Bismillahir rohmanir rohim
Oʻzbekistonda qoʻzgʻalon boʻladimi
Bir inson haqiqatni gapirsa, mazlumlar darrov uni qoʻllab quvvatlaydi. Lekin hulosa chiqarishda, oʻz munosabatini bildirishda adashadi. Baʼzilari “qoʻzgʻalon qilamiz” yoki “xoinlarni quvib tashlaymiz” desa, qolganlari shu ish amalga oshsa, bizga ham yaxshi kunlar keladi deb, ularning qoʻzgʻalon qilishlariga umid bogʻlaydilar. Lekin bu katta xato! Xech qachon bizga qoʻzgʻalon foyda bermaydi. Faqat oddiy xalqqa ziyon, balo-ofat boʻladi. Begunoh insonlarni johilona qoʻrbon boʻlishlaridan boshqa narsa boʻlmaydi. Shundan hadiksiragan baʼzi insonlar, dunyoda boʻlayotgan bunday hodisalarni kuzatib borgan ziyolilar tezda haqiqatni koʻtarayotgan insonlarni ogʻzini yopishga, jim qilishga shoshiladilar.
Aslida, bu qoʻzgʻalonlar mustamlakachi kofirlarning oʻz malaylarini hokimiyatga olib kelish, hamda ularni saqlab qolish yoki boʻyin tovlagan malayini almashtirish yoʻli. Masalan; 1990-chi yillari turklar bilan oʻzbeklar oʻrtasida boʻlgan qoʻzgʻalondan yoki oʻzbek-qirgʻiz qoʻzgʻalonnidan Rossiya AQShni kirib kelishini toʻsish uchun foydalandi. 2005-chi yili AQShga moil boʻlib qolgan Akayevni Bakiyevga almashtirish uchun oddiy xalqni qoʻzgʻadi. 2010-chi yili Bakiyevni ketkazishda ham xuddu shunday boʻldi. Misrda Mursiydi ketkazib, oʻrniga Sisini olib kelishda ham AQSh oddiy xalqdan foydalandi. Musamlakachi maqsadga erishish uchun oʻz malayi rahbarligi ostida bir guruh xoinlarni ishga soladi. Bularga ishongan baʼzi johillar ham shu ishga qoʻshilishadi va ular bilan xalqni qoʻzgʻab, maqsadi tomon notinchliklar, toʻs-toʻpalonlar chiqarishadi. Baʼzida ozgina “hidi”ni koʻrsatib qoʻyib, oʻz malayini “gapimni ikki qilsang oʻrningga boshqasini olib kelaman” degan maʼnoda ham qoʻllaydi.
Bu oʻrinda shunday savol tugʻulishi tabiiy; hoʻsh, unda nima qilish kerak? Jim, zulmga, nohaqliklarga sukut saqlab, sabr qilishimiz kerakmi?
Javob: Yoʻq, albatta. Nohaqliklar, yolgʻon-aldovlar, jabru-zulm bartaraf boʻlishi, adolat va farovonlik uchun harakat qilinishi shart. Buning uchun avval nohaqliklar ochilishi, uni chiroylik qilib koʻrsatishlarga chek qoʻyilishi kerak. Oʻz navbatida shu ishga nisbatan haqiqat aytilishi ham zarur. Xozirgina aytib oʻtganimizdek, bunga baʼzilar yo yaxshi niyatda yoki mustamlakaning buyrugʻi bilan malaylari va ulardan qoʻrqib yoki ularga yoqish uchun koʻpchilik qarshilik qiladi. Shu sababdan zolimona vahshiy tuzumlarning umri uzayadi.
Toʻgʻri yoʻl esa, ongli insonlar tomonidan har bir hayot koʻrinishiga nisbatan boʻlayotgan nohaqliklar ochilishi va unga nisbatan oʻzgarishi kerak boʻlgan fikr bayon qilinishi talab qilinadi. Qolganlar esa, bunga oʻz munosabatini bildirshi kerak, yaʼni tanqid qilinayotgan fikrga va unga alternativ boʻlgan yangi fikrga oʻz qarashini bildirish kerak. Har qanday fikrga koʻpchilik tomonidan musosabat bildirilishi natijasida, bizga kufr oʻz mustamlakasini oʻrnatishlarining asosi boʻlgan, jamiyatni jar yoqasiga olib kelib qoʻygan yolgʻon-aldovlar, ikkiyuzlamachiliklar zaiflashadi. Haqiqat gʻolib boʻla boshlaydi. Bu ishga oʻz hissasini qoʻshish – har bir balogʻatga yetgan aqlli, oʻzini hurman, birovning qoʻli emasman yoki birovlar nima qilsa rozi boʻlishdan chorasiz boʻlgan jonvor emasman degan fuqaroning zimmasidagi burchi.
Abu Zar.