Lozanna shartnomasi gʻalabami yoki magʻlubiyat?

5754
0

Lozanna shartnomasi gʻalabami yoki magʻlubiyat?

15 iyulda Turkiyada yuzaga kelgan davlat toʻntarish tashabbusidan soʻng Prezidentlik saroyida mahalla va qishloq kengashining raislari ilk bor yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻinda nutq soʻzlagan prezident Rajab Toyyib Erdogʻan 1923 yilda imzolangan Lozanna shartnomasini gʻalaba deya talqin qilinishiga qarshi chiqdi.

“5 Iyul – Turk xalqining ikkinchi ozodlik kurashidir. (1919 yilda boshlanib 1923 yilda Lozanna shartnomasi bilan nihoyasiga yetgan jang Turkiyada birinchi ozodlik kurashi sifatida talqin qilinadi). Tarixda bizga nisbatan qanday ishlar qilishdi?! 1923 yilda bizni Lozanna shartnomasiga koʻndirishdi. Ayrim kimsalar bizga Lozanna shartnomasini gʻalaba deya “edirish”ga urinishdi. Hammasi maʼlum. Egey dengizini koʻrib tutibsiz. Baqirsak eshitiladigan orollarni Lozanna shartnomasiga koʻra, Gretsiyaga berdik, shumi gʻalaba? U yerlar bizga qarashli yerlar edi. U yerlarda bizning jomelarimiz, ibodatxonalarimiz bor. Hozir esa biz dengiz osti yer maydonimiz va dengiz usti havo maydonimiz qayergacha choʻzilganligi haqida tortishish bilan ovoramiz. Bunga oʻsha bitimga imzo chekkanlar sababchidir”, dedi.

Biroq Erdogʻan bundan ikki oy avval, yaʼni joriy yilning 24 Iyul kuni Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanganligining 93 yilligi munosabati bilan mazkur shartnomani maqtab, turk millatining imon, jasorat va fidokorlik bilan qoʻlga kiritgan gʻalabasi deya baholagan edi.

“Bugun jumhuriyatimiz tiklanishining alomati boʻlgan Lozanna tinchlik shartnomasining 93 yilligi nishonlamoqdamiz. Aziz millatimiz imon, jasorat va fidokorlik bilan qoʻlga kiritgan gʻalaba, Lozanna shartnomasi orqali diplomatiya va xalqaro huquq maydoniga kirib bordi. Ushbu shartnoma yangi qurilgan davlatimizning taʼsis hujjati oʻrnidadir. Lozanna tinchlik shartnomasining 93 yilligi munosabati bilan jumhuriyatimizning taʼsischisi boʻlgan Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi barcha davlat kishilarini hurmat bilan yodga olaman”, degan edi jumladan Erdogʻan joriy yilning 24 Iyul kuni bergan bayonotida.

Turkiston:

Xalifalik qulatilib, uning oʻrnini Turkiya jumhuriyati egallagach, 1924 milodiy yilda “Lozanna shartnomasi” imzolandi va bu shartnoma boʻyicha Turkiyaning geografik chegaralari hamda muayyan siyosiy doirasi belgilab berildi. Mustamlakachi davlatlar Lozanna shartnomasi boʻyicha Usmoniy davlat yerlarini millatchilik, vatanchilik, toifachilik va mazhabchilik asosida boʻlib tashlashdi. Ularning maqsadi Isllomiy yurtlar ustidan hukmronlik oʻrnatish va bu yurtlarning oyoqqa turolmay zaif holda qolib ketishini kafolatlash edi. Mustamlakachilar shu tarzda Islomiy Usmoniy davlatni butunlay yoʻq qilishdi.

Otaturk Angliyaning, Yevropaning shartlarini bajarishi evaziga ular ham Lozanna shartnomasiga muvofiq Turkiyaning mustaqilligini tan oldilar. Britaniya tashqi ishlar vaziri Karzon Lozanna shartnomasidan soʻng Britaniya parlamentining quyi palatasi oldida “Turkiya yoʻq qilindi, u endi hech qachon oyoqqa turolmaydi, chunki biz uning maʼnaviy kuchini – Islom va Xalifalikni yoʻq qildik”, degan edi.

Shunday qilib, Mustafo Kamol Shveytsariyada boʻlib oʻtgan Lozanna anjumanida inglizlar Turkiyaning mustaqilligini tan olish uchun qoʻygan toʻrt shartni bajardi. Ular quyidagilardan iborat edi:

Xalifalikni batamom bekor qilish.
Xalifani yurtdan haydab chiqarish.
Xalifaning mol-davlatini musodara qilish.
Turkiyaning ilmoniyligini eʼlon qilish.
Shu bilan Xalifalik qulab, yoʻq boʻldi. Natijada musulmonlar ogʻir musibatlar girdobida qoldi. Ularning boshiga tinimsiz balolar yogʻila boshladi. Bugunga kelib musulmonlar qanday ahvolga tushib qolganiga oʻz koʻzimiz bilan guvoh boʻlib turibmiz.

Turkiya prezidentining bayonotiga kelsak, u Lozanna shartnomasini “gʻalaba emas”, deb toʻgʻri aytdi. Ammo u daʼvo qilayotgan bir-ikki orolni Gretsiyadan qaytarib olish bilan hech narsa oʻzgarmaydi. Zero Xalifalik qulatilishi bilan biz faqat bir-ikki orolni emas, balki butun boshli davlatimizni qoʻldan boy bergan edik. Modomiyki oʻsha Lozanna shartnomasi orqali qulatilgan Xalifalik davlati qayta tiklanmas ekan, musulmonlar bugungi horliklaridan aslo qutila olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.