Suriyada hukumat qoʻshinlariga xalqaro aksilterror kuchlar tomonidan zarba yoʻllandi
Suriyaning Deyr-az-Zordagi Suriya muholifatining hukumat qoʻshinlariga qarata zarba yoʻllashi hududdagi oʻt ochishni toʻxtatish borasidagi kelishuvning buzilishiga sabab boʻlgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga koʻra, oʻt ochishlarni toʻxtatish borasidagi kelishuv hujjatlariga garchi AQSh tomoni rozilik bildirgan boʻlsada, amalda uning qoʻllab-quvvatlashi ostida noqonuniy muxolifatning qurolli guruhlari vaziyatni keskinlashtirmoqda ekan.
Avvalroq, Rossiya mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov, shanba kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilIShID kuchlari samolyotlari terrorchilar qurshovidagi Suriya hukumat kuchlariga zarba yoʻllagan. Oqibatda 62 nafar hukumat askari halok boʻlgan va qariyb 100 kishi jarohatlangan.
Pentagon ushbu voqeadan afsusda ekanligini bildirgan va voqeada AQSh samolyotlarining ishtirok etgani hamda Suriya qoʻshinlarini terrorchilar deb oʻylaganini maʼlum qilgan.