Rasmussen: AQSh “jahon jandarmi” boʻlishi zarur
NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning fikricha, AQShdagi prezidentlik saylovi natijasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, mamlakat rahbariyati jahondagi mojarolarni hal etishda faolroq boʻlishi lozim.
“Bizga xalqaro politsiyachi boʻlgan Amerika kerak. Biz Amerikaning jahon ishlaridagi yetakchiligini oʻrnatishimiz lozim”,- degan NATO sobiq bosh kotibi Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervьyusida.
U hal etilishi lozim boʻlgan muammolar qatorida Suriya, Iroq, Liviya va Ukraina sharqidagi vaziyatlarni tilga olgan.
“Qudratli davlatlarning dam olishga haqqi yoʻq. Atrofga qarasangiz, dunyo urush va mojarolar alangasida qolganini koʻrasiz. Iroq parchalanish yoqasida. Liviya – Shimoliy Afrikadagi davlatchiligini yoʻqotmoqda. Rossiya Ukrainaga hujum qilayapti va Sharqiy Yevropani beqarorlashtirayapti. Xitoy oʻz kuchini namoyish etmoqda, yadro hujumlari bilan tahdid qilayotgan gʻayriqonuniy mamlakat boʻlgan Shimoliy Koreya”,- degan Rasmussen.
“Bularning barchasi xalqaro huquq va tartibni tiklash uchun xalqaro politsiyachi kerakligini bildiradi”, — deya qayd etgan Rasmussen.
Uning soʻzlariga koʻra, Barak Obama shu paytgacha “jahondagi mojarolarga barham berishda qurolli kuchlardan foydalanish yoki ular bilan tahdid qilishga qarshilik qilib kelgan”.
Alьyansning sobiq bosh kotibi respublikachilar nomzodi Donalьd Tramp prezident boʻlishidan xavotirini yashirmagan. Uning aytishicha, bu “dunyo uchun juda xavfli” boʻlishi mumkin.
Turkiston:
Ha, AQSh davlatining strotegiyasini prizident emas, neokonservatorlardan iborat yetakchi quvvat belgilaydi. Prizident ham, yetakchi guruh ham, senat va yetakchilikni boʻlishib olgan ikki partiya (respublikachilar va demokratlar) ham, umumiy strotegiyaga mos ravishda ish olib borishadi.
Yetakchi quvvat dunyo sistemasini qurol qilib, olamiy siyosiy va giopolitik oʻzgarishlarga muvofiq oʻz taktikalarini oʻzgartirib borishadi. Masalan xalqaro siyosatda, 2000 yildan keyingi vaziyatlarda ham hozirgi vaziyatlarga oʻxshash holat yuz berib, yetakchi quvvat vakillari prizidentlikka kichik Bushni olib kelishgan edi. Yaʼni kutilayotgan ishlarga mutanosib boʻlgan shaxsni prizidentlakka olib kelib, uni emotsional shaxs deb, uning qoʻli bilan ulkan jinoiy ishlarni amalga oshirib olishadi.
Donolьd Tramp prizidentlikka kelayapti. Yuqoridagi Rasmussenning bayonoti, Trampning roli qanday boʻlishini ifodalab berayapti. Yaʼni AQShning endigi taktikasi, kelayotgan prizidentining feʼli atvoriga mutanosib boʻladi. Toʻgʻrirogʻi, AQShning yangi strotegiyasiga munosib deb tanlangan prizident kelyapti.