AQSh: Bilmasdan Asad askarlarini urdik, pushaymonmiz

469
0

AQSh: Bilmasdan Asad askarlarini urdik, pushaymonmiz

Oq uy maʼmuriyati AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumlari natijasida 62 nafar Asad askari halok boʻlganligidan afsus nadomat chekmoqda. Bu haqida Obama maʼmuriyati nomidan gapirgan yuqori lavozimli masʼul Amerika ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida maʼlum qildi. Oq uy vakilining taʼkidlashicha, Asad askarlari atayin qasddan nishonga olinmagan.

Obama maʼmuriyatining bayonotidan bir necha soat oldin AQSh Markaziy kuchlari qoʻmondonligi (Pentagon) Suriyaning janubida joylashgan Dayr az-Zur shahridagi Asad rejimiga oid harbiy bazaning hujumga tutilishiga doir yozma bayonot tarqatdi. Bayonotda aytilishicha, Asad armiyasining qarorgohlari adashmovchilik bilan hujumga tutilgan. Agar u yerda Suriya Asad askarlarining borligi maʼlum boʻlganda edi, aslo nishonga olinmas edi.

AQSh Mudofaa vazirligi Dayr az-Zur atrofida vaqtincha harbiy amaliyotlar toʻxtatib qoʻyilganligini eʼlon qildi. Suriyada harbiy jihatdan juda murakkab jarayon yuzaga kelganligiga ishora qilingan bayonotda “Koalitsiya kuchlari, Suriya harbiylari borligi maʼlum boʻlgan joylarni qasddan urmaydi”, deyiladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi mazkur hujumni muhokama qilish uchun darhol favqulodda yigʻilish chaqirdi. Taxminan bir soat yopiq shaklda oʻtgan uchrashuvdan soʻng AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pover jurnalistlarga bayonot berdi. Poverning bildirishicha, yigʻilishda AQShning Asad askarlarini nishonga olishi daʼvosi muhokama qilingan. “Bizning maqsadimiz rejim kuchlarini urish emas edi. Albatta qurbonlar uchun chuqur tassufdamiz”, dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili.

Eslatib oʻtish lozimki, Suriyada Rossiya va Asad kuchlari tarafidan musulmon tinch aholi, ayollar va yosh bolalar qirgʻin qilinmoqda. Bozorlar, shifoxonalar, maktablar ayovsiz hujumga tutilmoqda. Bu jinoyatlarning bari butun dunyo koʻz oʻngida amalga oshirilayotganiga qaramay, mazkur BMT Xavfsizlik Kengashi shoshilinch yigʻilish oʻtkazish u yoqda tursin, tanqidiy bayonot berishga ham yaramayapti.

BMT Xavfsizlik Kengashi, chorshanba kuni oʻtkaziladigani oliy darajadagi yigʻilishida Suriya masalasini muhokama qilishi aytilmoqda.

Turkiston:

AQSh Asadning askarlarini adashib urgan emas.

Malumki, ohirgi vaqtlarda, Asad askarlarining deyarli barchasi Eronning va Hizbullohning shia askarlaridan iborat boʻlib qoldi. Rossiyaning ham harbiy texnika jihatidan, havodan bombardimon qilib berishi jihatidan va boshqa hijatlardan moddiy qoʻllovlari bor. Asadning faqat quruq nomi va qudratsiz rejimi qoldi xolos.

Demak, AQSh Rossiya va uning hamkorlariga zarba berdi. Obama Asadni himoya qilayotgan ittifoqni ogohlantirib qoʻydi. Chunki ular oxirgi vaqtlarda Rossiya va Xitoyning ittifoq tuzib olishlaridan va ularning qudratli olamiy lagerga aylanishlari imkoniyatidan umid qila boshlashi mumkin edi. Oxirgi vaqtlarga Rossiya “IShID” tashkiloti tomon havo hujumlarini boshlashni rejalashtiryapti. Bu esa AQShning chizib bergan xaritasidan Rossiyaning oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishga urinishini anglatadi. AQSh Rossiya va unga oʻzi tuzib bergan ittifoqdoshlarini oʻz oʻrinlariga qaytarish va bu mintaqada kim yoʻlboshchi ekanini anglatib qoʻyish uchun ularga qarata zarba berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.