Bishkekda MDH davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi
Prezident apparati tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Sapar Isaqovning brifing chogʻida maʼlum qilishicha, 16-17sentyabr kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan MDH davlat rahbarlari sammitida oltita prezident ishtirok etadi. Uning soʻzlarga koʻra, sammitga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston va Rossiya davlat rahbarlari tashrif buyurishadi.
Bundan tashqari, sammitda Moldovadan bosh vaziri, Oʻzbekistondan tashqi ishlar vaziri, Turkmanistondan vazirlar mahkamasi rahbari oʻrinbosari, Ukrainadan esa elchi ishtirok etadi.
Isakovning aytishicha, Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev mamlakatning ichki ishlari bilan bandligi tufayli sammitga bora olmasligini bildirgan.
“Biz undan yaqindagina maktub oldik. Oʻzbekiston hozirda prezidentlik saylovlariga tayyorlanmoqda. Bu hech oʻzaro munosabatlar holati bilan bogʻliq emas. Qolaversa, Sooronbay Jeenbekov va Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi. Bizning munosabatlarimiz yomonlashmagan”,- dedi Isakov.
MDHning yubiley sammitida 15ta masala muhokama qilinadi.
Turkiston:
Dunyoda taʼsir quvvatini yoʻqotgan yoki umuman faoliyat yurgiza olmagan yuzlagan tashkilotlar mavjud. MDH tashkiloti ham shular jumlasiga kiradi. Bishkekdagi sammit xam, rasmiyatchilik uchun odatiy, navbatdagi rasmiy uchrashuv. Bu uchrashuvdan ham maʼnodor yoki taʼsir kuchiga ega biror qaror kutib boʻlmaydi.