Lavrov: Suriya inqirozini hal etish yoʻllarini izlayapmiz

847
0

Lavrov: Suriya inqirozini hal etish yoʻllarini izlayapmiz

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva hukumati beshta davlat bilan birgalikda, yaʼni Amerika Qoʻshma Shtatlari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya bilan hamkorlikda Suriya inqirozini hal qilish uchun kurashni davom ettirayotganini bildirdi.

“Bir necha oydan buyon Halab muammosini hal qilish yoʻlida harakat olib bormoqdamiz. Bu borada Rossiya va AQSh oʻrtasida shartnomalar tuzildi. Bir necha bor otashkesim eʼlon qilindi. Mana ikki haftadir Halab osmonida Rossiya va Suriya samolyotlari uchmayapti. Har safar terrorchilar otashkesimdan faqat oʻzlarining qurol yaroq omborlarini toʻldirish uchun foydalanishadi”, dedi Lavrov Yunoniston Prezidenti Prokopis Pavlopoulos bilan uchrashuv paytida.

“Amerika, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya vakillari bilan ishlashda davom etyapmiz. Bu inqirozni hal etish yoʻllarini izlayapmiz. Siyosiy jarayonning boshlanishi BMT Xavfsizlik Kengashi qoidalarini buzib, terrorchilarga yordam berayotgan va faqat Asad rejimining yoʻq qilinishini istayotgan kimsalar tarafidan toʻsqinlikka uchramoqda. BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya borasidagi qarorlariga barcha taraflar toʻgʻri amal qilganda edi, ayni paytda vaziyat butunlay boshqacha boʻlar edi”, deya soʻzini davom ettirdi Lavrov.

Biroq soʻnggi hisobotlarda aytilishicha, Rossiya va Asad kuchlari tarafidan fevral va sentyabr oylari oraligʻida uyushtirilgan havo hujumlarida aksariyati yosh bolalar va ayollardan iborat 7265 kishi hayotdan koʻz yumgan. Shunigdek, bir qancha maktablar va tinch aholi punktlari, jumladan 148 shifoxona va tibbiy markazlar vayron qilingan. Yaradorlarni davolash bilan shugʻullanib kelgan 50 nafar shifokor va hamshiralar oʻldirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.