Islom Hamkorlik tashkiloti Islomga qarshi urush eʼlon qildi

769
0

Islom Hamkorlik tashkiloti Islomga qarshi urush eʼlon qildi

Islom Hamkorlik tashkiloti bosh kotibiyati kengash markazi muloqot, tinchlik va hamfikrlikka qaratilgan oʻz ishini hijriy 1438 yil boshida boshlamoqchi ekanini rasman eʼlon qildi. Shuningdek, ayni markaz elektron saytining ishga tushirilishi tashqi ishlar vazirlari kengashining qirq uchinchi sessiyasi davomida rasman eʼlon etiladigan boʻldi. Maʼlumki, tashqi ishlar vazirlari kengashining qirq uchinchi sessiyasi 2016 yil 18-19 kunlari Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtishi belgilangan.

Islom Hamkorlik tashkilotining bosh kotibiyatida muloqot va aloqalar maʼmuriyati ostida ishlovchi ayni markaz, terrorizm, ekstremizm va zoʻravonlikka (bularning har qanday shakliga, jumladan, elektron aloqa tarmogʻi, axborot vositalari va elektron fazoviy kanallar yordamida) targʻib etishiga qarshi kurashishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Uning maqsadlaridan yana biri, mazkur illatlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlish uchun tashkilotga aʼzo davlatlarning targʻibot-tashviqot holatlarini va voqealarini yoritadigan mexanizm yaratish hamdir.

Tashkilot bosh kotibi Iyodamin Madaniy janobi oliylarining izohlashicha, markaz bir necha muhim vazifalarni oʻz zimmasiga olmoqchi, ulardan biri, terrorizmga targʻib qiluvchi daʼvatlarning yolgʻonligini fosh etish vazifasidir. Bu vazifani ijtimoiy tarmoqlardagi saytlarga qarshi reaktsiya sifatida maktublar yuborish, musulmon yoshlar uchun muhim sanalgan ideologik mavzularga oid oʻzaro yozishmalar olib borish hamda terrorchi jamoalarning nohaq daʼvolari basharasini ochib tashlovchi videotasmalar va hujjatli programmalar tayyorlash orqali amalga oshiriladi.

Bosh kotib hazratlarining qoʻshimcha qilishicha, ayni markaz terrorchi jamoalar targʻib qilayotgan xato tushunchalarga qarshi kurashib, bu tushunchalarni Qurʼoni Karim va hadisi sharifdan hujjatlar bilan toʻgʻrilash hamda tashkilotga aʼzo davlatlar olib borayotgan siyosatlar haqida ijobiy tasavvur paydo qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga, zoʻravon ekstremizmga qarshi kurash va uni taqiqlashdan manfaatdor turli mahalliy va regional tashabbuslar oʻrtasida oʻzaro aloqa bogʻlovchi minbar boʻlish rolini zimmasiga oladi.

Ushbu markazning parallel boshqarmalar bilan hamda aʼzo davlatlarda terrorizmga qarshi kurashdan manfaatdor milliy markazlar bilan hamkorlik qilishini, shuningdek, ayni Islom Hamkorlik tashkiloti muassasalari, regional jihozlar va BMTga qarashli maxsus tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilishini taʼkidladi.

Madaniy janoblari aʼzo davlatlarni Islom Hamkorlik tashkilotining muloqot, tinchlik va hamfikrlik markazi oʻz rolini faol va samarali ado etishga muvaffaq boʻlishi uchun mazkur reja bilan oʻrtoqlashishga chaqirdi. Ulardan aʼzo davlatlar oʻrtasida ayni sohada yanada kengroq doirada jonli hamkorlikni mustahkamlash uchun bayonotlar bazasini tayyorlashga hissa qoʻshishni talab qildi. “Islom Hamkorlik tashkiloti”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.