بسم الله الرحمن الرحيم
MUAMMO HUKMNI EGALLAShDA EMAS
BALKI DAVLATNI BARPO QILIShDA
(Shayx Taqiyyuddin Nabahoniy. 1968/3/8.)
Quyida buyuk alloma Shayx Taqiyyuddin Nabahoniyning oltinga topib boʻlmaydigan fikrlaridan baʼzisini keltiraman:
“…albatta, fikriy yuksalishgina u uygʻonishni paydo qiladi…”
“…chunki toʻgʻri uygʻonish u ruhiy asosga asoslangan fikriy yuksalishdir. Agar ruhiy asos(yaʼni sharʼiy hukm)ga asoslanmagan fikriy yuksalish boʻlsa, u ham yuksalish boʻladi, lekin toʻgʻri yuksalish boʻlmaydi. Islomiy fikratga asoslangandan boshqa yuksalish –yaʼni Islomiy yuksalishdan boshqa yuksalish – mutlaqo toʻgʻri yuksalish boʻlmaydi, chunki faqat u(islomiy fikrat)gina ruhiy asosga asoslangan fikriy yuksalishdir. Biroq, hukmni Islom fikrati asosiga qurishdan maqsad harbiy tuntarishni amalga oshirib, keyin hukmni shu fikrat asosiga qurish emas, chunki bu uygʻonishni paydo qilmaydi va hukmni saqlab qolish ham mumkin emas. Balki maqsad Ummatga yoki xalqdagi kuchlik guruhga oʻsha asosda Ummatni uygʻotishni iroda qilinayotgan islomiy fikratni tushuntirishdirki, oʻz hayotini oʻsha asosiga qursin, shu fiakrat asossida hayot maydonida yashasin. Shundagina Ummat orqali shu fikrat ustiga hukm barpo boʻladi. Bu bilan haqiqatdan uygʻonish hosil boʻladi. Bunga Rosululloh(s.a.v) qilgan ish yorqin misol. Alloh Taolo Rosululloh(s.a.v)ni Islom risolati bilan elchi qilib yuborganida odamlarni Islomiy aqidaga, yaʼni Islomiy fikratga daʼvat qildilar. Soʻng Madina aholisi; Avs va Xazrajni Islomiy aqida, yaʼni Islomiy fikrat asosida jamlagach va ularni oʻz hayotlarida oʻsha asosda yashaydigan qilgach, Madinada hukmni olib, uni Islomiy aqida asosiga qurdi…”
“…Rosululloh(s.a.v) Davlatni qurdi va hukmni oldi, Lenin davlatini qurdi va hukmni oldi, Mao Tszedun davlat qurdi va hukmni oldi. Stalin hukmni oldi, davlat qurmadi, chunki davlat qurilgan edi. Abu Bakr(r.a) va Umar(r.a) hukmni olishdi, Davlat qurmadilar, chuki Rosululloh(s.a.v) uni qurib qoʻygan edi…”
Haqiqatdan, Rasululloh(s.a.v)ning taʼlimotlarini olgan Musʼab ibn Umayr(r.a) Madinaga borganda faqat Islomni oʻrgatish bilan Davlatni qurdi. Ibn Ishoq(r.a) aytadi: Madinaliklar qaytayotganda Rasululloh(s.a.v) ularga Musʼab ibn Umayrni qoʻshib, ularga Qurʼon oʻqib berish, Islomni oʻrgatish va dinda bilimdon qilishni buyurdilar. Shu bois Musʼab Madinada “Qurʼon oʻqib beruvchi” deb nomlanar edi. U Asʼad ibn Zuroraning uyida turdi. Odamlarning uylariga, qabilalariga borib, ularni Islomga daʼvat qilar va Qurʼon oʻqib berardi. Natijada odamlar bitta-bittalab iymon keltirib, oxiri Islom Madinada zohir boʻlib, (Avs qabilasining Xatma, Voil va Voqif xonadonlaridan boshqa) ansoriylarning barcha xonadonlariga kirib bordi. Musʼab ularga Qurʼon oʻqishni oʻrgatar edi. Saʼd ibn Muoz va Usayd ibn Huzayr kabi rahbarlarni ham faqat Islom bilan toʻgʻri yoʻlga yoʻlladi. Madinaliklar Islomiy fikratni oʻrganishdi, shuning uchun Makkada oʻn yilda boʻlmagan Davlat Madinada bir yilda qurildi.
Demak, Islom Davlatini qurish odamlarga Islomni oʻz hayotlarida amal qiladigan qilib tushuntirish bilan boʻladi, yaʼni ruhiy asosdagi fikriy yuksaklik bilangina boʻladi. Ruhiy asosdagi fikrlash; har bir vaqeʼlik ustida Alloh Taoloning hukmini oʻrganish bilan boʻladi, masalan: mashinangizni sotish uchun bozorga borganizda bir haridor kelib, oʻz mashinasini, hamda ustiga ming dollar berish evaziga mashinangizni sotishni talab qilsa, shu ish uchun ruhiy asosdagi fikrlash kerak, yaʼni shu savdoning hukmi nima?- deb, keyin buni harom ekanligini bilasiz va unday yoʻl bilan mashinangizni sotmaysiz va uning mashinasini ham sotib olmaysiz. Bu harom bay, chunki bu baydan Rosululloh(s.a.v) qaytarganlar: Ahmad rivoyat qilgan:
“نَهَى النَّبِيُّ A عَنْ صَفْقَتَيْنِ فِي صَفْقَةٍ وَاحِدَةٍ”
“Nabiy A bitta bitimda ikki bitimdan qaytardilar”.
Endi ruhiy asosga asoslangan fikriy yuksalishni esa, Ummat boyligini qanday tasarruf qilishda bilish mumkin, masalan: “Kumtor” oltin konini qanadaliklar talon-taroj qilayotganliklari toʻgʻrisida fikrlash, u toʻgʻrisidagi sharʼiy hukmni bilish, uni saqlab qolish va Ummat manfaatlari uchun qanday foydalanishni shariat asosida tushunish. Soʻnra unga jiddiy kirishish bilan vujudga keladi. Buni yuksak fikrsiz tushunib boʻlmaydi. Talon-taroj boʻlayotganini necha yillardan beri hamma bilib turibdi. Lekin uni saqlab qolish yoʻlini bilib, uni Ummatga tushuntirish bilan Davlat quriladi. Shunday yoʻl bilan Islomdagi iqtisod tuzumini Ummatga yoki xalqdagi kuchlik guruhga tushuntirish bilan yuksalish bolanadi.
Yoki xozirgi boshqaruvning notoʻgʻri ekanini hamma bilib boʻldi. Rahbarlar ichida birorta ishonarligi qolmadi. Lekin unga nisbatan har bir musulmondan shariat nimani talab qilayotganini tushunish ruhiy asosga asoslangan fikrlash boʻlsa, toʻgʻri boshqaruv aslida qanday boʻlishini, Ummatga qanday inson rahbar boʻlishini sharʼiy hukmlar asosida tushunish ruhiy asosga asoslangan fikriy yuksalish boʻladi. Ummat yoki xalqdagi kuchlik guruh tushunib, anglab yetishi bilan Davlat qurilgan boʻladi va yuksalish boshlanadi.
Yoki ijtimoiy soha ham xaddan ziyod izdan chiqib ketdi. Ayollarning kanday koʻchaga chiqishlari toʻgʻrisidagi sharʼiy hukmni bilish ruhiy asosdagi fikrlash boʻlsa, Islomdagi ijtimoiy nizom kelishi bilan insonlarning hayotlarida qanday oʻzgarishlar boʻlishini tushunish ruhiy asosga asoslangan fikriy yuksalish boʻladi, chunki “ruh” Alloh Taologa boʻlgan aloqani anglatadi va hokazo.
Shu yoʻl bilan bilan Davlat quriladi. Ruhiy asossiz yoki fikriy yuksalishsiz Islom Davlatini qurib boʻlmaydi. Demak, bizdan shariat talab qilayotgan vazifamiz Rosululloh(s.a.v)ga ergashib, sahobai kiromlardan oʻrnak olib, avval Arqam ibn Arqamni uyida boʻlgani kabi Islomni yaxshi tushunishimiz, soʻngra Madinai munavvarada boʻlgani kabi Ummatga yoki xalqdagi kuchlik guruhga Islom fikratini yaxshi tushuntirish, yaʼni hayotlarida amalga oshira oladigan qilib tushuntirishdir. Aksincha, shaxarning tashqi tomonidagi halqali yoʻlda aylanib qolgan, oʻz yoʻlini bilmaydigan yoʻlovchiga oʻhshab, befoyda kunlarni oʻtkazamiz. Ruhiy asossiz yoki fikriy yuksalishsiz na vokeʼlik oʻzgaradi va na Alloh Taolo rozi boʻladi. Shuning uchun ustoz “…albatta, fikriy yuksalishgina u uygʻonishni paydo qiladi…” deb oʻrgatgan.
Siyosiy vaziyatni ham nozik tushunib, undan shu ish uchun, yaʼni Islomni tushuntirish uchun foydalanish kerak. Chunki hukm bizga Madinada boʻlgani kabi Islom hayotini tartibga solish uchun, soʻng boshqa xalqlarga toʻgʻri yashash tarzini yetkazish uchun kerak. Ummat yoki xalqdagi kuchlik guruh Islomiy fikratni tushunib, anglab yetishi bilan Davlat qurilgan boʻladi. Vahiy nozil boʻlib turgan davrda Davlat shunday qurilgan. Shunda hukm tabiiy keladi va barqaror boʻlib, boshqa tomonlarga ham yoyiladi.
Bu ishda har qancha toʻsiq va qiyinchiliklarga, malomatchilarning tana-malomatlariga, gap-soʻzlariga parvo qilmasdan sharʼiy hukmni bajarishda jiddiy davom etishimiz talab qilinadi. Soʻzimni maqolaning soʻngida Ustoz keltirgan hadisi sharif bilan tamomlayman: Rosululloh(s.a.v) dedilar:
“Iyso ibn Maryam ashoblaridek boʻlinglar. Arralar bilar arralanishdi, yogʻochga osib(mihlanib) qoʻyilishdi. Bu narsalar ularni dinlaridan burib yuborolmadi. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zodga qasamki, albatta bu ish tamomiga yetadi, hatto sizlardan bir ayol albatta Sanʼodan Hazramavtgacha Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmasdan safar qiladi, faqat qoʻyiga boʻridan ehtiyot boʻladi xalos. Lekin sizlar shoshilib ketyapsizlar” (yaʼni unda qachon boʻladi-yu, deb boshqacha qilishni oʻylayapsizlar. Ammo toʻgʻri yoʻl faqat shu).
Gʻarib.