AQSh elchixonasi Qirgʻizistondagi fuqarolarini ehtiyot boʻlishga chaqirdi
“YouTube” video portalida Suriyada jang qilib yurgan qirgʻizistonliklarning murojaati chiqqanidan soʻng AQShning Qirgʻizistondagi elchixonasi mamlakatga kelishni rejalashtirib turgan va bu yerda yashayotgan fuqarolarini shaxsiy xavfsizligiga diqqat bilan yondoshishga chaqirdi. Bu toʻgʻrisidagi rasmiy bayonot elchixonaning rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Bayonotda: “AQShning Qirgʻizistondagi elchiligi oktyabr oyida mahalliy hukumat va chet ellik diplomatlarga qarshi terrorchilik hujumi, odamlarni garovga olishi yoki oʻgʻirlash kabi voqealar yuz berishi ehtimoli bor degan maʼlumot oldi. Shu munosabat bilan elchixona oʻz fuqarolarini ehtiyot boʻlishga, jamoatchilik joylarda xavfsizlikni saqlab, odmalar koʻp yigʻilgan joylarga bormaslikka chaqiradi. Mahalliy hukumatning xavfsizlik boʻyicha koʻrsatmalariga aniq rioya qilib, OAV xabarlardan xabardor boʻlib turinglar. Qandaydir namoyish yoki ommaviy yurishlardan olis boʻlinglar”,- degan koʻrsatma berilib, bogʻlanish telefon raqamlari koʻrsatilgan.
Turkiston:
Qirgʻizistonda siyosiy vaziyat taboro keskinlashib boryapti. Bunga qoʻshimcha tarzda dunyoda ham xalqaro siyosat oʻta xavfli va keskin holatga kelib qoldi. Qirgʻizistonning bu ikkala holati ham yaʼni, ichki siyosatidagi inqiroz holati ham, tashqi siyosatida xalqaro siyosatdagi inqiroziy holatlar ham shu kungi xavfli vaziyatga tushib borishiga sabab boʻlyapti.
AQShning yuqoridagi bayonoti ham Qirgʻizistonning ichki va tashqi siyosatidagi borayotgan zaif pozitsiyasiga va unga qarshi turgan keskin tashqi kuchlar taʼsiridan kelib chiqib berildi. Tashqi kuchlarning juda katta taʼsir quvvati AQShning xalqaro siyosatdagi salohiyatlariga bogʻliq. Qirgʻizistonga tahdid qilayotgan tashqi va ichki quvvatlarning deyarli yarmidan koʻpi aynan AQShning oʻziga suyanishadi. Aynan uning oʻzidan buyruq, maslahat va koʻrsatma olib turishadi. Qolgan quvvatlar esa Rossiya va yana boshqa yetakchi davlatlar taʼsiri ostida. Dunyoning hech bir yerida bu xalqaro siyosat yetakchilarining taʼsiri, aloqasi va buyruqlaridan holi qoʻporuv yoki boshqa ommaviy qirgʻinlarga sabab boʻluvchi amaliyot sodir boʻlmaydi.
Navbat Qirgʻizistonga keldi. Tashqi kuchlar Qirgʻizistondagi oʻzini mazlum sanagan siyosiy qatlam vakillari bilan til biriktirishga harakat qilishadi. Yaʼni, ular Qirgʻizistondagi biror siyosiy guruhni oʻz xalqini portlatib yuborish orqali qandaydir manfaatga ega boʻlishi mumkin ekaniga koʻndirishga harakat qilishadi.
Bu 2010 yildagi Oʻsh voqealari misoli bilan oydinlashadi. Oʻshanda vaqtinchalik hukumat Rossiya bilan Bakiyevning rejimini qulatish uchun til biriktirgan edi. Vaziyat keskinlashib Bakiyev prezidentlik rezidenttsiyasini Qirgʻizistonning janubiy qismiga koʻchirib olishi mumkin boʻlgan qaltis holat yuzaga keldi. Qirgʻizistonning janubiy qismida bir milliondan oshiq oʻzbek millati vakillari yashaydi. Vaqtinchalik hukumat Bakiyevdan avvalroq oʻzbek diasporasi vakillari bilan shartnoma tuzishga shoshilishdi. Oʻzbeklar nima soʻrasa hammasini vaʼda qilishdi. Bakiyevni quvib chiqarishganlaridan keyin esa oʻzbeklarga vaʼda qilingan narsalarni bera olishmasligini anglab yetishdi. Shunda yana Rossiyaning maslaxati va koʻrsatmalari ostida Oʻshda Qirgʻizlar bilan Oʻzbeklar oʻrtalarida kichik bir milliy nizo keltirib chiqish amaliyotini uyushtirishdi. Bu bilan ular barcha aybni Oʻzbek milliy yetakchilariga agʻdarib, ulardan bira-toʻla qutulishni niyat qilishgan edi.
Lekin Rossiya vaziyatdan foydalanib Oʻzbekistonni bir oz sergaklikka chaqirib olishni qasd qilib, urushni kuchaytirib yuborish orqali Qirgʻiz hukumati nazoratidan chiqarib yubordi. Rossiya bir necha binolar ustiga snayperlar qoʻyib, koʻproq Qirgʻiz millati vakillarini oʻldirish bilan ularni nafratlarini kuchaytirib boraverdi. Vaziyat kuchayib boraverishi bilan yuz minglab oʻzbeklar Oʻzbekistonga qocha boshladi. Rossiyaning maqsadi ham shu edi. Lekin Oʻzbekiston ham vaziyatga taʼsir koʻrsatishga majbur boʻlib, oʻzbeklarni himoyasi uchun bir qancha qurolli guruhlarni Qirgʻiziston hududiga maxfiy tarzda olib kirib, muvozanat oʻrnatish bilan ruslarning rejasini qisman toʻxtatib qoʻydi. Toʻrt kunda qochqinlarni ortga qaytarib, vaziyatni bir qancha sokinlashtirib qoʻydi.
Ey, Qirgʻizistondagi siyosiy quvvat egalari!
Qirgʻizistonning kuch-quvvati 2010 yildagidan ham zaifroq. Oʻshanda ham aynan hozirgi siyosatchilar va siyosiy guruhlar bir birlaringiz bilan olishib kelgansiz. Sizlar oʻsha xatolaringizni yana takrorlash arafasida turib qoldingiz. Yuqoridagi AQSh vakilining bayonoti ham shunga dalolat qiladi. Hozir Qirgʻizistondagi vaziyat oʻta keskin. Lekin sizlarga homiylik qilishni taklif etayotgan tashqi kuch vakillarining oʻz manfaatlari bor. Ularni sizning yoki Qirgʻizistonning manfaati qiziqtirmaydi.
Afgʻonistonni eslang! Xalqaro siyosiy kuchlar Afgʻonistonni bir birlari bilan raqobat qilish va urush olib borish maydoniga aylantirib olishdiku! Hozir ham tashqi kuchlar sizlarga har tarafdan turli maslaxatlar berib kelishyapti. Shu arzimast kreslolaringiz evaziga, oʻz xalqingizning manfaatiga teskari boryapsizlar. Lekin endigi qadamlar, fuqarolaringizni qirgʻin boʻlishiga sabab boʻladigan amaliyotlar haqida boryapti. Ular sizlarga taklif qilayotgan jinoyatlar, sizlar nazorat qila oladigan darajadan chiqib ketishi mumkin. Ular ishni Islomiy guruh yoki shaxslar tomonidan uyushtirishni vaʼda qilishadi. Keyin nima boʻladi?!
Musulmonlar faktorini ilgari surishmoqchi boʻlishadi. Afsuski juda koʻp mintaqalarda shu yoʻnalish ularning urflariga aylandi. Lekin bu ham biror bir islomiy tomonni manfaatidan kelib chiqqan yoki musulmonlar uyushtirgan amaliyot boʻlmaydi. Yaʼni, musulmonlar ularning qoʻllovi va ixtiyoridan chetlagan holda xatto bir oʻlkadan boshqasiga oʻta olmaydi. Xatto musulmonlar ijrosidagi amaliyotlar ham xalqaro kuchlarning qoʻllovi va yoʻnaltirishi bilan amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida siz Qirgʻiz siyosatchilarini keltirish mumkin. Bir necha marotaba kufr kuchlari bilan hokimiyatni agʻdardingiz, yuzlagan qurbonlar berdingiz, milliy urushlar, shularni hammasini sizlar qildingiz. Vaholangki sizlar musulmonsizlar!
Ey Qirgʻiz siyosiy elitasi, siyosatchilari va hukumat yetakchi vakillari! Sizlar bir birlaringiz bilan taxt talashib, kufrning qoʻlidagi qoʻgʻirchoqlarga aylanib qoldingiz. Lekin xali ham sizlarda ixtiyor bor. Oʻz yurtingizni, xalqingizni kufrning qoʻporuv ishlaridan saqlab qoling. Ularga bu ishlarni amalga oshirishlariga yoʻl bermang! Sherik boʻlmang! Sizlarning manfaatlaring amalga oshishi bilan ular toʻxtamaydi! Ularning har birining oʻz manfaati bor. Qirgʻiziston ularning qoʻllarida navbatdagi urush maydoniga aylanib qolishi mumkin.