Hayit namozi xavfsizlik choralari oʻta kuchaytirilgan tartibda ado etildi

894
0

Hayit namozi xavfsizlik choralari oʻta kuchaytirilgan tartibda ado etildi

Bishkek shahar IIB xabar qilishicha, 12 sentyabr kuni Bishkek shahrining bosh maydonida oʻqilgan Qurbon Hayiti namoziga taxminan 55 mingga yaqin odam kelgan. Qirgʻizistonda bu yilgi hayit namozi birinchi marta xavfsizlik choralari oʻta kuchaytirlgan tarzda oʻqildi.

Jumladan, Bishkekdagi barcha masjidlar va u yerga kirayotgan namozxonlar qattiq tekshiruvdan oʻtkazildi. Bishkek bosh maydonida oʻqilgan namozga ham musulmonlar maxsus uskunalar vositasida tekshiruvdan oʻtkazilganidan soʻng kiritildi.

Militsiya va maxsus xizmat xodimlari har bir namozxonni maxsus uskunalar yordamida tekshirganidan keyingina namoz oʻqiladigan joylarga kirishiga ruxsat berdi.

Militsiya tarqatgan xabarga koʻra, namoz oʻqish uchun kelgan fuqarolar yonidan yettita pichoq, ikkita kastet, MR-8 rusumidagi toʻpponcha va bir dona oʻq topilgan.

“Bishkek shahar IIBning jamoatchilik xavqsizlik boshqarmasi tarabidan hayit namozi vaqtida tartibni saqlash boʻyicha reja ishlab chiqildi. Shahar militsiyasi hayit namoziga kesuvchi va oʻq otuvchi narsalarni olib kelish mumkin emasligi toʻgʻrisida oldindan ogohlantirgan edi”, – deyiladi xabarda.

Yonidan taqiqilangan narsalar topilgan fuqarolar qoʻlga olinib, Birinchi May tuman IIB tergov boʻlimiga oʻtkazib berilgan.

Manba: Sputnik.kg

Turkiston:

Qirgʻiziston hukumatining yuqoridagi hatti harakatlari musulmonlarni ibodatdan toʻsish va ibodatlarni nazorat qilish uchun oʻylab topgan uslubidir.

Qirgʻizistonda oxirgi yillarda hayit namozlariga qatnashayotgan musulmonlarning soni, umumiy aholi soniga nisbatan juda koʻpayib boryapti. Musulmonlarning namozga qatnashish koʻrsatkichi poytaxtning oʻzida bir necha yuz minglagan odamni tashkil qilib, Islom va musulmonlarga gʻarazi bor boʻlgan hukumat mulozimlarining gʻazabini keltira boshladi. Bir yilda ikki marotaba oʻqiladigan bu jamoiy namoz Qirgʻizistonning qay darajada islomiylashib borayotganini koʻrsatib borayapti.

Dunyo hamjamiyati ham tabiiyki, bundan xavotirga tushmoqda. Ular yil sayin Qirgʻiz hukumatiga millionlagan dollarlarni aynan mana shu islomiylashish jarayonini oldini olishlari uchun berib keladi. Qirgʻiziston ularni oldida hijolat boʻlyapti. Shuning uchun hukumat avval hayit namozini markaziy maydonda oʻqishni taʼqiqlagan boʻlsa, soʻng oʻz xizmatchilari orqali, musulmonlarni koʻpchiligini namozdan ortga qaytarib yubora boshlayapti.

Ilgariroq Tojik hukumati balogʻat yoshiga yetmagan deb bilgan 16 – 17 yoshdagi musulmonlarni masjidlarga kirgizmay qoʻygan edi. Buning bilan ular masjidga ham pasporti bilan kelishni musulmonlar uchun urfga aylantirishdi.

Qirgʻiz hukumati ham, olamiy kufr sistemasi oldida musulmonlarga qarshi kurashish maqsadida olayotgan moddiy va moliyaviy yordamlariga hisobot berish uchun yana bir harakat boshladi. U bu harakati bilan musulmonlarni ustidan organ xodimlarining nazoratini yanada kuchaytirib olmoqchi. Bu ish-harakatlarini yanada kuchaytirish uchun, Xitoy elchixonasi singari yana biror joyni portlatib yuborishga borishmasa deb qoʻrqaman. Chunki, musulmonlarga bosimni kuchaytirishning yagona yoʻli shu. Yaʼni,buning uchun musulmonlar tomonidan agressiya kuchayib borayotgan qilib koʻrsatish va matbuot orqali bu ish-harakatlarni keng tarqatib, matbuot kurashini kuchaytirish lozim boʻladi.

Ular uchun muammo shundaki, musulmonlar oʻzlaricha biror joyni portlatishmaydi. Faqat hukumat va maxsus organ xodimlari ularni yoʻnaltirib borishmasa yoki yordam berishmasa boʻldi. Bunday paytda ular musulmonlarning nomidan oʻzlari portlatib yuborishlari ham mumkin.

Bu qoʻporuv amaliyotlari ular uchun juda muhimdir. Agar hukumat vakillari musulmonlarning ibodatlari va hayotga taʼsir qilish uchun olib borayotgan daʼvatlarini oʻz nazorati ostiga olish harakatini davom ettirishsa, ular yana qoʻporuv amaliyotlarini amalga oshirishadi deb qoʻrqamiz.

Xitoy elchixonasida portlatish amaliyoti boʻlmaganida, ular hayit namozida bu kabi tekshiruv ishlarini olib bora olishmas edi. Bu qoʻporuv amaliyoti ular uchun oʻta muhim va manfaatli boʻldi. Lekin bu ularning keyingi ishlari uchun, yaʼni Islom va musulmonlarga qarshi repressiv harakatlarini kuchaytirishi uchun yetarli emas. Ular yana qoʻporuv yoki boshqa bir iflos harakat uyushtirishlari mumkin.

Masalaning ikkinchi bir tomoni ham bor. Faraz qilaylik, mamlakatimiz ichidagi qoʻporuv ishlari hukumatimizning nazoratidan chetda va uning ishtirokisiz amalga oshirilayapti. Portlatish amaliyotlari aytaylik, bir tashqi quvvatning qoʻllovi va bevosita ishtiroki asosida sodir etilayapti. Qirgʻiz hukumati bu jinoiy harakatlarni kim amalga oshirayotganini sezib tursa ham, jarayonlarga kirishib, ularni jinoyatlarini fosh qila olmaydi. Hukumat oʻz zaifligini yashirish maqsadida, osongina islomiy harakatlarga qarshi kompaniya ochib, matbuot va moddiy kurashni boshlab yuboradi.

Har ikkala holatda ham ayta olamizki, bu sistema dunyoda faqat iflos uslublar bilan hukm qila oladi. Qirgʻiz hukumati ham, mavjud kufr sistemasiga tayanar ekan, hech qachon bu oʻrmon hayotidan qutula olmaydi. Hukumat ham, fuqorolar ham hech qachon xotirjam hayot kechira olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.