Putin: Suriya masalasida AQSh bilan maqsadimiz birdir

429
0

Putin: Suriya masalasida AQSh bilan maqsadimiz birdir

Suriyada terrorizmga (Islomga) qarshi kurash borasida Rossiyaning maqsadi AQShning maqsadi bilan hamohangdir. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda bergan bayonotida maʼlum qildi.

Vladimir Putin Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Suriyada eʼlon qilingan sulhga toʻxtaldi. Rossiya prezidentining taʼkidlashicha, Suriyada tinchlikka erishish va terrorizmga (Islomga) qarshi kurash borasida AQSh va Rossiyaning maqsadi birdir.

“Suriyada terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan maqsadimiz bir ekanligini, shuningdek tinchlikka erishish nuqtasida ham istagimiz bir xilligini ayta olaman. Har kimning buni tushunishi borasida bizda ham, amerikalik hamkorlarimizda ham hech shubha yoʻq”, dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari Suriya prezidenti Bashar Assad bilan baʼzi shartnomalarni imzolaganligini maʼlum qildi.

“Rossiya oʻz majburiyatlarini bajaradi. Bundan tashqari, Suriya prezidenti Bashar Asad va Suriya hukumati bilan shartnoma tuzdik. Koʻrib turganimizdek, Suriya hukumati ushbu shartnomaga amal qilmoqda”, dedi Rossiya prezidenti.

Bayonot davomida AQShdagi oʻzgarishlarni yaqindan kuzatib borayotganligini taʼkidlagan Rossiya rahbari “Rossiya bilan teng ravishda aloqalar oʻrnatish istagida boʻlganlarning tuygʻularini baham koʻryapmiz. Bu holat mamlakatimiz uchun ham, xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim ahamiyatga ega”, deya qoʻshimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.