Musulmonlarning bolalari va ayollariga qarshi dahshatli qirgʻin sodir etilmoqda!!

952
0

Tinchlik soʻzlashuvlari

Musulmonlarning bolalari va ayollariga qarshi dahshatli qirgʻin sodir etilmoqda!!

Halab shahrining Sakariy mahallasidagi Aza lagerini nishonga olgan Suriya rejimi uchoqlari 26 nafar tinch fuqaro qurboni boʻlgan navbatdagi qirgʻinni sodir etdi. Shahid boʻlganlar, jarohatlanganlar orasida bolalar va ayollar bor… Bu mahalla bir kun avval zaharli xlor gazi bilan nishonga olingan va unda 100ga yaqin insonning nafasi boʻgʻilib, ularga zarur jihozlarga ham ega boʻlmagan tibbiy punktda birinchi yordam koʻrsatilgan edi.

Bundan tashqari, ayni mahallaga salibchi kuchlar uchoqlari chorshanba kuni ketma-ket havo hujumlarini amalga oshirgan. Bu hujumlarda 40dan ziyod inson shahid boʻldi, 57 nafari jarohatlandi. Qurbonlarning asosiy qismi ayollar va bolalardir. Bundan tashqari bir necha uy-joylar vayron etildi.

AQSh va Rossiya oʻrtasida Suriyadagi boʻhronning siyosiy yechimini topish uchun shoshilinch harakatlar boʻlayotganiga qaramay, qamaldagi Halab mahallalarida uchoqlarning havo hujumlari va rejimning bombardimonlari tinimsiz davom etmoqda. Ular – oʻrtacha yechimi haligacha topilmagan bir qancha masalalar borligiga dunyoni ishontirmoqchi boʻlishyapti! Masalan, payshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan xabarga koʻra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻzining amerikalik hamkasbi Jon Kerri bilan “Suriyadagi faol terroristik jamoalarni magʻlub etish uchun ikki davlat oʻrtasida boʻlajak ehtimolli hamkorlik” masalasini muhokama qilgan… Ayni paytda har ikki tomon ham Suriya boʻyicha yagona kelishuvga yetib bormagan. Goʻyo AQSh idora qilib turgan til biriktiruv doirasida kelishib olgan bu ikki davlat kelisholmayotgandek.

قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

“Ularga Allohning laʼnati boʻlsin, qanday adashmoqdalar-a!” [Tavba 30]

Darhaqiqat, har safar Rossiya bilan AQSh va uning malaylari oʻrtasida uchrashuvlar, soʻzlashuvlar qayta boshlanishi bilanoq, havo zarbalar keng koʻlamda koʻpayadigan, qurbon boʻlgan ayollar va bolalar soni oshadigan boʻlib qoldi. Mana, qoʻzgʻolon badalini ilgari Hims va uning chetidagi mahallalar va Shom Mazzamiyasi toʻlagan boʻlsa, endi, Halab toʻlamoqda. Zero, bu qoʻzgʻolon “Alloh uchun”, deb boshlangandi hamda yetakchimiz toabad, sayyidimiz Muhammad, deya hayqirgandi. Endi boʻlsa, Qoʻzgʻolonning Islomlarini qizgʻanuvchi, nomuslarini himoya qiluvchi kishilari terroristlar, deyilmoqda, dunyodagi bir-biriga qarshi kurashadigan, nizolashadigan davlatlar ittifoqchi boʻlib qolishdi, bu manzara islomiy yurtlar hukmdorlarining koʻz oʻnglarida sodir boʻlmoqda. Bu hukmdorlar oʻz yurtlari havo boʻshliqlarini salibchilar uchoqlariga musulmonlarni qatli om qilishlari uchun ochib berishmoqda, oʻz burchlarini arzongarovga pullashib, behisob siyosiy mablagʻlar toʻkishmoqda, hatto Suriya bolalari va ayollarining oqayotgan qonlariga nisbatan sharmandalik pozitsiyasini egallashmoqda…

Bu hukmdorlar musulmonlar qonini sariq chaqalik ham qadrlashmaydi. Mana, Turkiya hukmdorlari, Suriyadagi goʻdaklar yigʻisini, ayollar faryodini eshitmadi, yurtning chor atrofiga sochilayotgan musulmonlar tanalarini koʻrmadi. Yaqinda boʻlsa, bu davlat bosh vaziri Yildirim “Suriyadagi Bashar Asad hukumati u yerdagi turli doiralar oʻrtasida kechayotgan kurash uchun biror siyosiy yechimni topolmasligi mumkin emas”, degan bayonot berdi! Shu oʻrinda quyidagi savollarni bermoqchimiz: Suriyadagi bugungi qirgʻin va unga oʻxshash boshqa qatli omlar, zaharli gaz qoʻllanishi, poroxli boʻchkalar yogʻdirish… bularni Turkiya hukmdorlari bilishmaydimi?! Daryo boʻlib oqayotgan shuncha qonlar qahramonlik qarorlarini chiqarishga turtki boʻlmaydimi, axir, uzoq vaqtdan buyon mana shunday musulmonlar va zaifxollar shunday qarorlarni orziqib kutmoqdalarku?!

Ey islomiy yurtlar hukmdorlari, ogoh boʻling!

Suriya bolalari va ayollari sizning insonparvarlik yuklarini tashuvchi kemalaringizga ham, qoralovchi bayonotlaringizga ham, muzokara uchrashuvlaringizga ham muhtoj emas. Chunki ular borasida Allohdan qoʻrqadigan, ularga nusrat qoʻlini choʻzib, bellariga madad boʻladigan, yerlarida buzgʻunchilik va qatli om qilayotgan har bir kimsaning payini qirqadigan kishidan boshqa hech kim ularning yarasiga malham boʻlolmaydi.

Suriyadagi musulmonlar ularning qonini soʻruvchilar oʻrtasida boʻlayotgan tinchlik soʻzlashuvlarini ham, bir malaydan ikkinchi malayga oʻtuvchi siyosiy yechimni ham qabul qilmadilar. Chunki ular Rossiya roli AQSh istagidan chetga chiqmaslikdan iboratligini, Amerika Rossiya tomonidan tiqishtirilayotgan punktlarni mensimaydi, degan tashviqotlari bir siyosiy manyovrdan boshqa narsa emasligini yaxshi anglamoqdalar. Chunki Amerika mana shunday manyovrlarga oʻtishga majbur boʻldi. Sababi, Suriyadagi musulmonlar irodasini sindirishning va oʻz istibdodi, zoravonligi bilan ularni tiz choʻktirishning uddasidan chiqolmadi.

Qatorlashib kelayotgan bunday musibatlar faqat Suriya ahliga cheklanmayapti. Bugun butun dunyo musulmonlari oʻshanday zulm, qahr va qiynoqlarni boshdan kechirmoqdalar. Bu bashariyat oʻrtasida adolatsizlik, korruptsiya va islomiy boshqaruvning yoʻqligi natijasidir.

Lekin bu zulm olovi, har qancha uzoq yonmasin, qancha alanga olmasin, albatta oʻchadi, Allohning izni ila, adolat va insof quyoshi albatta chiqadi. Xususan, biz shuni guvohi boʻlyapmizki, Islom Ummati kundan-kunga uygʻonmoqda, uning tanasiga jon kirib, oʻzining yagona Ummatligiga chuqur ishonmoqda. Gʻarb esa Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish fikridan zir titrab-qoʻrqib, uni kechiktirishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Ular makr qilurlar, Alloh ham “makr” qilur. Alloh “makkor”roqdir.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.