Bishkekdagi Xitoy elchixonasida portlash sodir boʻldi, Hukumat bu ishga qanday yondoshar ekan

905
0

Bishkekdagi Xitoy elchixonasida portlash sodir boʻldi, Hukumat bu ishga qanday yondoshar ekan

30 avgust kuni ertalab Qirgʻizistondagi Xitoy elchixonasida kuchli portlash sodir boʻldi. Hukumatga qarashli matbuotlarning xabarlariga koʻra, bir odam mashina bilan Xitoy elchixonasiga katta tezlik bilan kirib borgan va elchixonaning gʻarbiy qismidagi zirhli darvozaga mashinasini urib, oʻzini portlatib yuborgan. Ularning baʼzi gumonlariga koʻra, oʻzini portlatgan haydovchi shaxs uygʻur millatiga mansub musulmon emish. Xitoy elchisi Qirgʻiz hukumati va organlariga bunday qoʻporuv amaliyotlaridan ogoh boʻlib turishi kerakligini shart qilib qoʻydi.

Xitoy elchixonasini portlatgan odam uygʻur yoki boshqa bir musulmon boʻlsa, nima uchun u aynan Xitoy hukumati vakillarini oʻldirishni ixriyor qildi? Balki bunga Xitoy dahriy hukmatining musulmonlarga qarshi olib borayotgan repressiv harakatlari sabab boʻlayotgandir. Axir bu kommunist hukumat uygʻur musulmonlarini hatto ramazon roʻzasini tutishdan man qilishdi. Kurʼonni tilovat qilishni jinoyat deb, saqol qoʻygan yoki hijob kiygan muslima va musulmonlarni qamoqqa tiqyapti. Qamoqxonalarda Muslima ayollarning nomuslari toptalyapti. Yuz minglagan musulmon uygʻurlar oʻz yurtini tashlab chet davlatlarga qochib chiqib ketishga majbur boʻldi.

Shu yerda bir savol tugʻiladi. Balki oʻzini portlatgan odam haqiqatdan ham Xitoyning uygʻur millatiga mansub musulmon fuqarosi boʻlib, oʻsha yurtda kattiq tahqirlanganlarning biri boʻlgan boʻlsachi?! Dahriylar tomonidan boʻlayotgan zulmlarni koʻrib, oʻz urugʻ aymogʻi, tahqirlangan mahram ayollari va yaqinlariga nisbatan amalga oshirilayotgan iflos harakatlarga chiday olmagan musulmon boʻlsachi!? Biz, dunyo musulmonlari va Islom armiyalari ularga yordam bera olmayapmiz. Endi ularni yurtlarimizda biz ham tahqirlaymizmi?! Bu kufr olamining ikki standartli koʻzqarashi bizlarga ham taʼsir qilib borayotgani emasmi!? Axir uygʻurlar ham xuddi bizlar kabi uchinchi olam vakillariku! Ular ham xuddi biz Qirgʻiziston musulmonlari singari, olamda narxi oʻta past sanalayotgan insonlar toifasidan hisoblanishadi! Nega biz kommunist Xitoy hukumatiga “bu ishlarga senlarning zolimliklaring sabab boʻlmoqda”, deya olmaymiz?!

Xitoy hukumati oʻzi bosib olgan Sharqiy Turkiston fuqorolarini va jamoalarini tahqirlashni qirgʻiz hukumatidan talab qilishi kutilmoqda. Xitoy dahriylari davlat ichidagi musulmonlarga va islomiy harakatlarga qattiq zarba berib kelyapti. Endi u tashqi islomiy yoki milliy harakatlarga va musulmon shaxslarga qarshi Qirgʻiz hukumatini vosita qilib, ish boshlamoqchi boʻlyapti.

Bu hodisadan soʻng Xitoy Qirgʻizistonga bosim bera boshlaydi. RIA Novosti axborot agentligi 31 avgut kuni “Mazkur qoʻporuv amaliyotidan keyin Xitoy Qirgʻiziston bilan antiterror masalasida hamkorlik qila boshlaydi”, degan maʼlumotni tarqatdi. Demak, bu qoʻporuvchilik amaliyoti Xitoy bilan avvaldan maslahatlashilgan. Xitoyning maqsadi Karimovning oʻlimidan keyin mintaqada kutilayotgan distobillik holati paydo boʻlsa, Xitoyning raqiblari boʻlgan boshqa yirik mustamlakachi davlatlar bu yerda Xitoyga qarshi tish qayrab yurgan musulmonlarni va uygʻur islomiy va diniy tashkilotlarni dastaklab yuborishlarini oldini olishdir. Shu bilan bir qatorda, Xitoyga qarshi har qanday jamoalar paydo qilish imkoniyatlariga barham berishga urinib koʻradi. Yaʼni, Qirgʻiziston hukumati ichida uygʻurlarga qarshi sunʼiy muhit paydo qilmoqchi boʻladi. Qirgʻiz hukumati esa, fursatdan foydalanib, “terrorga qarshi kurash” bahonasida oʻziga muxolif fikrdagi barcha kuchlarni, shu jumladan qirgʻiz xalqinining norozilik bildirish haq huquqlarini ham biroz cheklab olishga harakat qiladi.

AQSh elchilari ham, Qirgʻizistondagi oʻz fuqorolarini koʻchaga chiqmay turishga chaqira boshladi. Bu esa, xuddi AQSh vakillari Turkiyadagi qoʻporuv ishlari amalga oshishidan ikki kun avval oʻz fuqorolarini ogohlantirgan vaziyatni esga solyapti. Xalqaro siyosatning bu ketuvidan koʻzlangan maqsad nima ekanini tushunish qiyinlashib boryapti. Nahot, Qirgʻizistonda “IShID” kabi yana bir sunʼiy quvvat paydo qilishni koʻzlashyotgan boʻlishsa. Yoki bu qoʻporuv amaliyotlarini davom ettirib borish orqali Oʻzbekistonda Karimovdan qolgan rejim vakillarini jilovlab olish uchun qoʻrquv paydo qilib olishmoqchimi? Chunki bu qoʻporuv amaliyotlarini ijrochilari uchun bu mintaqaga koridor ochib berish ham AQShning ixtiyoridagi ishdir. Suriya uchun Turkiyani koridor qilib bergani kabi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, katta davlatlar Oʻzbekistondagi Karimovning siyosatdan chetlashishi va uning oqibatlaridan tashvishga tushib borishyapti. Qirgʻiziston esa, ular uchun xohlagan ishlarini qila oladigan tajriba maydoniga aylanib boryapti. Qirgʻiz hukumati oʻzini xuddi vaziyatni oʻz qoʻlida tutib turgandek qilib koʻrsatish maqsadida koʻp xatolarga yoʻl qoʻyadi. Hukumat vaziyatlarga taʼsir oʻtkaza olmamasligini bilib, vaziyatlardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib olaman deb, undan ham katta xatolarga yoʻl qoʻyadi. Maqsadi esa juda arzimas – oʻziga qarshi muxolif kuchlarni va apponentlarini siyosiy maydondan chetlatib yuborishdan iboratdir.

Vaziyat izdan chiqarib ketmasligi uchun islomiy quvvatlarga murojaat qilamiz. Chunki har qaysi tomon bizning diyorga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqchi boʻlsa, u albatta Islom va musulmonlar bilan hisoblashishi kerak boʻladi. Hozir ustimizga kufr sistemasi oʻz nayranglari bilan kirib kelishga harakat boshlash arafasida turidi. Ulardan har biri bizlarning islomiy tuygʻularimizdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishmoqchi boʻlishadi.

Birodarlar, Islom va iymon bizlar uchun Ollohning omonatidir. Undan toʻgʻri foydalanaylik. Aks holda mustamlakachi davlatlar bizlarni boʻlib tashlashadi. Har biri oʻz maqsadlari yoʻlida bizlardan qurol sifatida foydalanishmoqchi boʻlishadi. Buni biz Afgʻoniston, Suriya, Iroq, Liviya, Misr va boshqa bir qancha mamlakatlarda guvohi boʻlib kelyapmiz. Yaʼni, musulmonlar avvalida kufrga qarshi harakatlantiriladi. Ularga qurol yaroq va boshqa imkoniyatlar beriladi. Soʻng, bularning hammasi toʻxtatilib, bir qator talablar qoʻyila boshlanadi. Musulmonlarni bir birlariga qarshi yoʻnalishga majbur qilishadi. Aks holda ular qamal qilinib, oʻta nochor ahvollar bilan tahqirlanishadi. Suriyada biz bir necha marotaba bunga guvoh boʻldik.

Qirgʻiziston musulmonlariga. Biz uchun bir qator sinovlar kelishi mumkin boʻlib turipti. Yaʼni musulmon deganda hokimiyatni va Qirgʻiz elitasini ham nazarda tutsak, oʻta kuchli sinovlar kelish arafasida turipti. Bizni faqat birlik va iymonga asoslangan islomiy muhitning quvvati saqlab qola olishi mumkin. Biz yuqoridagi kabi kufr atain uyushtirayotgan qoʻporuv amaliyotlariga aldanmasligimiz lozim. Bu kabi amaliyotlarni islomiy manfaatni koʻzlagan musulmon qilishi mumkin emas. Uni kim qilishidan qatʼiy nazar, faqat kufrning manfaati uchun va musulmonlarni parokanda qilib, bir birlariga qarshi yoʻnaltirish maqsadida amalga oshiradi. Biz bu kabi ishlarni musulmonlar qilmaydi demaymiz. Chunki musulmonlarning hatto zinodan koʻchalarda tugʻib, bolasini axlatxonalarga tashlab ketishayotganiga ham guvoh boʻlib turibmiz. Musulmon qoʻporuv uyushtirib, insonlarni qatl qilishi ham mumkin. Lekin biz musulmonga emas, Islomning sof ekaniga iymon keltirganmiz. Islom esa bizga harom ishlar qilishni taʼqiqlaydi. Demak biz har bir musulmonning yoki islomiy nom olgan jamoaning hatti harakatidan javob bera olmaymiz. Kofirlar bizni oʻzlari oʻylab topgan har xil atamalar bilan atab, oʻzlari uyushtirayotgan jinoyatlarida bizlarni barchamizni ayblashyapti. Bir musulmonning hatti harakatini barchamizga dalil qilib, hatto goʻdaklarimizni ham qirib yuborishyapti. Birodarlar, kufrning manfaatini koʻtarib kelayotgan musulmonman degan odamlardan ham ehtiyot boʻlaylik. Assalamu alaykum.

Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimining raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.