Islomda va kapitalizmda soliq

900
0

Islomda va kapitalizmda soliq

Davlat yoki davlatni gavdalantiruvfchi hukumat ijroiy apparatdan iborat boʻlib, oʻz fuqarolarining turli sohalardagi ishlarini boshqarish javobgarligini koʻtaradi. Mana shu ishlarni boshqarish, katta mol talab qiladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, aloqa yoʻllari, ichki va tashqi xavfsizlik… va boshqalarni bajarish uchun katta mablagʻ lozim. Davlatdagi nuqtai nazar va tayaniluvchi tuzum, uning oʻz ishlari va loyihalarini moliyalashtirish uchun kerak boʻladigan ayni molni qanday qoʻlga kiritishga hukmronlik qiladi. Sotsialistik tuzumda davlat asosiy resurslar va turli ishlab chiqarish vositalariga egalik qiladi, bunga davlatning barcha resurslariga egalik qiluvchi xalqning vakili, degan eʼtiborda egalik qiladi. Binobarin, sotsialistik tuzumda moliyalashtirish uchun davlat odamlarga soliq solishga muhtoj boʻlmaydi, chunki mol asliga egalik qiluvchi ham davlat, uni tasarruf qilish huquqiga ega ham davlat. Kapitalistik tuzumda esa davlat na ishlab chiqarishga egalik qilsin, na davlatdagi tabiiy resurslarga. Aksincha, kapitalistik tuzumda mulkchilik huquqi shaxslarda va muassasalardadir, davlatning egalik qilishga haqqi yoʻq. Yaʼni kapitalistik tuzumda davlat zavod-fabrika, konlar, tabiiy boyliklar va boshqalarga egalik qilmaydi. Binobarin, bu tuzumda davlat oʻz ishlarini yurgiza olishi uchun uning oldida faqat bitta yoʻl boʻladi, u ham boʻlsa, shaxslar va muassasalarga soliq solish. Demak, davlatning oʻz ishlarini yurgizishda isteʼmol qiladigan moli odamlardan olinadigan soliqdan keladi. Hatto davlat biror zavodga yoki bankka yoxud konga hukmronlik qilishga majbur boʻlib qolgan paytda ham, bu ishni u oʻzlashtirib olishga harakat qilayotgan shu muassasa vaziyati izdan chiqqani natijasida va uni yoʻq boʻlib ketishdan qutqarish maqsadida qiladi, buni ham odamlar soliqlaridan tushgan mablagʻdan foydalanish bilan bajaradi. Kapitalistik olamda davlat soliqlar solish, ularni yigʻish, soliq toʻlashdan qochganlarni taʼqib qilishda ustasi farang boʻlib ketgan. Hatto ayrim muassasalarni soliqdan himoya qilish uchun qonunlar ishlab chiqishda ham bilimdon boʻlib ketgan. Chunki kapitalistik tuzum davlatning saltanati ostidagi mollarga davlatning oʻzini nasibador qilmagan.

Endi, Islom tuzumiga kelsak, ushbu tuzum oʻz ishlariga sarflab, ularni yurgizishi uchun davlatga molni mulk qilib bergan. Shuningdek, insonlar majmuasiga ham molni mulk qilib bergan boʻlib, bu molni davlatning oʻzi idora qiladi, insonlar ishlarini boshqarishga sarflaydi. Masalan, Alloh Umar ibn Xattob Gning qoʻli bilan Iroqdagi yerlarni fath qilganda ayrim sahobalar bu yerni jangchilarga taqsimlashni istaydi. Ammo Umar bunga rozi boʻlmay, kuch bilan fath qilingan yerlardan oʻlja ajratib, shu oʻljadan chiqadigan daromadni jangchilarga va ularning oilasiga sarflashni yoʻlga qoʻyadi. Mana shu, davlatning asosiy sarf-xarajatlaridan biridir. Chunki Islomda kuch bilan fath qilingan yerlardan olinuvchi xiroj davlat mulkidir. Xiroj soliq emas. U davlatning asl mulki. Lekin davlat odamlarga bu yerdan foydalanish, ekin ekish uchun ruxsat beradi va ulardan cheklangan miqdorda xiroj qabul qiladi. Zero, aslida yer egasi davlatdir, shaxslar emas. Shuningdek, rikozning beshdan biri ham davlat mulki boʻlib, uni oʻzining ishlari va manfaatlariga sarflaydi. Rikoz yerga koʻmilgan, kon darajasida ulkan miqdorda boʻlmagan maʼdan-boylikdir.

Demak, Islomda davlat oʻz ishlarini yuritishi uchun soliq solishga muhtoj boʻlmaydi, chunki u molga egalik qiladi, oʻzida yetarlicha mol boʻladi. Odamlarning umumiy manfaatlariga kelsak, Islomiy Davlat unga insonlarning hammalari sherik boʻlgan umumiy mulklaridan sarflaydi. Zotan, davlatning mulki boʻlgani kabi, insonlarning ham mulki boʻladi va umumiy mulk, deya tanilgan narsa mana shu. Davlat maktablar, universitetlar, yoʻllar, aeroportlar va portlar inshooti uchun odamlarga soliq solishga muhtoj boʻlmaydi. Chunki bu manfaatlar ommatan insonlar manfaati boʻlib, ularga odamlarning oʻz mollaridan sarflanadi, chunki Alloh ularni shu molda sherik qilgan. Masalan, neft, gaz, metall, marganets, fosfor, uran, kabi tabiiy boyliklar ishlab chiqarilishidan olingan mol, shuningdek, oʻrmonlar, suv yoʻllari va boshqa tabiiy manbalar kabi Alloh omma mulkiga aylantirgan mollar. Davlatga qachon ishchilarga maosh berish, hukumat binolarini qurish kabi oʻzining ishlariga sarflaydigan mablagʻ zarur boʻlib qolsa, bunga davlat mulkidan ishlatadi. Agar yetmay qolsa, u holda, omma mulkidan ishlatish mumkin, shu eʼtibordaki, odamlar ishlarini yurgizishda va manfaatlarida ularning vakili, sifatida ishlatishi mumkin. Islomda davlat oʻzining ishlarini yuritish yoki odamlar manfaatlarini boshqarish uchun fuqarolariga soliq solishga muhtoj boʻlmaydi. Islomdagi davlat bilan sotsializmdagi davlat oʻrtasida asosan shu jihatdan farq borki, Islom davlatida davlat mulki va insonlar ommasining mulki boʻlib, ikkala mulk bir-biridan tamoman farq qiladi. Bundan tashqari, Islom shaxslarga uchinchi mulkni belgiladi. Masalan, shaxslarning shariat ahkomlari doirasida xohlaganlaricha oʻstirishlari mumkin boʻlgan shaxsiy mulklari bor, chunki Islom shaxs ehtiyoji, odamlar majmuasi ehtiyoji va fuqaro ishlarini boshqaruvchi davlat ehtiyoji oʻrtasida muvozanat yaratgan.

Biroq ayrim kamdan-kam holatlar ham boʻladiki, davlatga fuqaro ehtiyojlaridan birortasiga hamda Alloh davlatga va Ummatga buyurgan biror farzga ishlatish uchun mablagʻga zarur boʻlib qoladi, ammo davlat mulkida ham, omma mulkida ham bunga yetarli mol boʻlmaydi. Ana shunda davlat musulmonlar orasidagi badavlat kishilarga murojaat qiladi va Alloh yoʻlida davlatga mol tuhfa qilishlari uchun ularni Alloh va Rosulini sevishga targʻib qiladi. Masalan, Usmon G mashaqqat yilida shunday qilgan. Oʻshanda Rosululloh barpo etgan davlatiga Tabuk gʻazotini moliyalashtirishga mablagʻ zarur boʻlib qoladi, shunda Rosululloh A qilganlari kabi, Usmon ham shaxslardan qarz olish yoʻlini tutadi. Zotan, Rosululloh A sovutlarini bir yahudiyga garovga berib turib, undan mol olganlar. Baʼzan davlat musulmonlarning badavlat kishilariga maʼlum miqdorda, maʼlum vaqtga qadar soliq solishi ham mumkin. “Qachon Baytulmolda mablagʻ boʻlmasa yoki u yerdagi mablagʻ tugab qolgan boʻlsa, yoxud u yerdagi mablagʻ xarajatni qoplaydigan miqdorda boʻlmasa, bunday holda, xalifa boylarga shu xarajatga yetgudek miqdorda sharʼiy ahkomlarga muvofiq soliq soladi.

Maʼlum holatda xarajat uchun soliq solish joiz boʻlishi uchun, albatta quyidagi shartlar topilishi kerak:

Shunday holatga sarflash uchun yetarli mablagʻ Baytulmolda yoʻq boʻlishi kerak;

Mana shunday holatga sarflash Baytulmolga va musulmonlarga vojib ekaniga biror sharʼiy nusus kelishi kerak;

Solingan soliq shu holatga yetgudek miqdordan oshmasligi kerak;

Bu soliq oʻzlarining asosiy va kamoliy ehtiyojlaridan ortiqcha mollari bor boʻlgan faqat badavlat kishilarga solinishi kerak”. (Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasi ziyoratchilari tomonidan 2016 yil 19 mayda berilgan savolga javobidan).

Biroq soliq savdo soligʻi yoki kirim soligʻi va boshqa kabi, doimiy solinishi joiz emas.

Bulardan Islomda juda noyob tuzum borligi maʼlum boʻladi. Bu tuzum sotsialistik tuzumdan alohida ajralib turadi. Chunki sotsializm umumiy mulkdan boshqa narsani bilmaydi, bu bilan shaxsni doimiy qashshoqqa, davlatni esa uni yedirishga javobgarga aylantirib qoʻyadi. Islom kapitalistik tuzumdan ham alohida ajralib turadi. Chunki kapitalizm davlatni doimiy qashshoqqa aylantirib qoʻyadi, odamlarni esa davlat ishlarini yuritishga javobgar qilib qoʻyadi. Hech kimga sir emaski, aslida kapitalistik boʻlgan davlatlarda ham, unga tobe boʻlib, uning hukmronligi ostida qolgan davlatlarda ham soliqlar zulmidan va uning ogʻirligidan shaxslar, muassasalar aziyat chekmoqda. Bu esa ularni soliqlardan qochish uchun turli yolgʻonlarni toʻqib chiqarishga, hiylalar ishlatishga majbur qilmoqda.

Qani endi bunday ishlar qilinmaydigan va odamlarni choʻntagiga qoʻl solishdan hayo qiladigan Islom tuzumi boʻlganda edi! Biroq Allohning marhamati keng, hamma narsaga qodir.

Doktor Muhammad Malkoviy qalamiga mansub

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.