Ishga qaytgan Atambayev Mudofaa kengashi kotibini qabul qildi

506
0

Ishga qaytgan Atambayev Mudofaa kengashi kotibini qabul qildi

13 kun mobaynida avval Turkiya, keyinchalik Rossiyada davolanib Qirgʻizistonga qaytgan prezident Almazbek Atambayev oʻzining ish faoliyatini Mudofaa kengashi kotibi Temir Jumaqodirovni qabul qilish bilan boshladi.

Xabar qilinishicha, uchrashuvda prezidentga davlat organlarining milliy xavfsizlik sohasida va davlat mudofaa quvvatini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, Jumaqodirov Atambayevga chegara xavfsizligi va chegara masalalarini milliy manfaatlarni hisobga olgan holda xal etish boʻyicha hisobot berdi.

Uchrashuvdagi asosiy eʼtibor odatdagidek, mamlakatdagi diniy vaziyatni izga solish, huquqni muxofaza qilish organlarini reformalash va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga qaratildi.

Turkiston:

Atambayevning ichki va tashqi siyosatdagi ahvoli yaxshi emas. Baʼzi bir jihatlarini olib qaraganda, uning holati Ukrainaning sobiq prizidenti Yanukovichning holatini eslatadi. U ham Putinni etagini mahkam tutib olib, xalqining manfaati uchun mustaqil xarakat olib bormay, turib olgan edi. Ammo Putin uni saqlab qola olmadi.

Atambayev vaziyatni oʻzgartirib, uni isloh qilmasa, Putin uni oʻrniga yana boshqa alternativ yetakchi izlay boshlaydi. Unday qilmasa, rangli revolyutsiya tomon vaziyatlar yurib ketishi mumkin. Bu safargi Qirgʻiz rahbarini almashtirishni tinch va roziliklar hamda siyosiy muvozanatni saqlab qolgan holda amalga oshirishga harakat qilishadi. Lekin kechagi Ozodlik radiosidan Q. Batirovning chiqishi Gʻarb olami ham Qirgʻizistonning ichki siyosatiga jiddiy aralashish niyatida ekanini koʻrsatdi. Hozircha Qirgʻiz elitasi toʻlaligicha Gʻarb tomoniga ogʻib oʻtib ketgani yoʻq. Lekin vaziyat oʻnglanmasa, Qirgʻizistonda notinchliklar kuchayib boraveradi. Atambayev ishni xavfsizlikdan boshlaganining oʻzi buni koʻrsatib turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.