AQSh va Isroil Sisining qulashidan xavotirda

599
0

AQSh va Isroil Sisining qulashidan xavotirda

Misrda davlat toʻntarishidan soʻng iqtisodiy inqiroz girdobida qolgan Abdulfattoh Sisi hukumatining qulash ehtimoli kuchaymoqda. Bu ehtimol AQSh va Isroil rasmiylari tomonidan xavotir bilan tilga olina boshladi.

BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyaga yon bosib ovoz berganligi uchun Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari yomonlashgan Misr hukumatining yangi iqtisodiy xavf-xatar qarshisida qolganligi aytilmoqda. Isroilda chiqadigan Ediot aharonot gazetasining muxbiri Aleks Fishmanning maʼlum qilishicha, Amerika va Isroil rasmiylari Misrdagi iqtisodiy beqarorlikni juda ham moʻrt deb baholashgan.

“Oxirgi paytlarda AQSh va Isroil vakillari oʻrtasida olib borilgan muzokaralarda Sisi hukumatining vujudi muhokama qilindi. Rasmiylar Sisi hukumatiga yana ham koʻproq yordam koʻrsatish lozimligi borasida oʻz xavotirlarini bildirishdi”, deya yozadi Fishman.

Aleks Fishman maqolasida xususan, AQSh va Isroil rasmiylari iqtisodiy inqiroz oqibatida koʻcha namoyishlari alanga olib ketishidan qoʻrqayotganligiga ham alohida urgʻu berib oʻtadi.

Hizb ut-Tahrirga qarashli “Roya” gazetasining elektron sayti ham Misr prezidenti Abdulfattoh Sisining tashqi dushmanlardan emas, balki mamlakat ichkarisidagi vaziyatdan qoʻrqayotgani haqida xabar tarqatdi.

Gazetaga koʻra, Sisi haqiqatdan ham tashqi kuchlardan qoʻrqmasligi mumkin. Chunki ular Sisining dushmani emas, xoʻjayinlaridir. Sisi esa, Misrda oʻshalarning siyosatlarini yurgizmoqda, rejalarini tatbiq qilmoqda, manfaatlarini roʻyobga chiqarib bermoqda. Shu bois ulardan qoʻrqishga deyarlik sabab yoʻq. Uni xavotirga solayotgan taraf esa Misr aholisidir. Shuning uchun ham Sisi ularni qattiq bosim ostida ushlab kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.