Moskvada roʻy bergan yongʻinda 17ta qirgʻizistonlik halok boʻldi

905
0

Moskvada roʻy bergan yongʻinda 17ta qirgʻizistonlik halok boʻldi

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabar qilishicha, Moskva shimoli-sharqidagi Altufьevskiy shossesidagi omborda 27 avgust kuni kelib chiqqan yongʻin tufayli 17 kishi halok boʻlgan, yana uch kishi turli darajada jarohatlangan.

“Tipografik mahsulotlar omborida roʻy bergan yongʻin oqibatida 20 kishi jabrlandi. Ulardan 17 nafari halok boʻldi, qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizildi”, – deb maʼlum qilgan manba.

Rossiya poytaxti Moskvaning shimoli-sharqida tipografiya mahsulotlari saqlanadigan omborxonada 27 avgust kuni kelib chiqqan yongʻin oqibatida 17 kishi halok boʻldi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga koʻra, yongʻin qurbonlarining hammasi shu omborxonada ishlagan qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari boʻlgan.

Yongʻinni oʻchirish chogʻida qutqaruvchilar 16 kishining jasadini topishgan. Halok boʻlganlar orasida 16 yoshli qiz ham boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarni barchasi ayollardir.

Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi vakili Ayimkan Kulukeyeva Moskva shimolidagi omborda yongʻin tufayli halok boʻlgan 17 odamdan 15 nafari Qirgʻiziston fuqarosi ekanligini maʼlum qildi.

“Ayni damda Rossiyadagi Qirgʻiziston IIV va elchixona vakillari voqea joyida ish olib borishmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin vaqtida halok boʻlgan 15 kishi Qirgʻiziston fuqarosi boʻlib chiqdi”,- dedi Kulukeyeva.

Turkiston:

Biz, Turkiston sayti xodimlari oʻz nomimizdan va Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan Rahimli Allohdan halok boʻlgan vatandoshlarimizning Oxiratlarini obod qilishini, ularni Oʻz jannatlari bilan rizqlantirishini soʻrab, ularning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz taʼziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Ularga Allohdan sabru jamil, ajru ajim tilagan holda qaygʻulariga sherik ekanligimizni maʼlum qilamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.