Rossiyadan Qirgʻizistonga “yuk-200” kelishi davom etmoqda

939
0

Rossiyadan Qirgʻizistonga “yuk-200” kelishi davom etmoqda

Ijtimoiy masalalar, taʼlim, madaniyat va sogʻliqni saqlash va Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik boʻyicha parlament qoʻmitalarining qoʻshma majlisida ishtirok etgan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Azamat Usenovning maʼlum qilishicha, joriy yilning oʻtgan yetti oyi mobaynida Rossiyadan Qirgʻizistonga 430ta “yuk-200” olib kelingan.

QSDP fraktsiyasi deputati Janar Akayevning soʻzlariga koʻra, Rossiya qirgʻizistonliklar pul topish uchun boradigan asosiy davlat va har yili vataniga 350 kishi temir tobutlarda qaytadi.

Shu sababli Janar Akayev TIVga mehnat muhojirlarini nafaqat Rossiyaga, balki Yevropaning boshqa davlatlariga ham joʻnatishda yordam berishni taklif qildi.

“Balki, irqiy va diniy qarashlariga eʼtibor bermaydigan, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari fuqarolarni talamaydigan mamlakatlar haqida oʻylab koʻrishimiz kerakdir? Hukumat faqat Rossiyada emas, boshqa davlatlarda ham ish oʻrinlarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqishi zarur”, – dedi Akayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.