Qirgʻizistonda bolalarni himoya qilishga oid yangi qonun hech kimni himoya qilolmaydi
Aslida davlat nizomi ayollar va bolalarga ziyon yetkazuvchidir
2016 yil 20 oktyabrda 24 axborot agentligi (24 kg) bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi Qirgʻiziston hukumati (jogorku kengesh) tomonidan tasdiqlangani toʻgʻrisida xabar berdi. Bu yangi qonunlar jinoyatchilarni 10 yil muddatga qamash kabi qattiq jazolarni oʻz ichiga oladi. Yangi qonunlarga muvoviq “bola sogʻligiga qasddan zarar yetkazgan shaxs 6 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Agar zarar oqibatlari xavfli boʻlmasa, shaxs 3 yilgacha qamoq jazosiga yoki 40000 soʻmdan 70000 soʻmgacha jarima toʻlash va axloq tuzatish jazosiga tortilishi mumkin”.
Shubhasiz, Qirgʻizistonda ayollar va bolalar duch kelayotgan juda koʻp xavf-xatarlar borki, bu muammoni hal etish gʻoyat zarur. Aslida, bolalarga zarar yetkazish, barcha ilmoniy davlatlarda tobora avj olayotgan muammodir. Chunki ilmoniylik tuzumida insonning ragʻbat-mayli muqaddas sanaladi va shahvoniy koʻz qarash jamiyatda keng tarqalgan boʻladi. Bu kabi davlatlarda bolalar xavfsizlik bilan taʼminlanmaydilar, chunki ular shaxslarning xudbinlik nafs-havosiga mahkum boʻladilar. Shaxs erkinligi va shahvoniy mayllar erkinligini taʼminlash muqobilida, bolalar axloqsiz bir muhitda yashaydilar. Agar qirgʻiz hukumati bolalar ehtiyojlarini qondirishga chindan ham tashvishlanganda edi, tatbiq qilayotgan omadsiz tuzumidan va ilmoniy liberal qadriyatlardan voz kechgan boʻlardi, yurt ahlining aksar qismi aqidasidan balqib chiquvchi islomiy nizom boʻlgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tatbiq qilish orqali xalq ehtiyojlarini toʻla qondirgan boʻlar edi. Tarixning oʻzi guvoh, Xalifalik davrida bolalarga zarar yetkazish, bugun Qirgʻiziston va boshqa ilmoniy davlatlarda guvohi boʻlinayotgandek, epidemik muammo boʻlmagan. Chunki Islom ahkomlari inson aqli va tuygʻusini himoya qilishga harakat qiladi, oddiy fuqarolar va muhtojlarga qarshi bunday yaramas qilmishlardan ularni himoya qiladi. Zero, koʻplab sharʼiy ahkomlar bolalar haq-huquqlarini batafsil bayon qilgan hamda ularni har qanday turdagi ozordan himoya qilishni buyurgan, ozor yetkazish u yoqda tursin, hatto ularning huquqini toptashni eng katta jinoyat sanagan. Nabiy A bunday deganlar:
“لَيْسَ مِنَّا مَنْ لَمْ يَرْحَمْ صَغِيرَنَا وَيُوَقِّرْ كَبِيرَنَا”
“Kichigimizga rahm qilmagan va kattamizni hurmat qilmagan kimsa bizdan emas”.
Biroq shuni alohida taʼkidlash lozimki, Qirgʻiziston rejimi ayollar va bolalarga zarar yetkazuvchi qator rejimlar ichida eng yomonidir. Chunki u jamiyatga oʻz hukmronligini zoʻrlik bilan oʻtkazadi, oʻz boshqaruvini eng repressiv zolim vositalar bilan himoya qiladi. Har qanday turdagi siyosiy kurashni bostirish, oddiy chora-tadbirlardan hisoblanadi, masalan, Alloh Subhanahu va Taolo tuzumiga daʼvat qilishdan oʻzga “jinoyat”i boʻlmagan pokiza muslimalarni qamab, ularni muhabbat va parvarishga muhtoj bolalaridan uzoq yerlarga “etap” qilish kabi. Bunga Tojiboyeva ismli muhtarama dugonamizni qamoqqa tashlanishi eng yaqindagi misol boʻladi. Eng kichigi uch yoshdagi yetti farzandning onasi boʻlgan bu dugonamizni qirgʻiz rejimi Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga daʼvat qilgani uchun sakkiz yilu sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etdi. Uni qamash bilan yetti farzandini onalaridan mahrum qildi, muhabbat bilan parvarishlash, himoya qilish va hayotga yoʻllash kabi ona tarbiyasini olish huquqini ulardan tortib oldi.
Faqat roshid Xalifalik tuzumi tatbiq etilsagina avlodlar islomiy qadriyatlardan taʼlim olib oʻsadi, bu tuzumning adliya nizomi kattayu kichik barcha fuqarolar huquqini taʼminlash bilan shugʻullanadi, ijtimo nizomi vazifasi oila qadriyatlarini himoya qilishdan iborat boʻladi, siyosiy nizomi bolalarni barcha sohadagi huquqlarini himoya qiladi va fuqarolariga rahbarlardan hisob talab qilish va jamiyatda goʻzal qadriyatlarni yoyish imkoniyatini yaratib beradi… Faqat ana shundagina biz jamiyatdagi zaif shaxslarga, jumladan, bolalarga nisbatan jinoyatlarga haqiqiy yechimlar berilishiga guvoh boʻlamiz. Ammo Xalifalik davlati yoʻqligida esa, ilmoniy tuzumning jinoyatchilikka nisbatan qoʻllaydigan har qanday ikkilamchi chora-tadbiri yoki jazo-choralari bolalar va boshqa fuqarolar uchun hargiz haqiqiy oʻzgarish keltirmaydi.
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi
telefon-faks: 00961 1 30 75 94
uyali telefon: 00961 71 72 40 43
elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info