutilayotgan rus harbiy kemalari darhol janubga yoʻl oldi… degan xabarni tarqatdi. Oʻtgan oyda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Admiral Kuznetsov” nomidagi kreyserning Oʻrta Yer dengizining sharqiy qismida faoliyat olib borayotgan rus dengiz kuchlari guruhiga qoʻshilishini maʼlum qildi. (Rusiyal Yavm 2016 yil 20 oktyabr).

Bularning barchasi Halab ahliga qilinayotgan tahdid va bosimlar. Amerika bilan Rossiya Halab aholisining darhol Halabdan chiqishga harakat qiladi, deb oʻylashdi. Ammo oʻz koʻzlari bilan oʻlimni koʻrib-bilib, sinovdan oʻtkazib, tiz choʻkmagan kishilarning tahdid bilan qoʻrqitib boʻlmasligidan Amerika ham, Rossiya ham butunlay gʻaflatda!

Shu yerda bir narsani taʼkidlash lozimki, Suriyada Amerikaga xizmat qilish orqali xalqaro rolga ega boʻlaman, qudratli davlat sifatida namoyon boʻlaman, deb oʻylagan Rossiya oʻziga oʻzi ziyon qildi. Bunga asosan ikki narsa sabab boʻldi:

Birinchi sabab: Rossiya bu koʻchaga qadam qoʻyish bilan dunyoda birinchi davlat boʻlgan AQSh foydasiga xizmat qildi. U bu xizmatni Amerika meni Suriya masalasida oʻziga sherik qiladi, degan umidda qildi. Biroq Amerika bunday qilish oʻrniga, Rossiyaga oʻzining tobelariga qiladigan muomalasini qildi. Bunga dalil-guvohlar talaygina. Masalan, AQShning Rossiya bilan muvofiqlashuvga ochiqdan-ochiq rozi boʻlmasligi, qirgʻin sodir etish gunohini uning zimmasiga yuklashi, oʻzi esa uni qoralovchilarga ochiq qoʻshilib olishi… va boshqalar.

Ikkinchi sabab: Shom ahlining Rossiya qirgʻin mashinasiga sabot bilan dosh bera olgani hamda Rossiyaning Suriyada amaliyot boshlaganiga toʻla bir yil boʻlganiga qaramay, hanuz Asad rejimining gʻalabasini amalga oshirib berolmayotgani Rossiyaning zaifligini, ojizligini namoyish qildi. Shoyad, bu haqiqat Rossiyaning etagidan tutgan davlatlarga dars boʻlib, uning hukmronligi ostidan chiqishga ilhomlantirsa, soʻng Halabda va boshqa yerlarda u yoqqan olovga uning oʻzi uloqtirilsa, ajab emas. Rossiya bu ishni uch oyda doʻndirishini eʼlon qilgan edi. Uch oy oʻtdi, uch oydan soʻng uch oy oʻtdi, yana uch oy oʻtdi va yana uch oy oʻtib ketdi… Mana, bugun qarang, Kremlь matbuot voizi Dmitriy Peskov “Rossiyaning Suriyadagi vazifasi uni terrorchi tashkilotlardan ozod etish va yurtning boʻlinib ketishiga yoʻl qoʻymaslikdir”, demoqda. Keyin televideniyening “Vesti” dasturida Peskov Suriyadagi kurash yaqin orada tamomlanishi kutilmayotganini aytar ekan, “Afsuski, biz olayotgan maʼlumotlar optimist boʻlishimizga vaqt bermayotir, Xalqaro Hamjamiyat oldida mashaqqatli va gʻoyat uzoq mehnat turgani maʼlum!”, dedi. (Uyunu Xolij 2016 yil 22 oktyabr).

Shuning uchun, Allohning yordami va tavfiqi ila, Shom ahlining azm-qarori va xolis qoʻzgʻolonchilar saboti tufayli AQShning oʻzi, Rossiya, Turkiya, Saudiya, Eron singari tobelari bilan qoʻshilib halokatga uchraydi, Alloh barchasining makrini oʻzlariga qaytarib uradi va goʻzal oqibat taqvodorlarniki boʻladi!

Abdulloh Mahmud

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.